1. Materiallar va ularning chizmada belgilanishi O’lchash asboblari va o’lchash usullari
Dopusklar, o’tkazishlar va ularning chizmalarda belgilanishi
Download 356.61 Kb.
|
Parchasimon birikmalar
4. Dopusklar, o’tkazishlar va ularning chizmalarda belgilanishi
Hozirgi zamon yirik seriyali detallarini qo’shimcha ishlov bermasdan yig’iladi. Bunday detallar o’zaro almashtirilsa bo’ladigan bo’lishi kerak. Turli vaqtda tayyorlanishi va buyumda bir-birini almashtirishi kerak bo’lgan bir xil detallar o’zaro almashtirsa bo’ladigan detallar deb ataladi va ularni o’lchamlarini aniq qilib tayyorlash lozim. Demak, tayyor detalning o’lchamlari (haqiqiy o’lchamlari) chizmada berilgan o’lchamlaridan (nominal o’lchamlaridan) farq qiladi. Haqiqiy va nominal o’lchamlar orasida farq bo’lishinga qaramay, o’zaro almashtira olishlikni amalga oshirish uchun detallarga oldindan eng katta va eng kichik chekli o’lchamlar belgilanadi. Detalning vazifasiga qarab konstruktor tomonidan Aniqlangan asosiy o’lcham nominal o’lcham deb (13-shakl) ataladi. Masalan, val va vtulka tegishi uchun umumiy bo’lgan 50 o’lcham val bilan vtulka birikmasining nominal o’lchami himoblanadi (14-shakl).
13-shakl 14-shakl Eng katta chekli o’lcham bilan nominal o’lcham orasidagi algebraik ayirma yuqorigi chekli chetga chiqish deyiladi. Eng kichik chekli o’lcham bilan nominal o’lcham orasidagi algebraik ayirma pastki chekli chetga chiqish deyiladi. Yuqorigi va pastki chekli chetga chiqshlar musbat (Q belgi bilan), manfiy (- belgi bilan) yoki nolga teng bo’lishi mumkin. Chekli o’lchamlar orasidagi intervali qiymati dopusk maydoni deyiladi (13-shaklga qarang). Eng kata v eng kichik chekli o’lchamlar orasidagi ayirma o’lcham dopusk deb ataladi. Detallar birikmasida hosil bo’ladigan zazor yoki taranglik qiymati bilan o’lchanadigan birikish harakteri o’tkazish deb ataladi. Agar teshik o’lchami val o’lchamidan katta bo’lsa, birikmada zazor hosil bo’ladi (15-shakl, a va b lar); agar yig’ishda qadar val o’lchamidan katta bo’lsa, birikmada taranglik hosil bo’ladi (15-shakl, v va g lar). 15-shakl
Zazor va taranglik qiymati, demak, o’tkazish harakteri ham, detallar o’lchamlarining chekli chetga chiqishlari qiymati bilan aniqlanadi. GOST 7713-62 ga muvofiq o’tkazishlar uch gruppaga bo’linadi: a) taranglik bilan o’tkazish; b) o’tadigan qilib o’tkazish; v) zazor bilan o’tkazish. GOST 7713-82 da dopusk va o’tkazishning ikki sistemasi belgilanadi: teshik sistemasi va val sistemasi. Teshik sistemasida Aniqlik klassi bir xil bo’lgan barcha o’tkazishlar uchun teshikning chekli o’lchamlari o’zgarmas bo’lib qoladi. Har bir o’tkazishlar valning chekli o’lchamlarini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi (16-shakl, a). 16-shakl
Val sistemasida val o’lchamlari o’zgarmas bo’lib qoladi, barcha o’tkazishlar teshik o’lchamlarini uzgartirish xisobiga erishiladi.
Download 356.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling