1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida tushunchalar
- kesimning burilish burchagi va koordinata boshidagi colqiligi (bukilishi) Hosil bo’lgan tenglama universal formula deyiladi
Download 173.95 Kb.
|
Materiallar qarshiligi
- kesimning burilish burchagi va koordinata boshidagi colqiligi (bukilishi)
Hosil bo’lgan tenglama universal formula deyiladi. Formulani universalligi shundaki, unda balkaning uzunligi bo’ylab barcha qismlari hisobga olinadi. Bunda balkaning qaysi qismini deformatsiyasini o’rganish kerak bo’lsa, universal formulada – shu qismdagi kuchlar qoldiriladi: boshqa kuchlar esa tashlab yuboriladi. Balkani barcha qismlari uchun - va lar umumiy hisoblanib, boshlang’ich parametrlar deb ataladi 37.Tashqi kuchlarning dinamik taosiri. Inertsiya kuchlarinihisobga olish. (Yuk: statik, dinamik; Dalamber, inertsiya kuchi, dinamiklik koeffitsienti, mustahkamlik sharti). Yuklarni statik va dinamik turga bo‘linishi yetarli darajada shartli tushuncha. Ixtiyoriy yuk qo‘yilishi bilan inshoot alohida nuqtalari ko‘chish oladi, ularning ko‘chish tezliklari noldan eng katta qiymatgacha oshib borib, so‘ngra yana nolgacha kamayadi, ya’ni jism qismlari tezlanish bilan harakat qiladi. Bu hol ko‘chish yo‘nalishiga qarama – qarshi tomonga yo‘nalgan inersiya kuchlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Nyuton qonuniga asosan inersiya kuchi miqdori jism massasini tezlanishiga ko‘paytmasiga teng. Agar past tezlanishlardagi hosil bo‘luvchi inersiya kuchlari yukga nisbatan kichik bo‘lsa va ularni hisobga olmasa ham bo‘lsa, bu yuk statik, agar inersiya kuchi miqdori yuk bilan solishtirarli bir xil bo‘lsa dinamik yuk deyiladi. Nazariy mexanika fanidagi Dalamber prinsipiga asosan har bir alohida olingan vaqt uchun inersiya kuchini statikka aylantirish mumkin, ya’ni har bir vaqtda konstruksiya elementi tashqi va inersiya kuchlari sistemasi ta’sirida muvozanatda bo‘ladi. Inersiya kuchlari xususiy og‘irlik kuchi kabi hajmiy kuchlar toifasiga kiradi, ya’ni jism hajmi har bir nuqtasiga qo‘yiladi. Shu sababli ular hisoblash sxemalarida yoyilgan yuk ko‘rinishida tasvirlanadi. Masalan to‘satdan qo‘yilgan P kuch ta’siridagi sterjenning vertikal ko‘chishi. Hisob sxemasida hisoblashlarni soddalashtirish uchun jism bo‘yicha taqsimlangan massasini, bir yoki bir nechta nuqtalarga qo‘yilgan massalarga almashtiriladi, inshootni esa og‘irlikka ega bo‘lmagan, inersiyasiz deb olib, massalar jamlangan nuqtalarga inersiya kuchlarini qo‘yilad. Umuman olganda inshoot yoki uning biror qismiga qo‘yilgan yukni ikki yoki undan ortiq jismlar o‘zaro ta’siri deb olish mumkin, inersiya kuchlari inshootga qo‘yilgan yuk bilan qo‘shilib inshoot sterjenlari kesimlarida dinamik kuchlanishlarni hosil qiladi. Tashqi yuk ta’siridan hosil bo‘luvchi statik kuchlanishni, yuk va inersiya kuchi birgalikda ta’siridan hosil bo‘luvchi dinamik kuchlanishga nisbati KD ni dinamik koeffitsient deyiladi. Download 173.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling