1. Materiallar va ularning chizmada belgilanishi O’lchash asboblari va o’lchash usullari
Download 356.61 Kb.
|
Parchasimon birikmalar
Parchasimon birikmalar Reja:
1. Materiallar va ularning chizmada belgilanishi 2. O’lchash asboblari va o’lchash usullari 3. Dopusklar, o’tkazishlar va ularning chizmalarda belgilanishi Parchin mixli birikmalarni shartli tasvirlash va belgilash qoidalari GOST 2.313-82 (ST SEV 138-81) da keltirilgan. Parchin mixli birikmalar ajralmas birikmalarning bir turidir. Parchin mix ularning asosiy elementidir. Parchin mixli birikmalar hosil qilish jarayoni quyidagicha: dastlab birikuvchi detallarida teshiklar parmalanadi. Bu teshiklardan parchin mixlar o’tkaziladi. So’ngra parchin mix qalpog’i ostiga mos keluvchi o’yiqli taglik tiraladi, ikkinchi uchi esa parchinlanadi. Amalda parchin mixli birikmalarning quyidagi turlari ishlatiladi. 1. Ustma-ust birikma, bunda birikuvchi elementlar ustma-ust qo’yiladi (17-shakl). 2. Taglik qo’yilgan birikma. Bunday birikmalarda birikuvchi listlarning bir yoki har ikki tomonidan tagliklar qo’yiladi (18-shakl).
17-shakl
18-shakl
Parchin mixlar bir qatorli yoki ko’p qatorli bo’lishi mumkin. Ular shaxmat tartibida yoki parallel (18-shakl) joylashtiriladi. Kesuvchi tekislik parchin mixlar o’qi orqali o’tkazilsa, ular qirqimda shtrixlanmay ko’rsatiladi. Bir qatorda joylashgan parchin mixlarning markaziy o’qlari orasidagi masofa parchin mix chokining qadami t deyiladi. Parchin mixli birikma elementlari birikuvchi listlar qalinligi S ga nisbatan quyidagi formulaga ko’ra hisoblanadi (18-shakl): SHq0,8 S. Chizmada parchin mixlar quyidagicha belgilanadi: 1. “Parchin mix” so’zi. 2. Parchin mix diametri. 3. Parchin mix uzunligi. 4. Materialning gruppa nomeri (00 gruppa ko’rsatilmaydi). 5. Materialning markasi (00 gruppa uchun ko’rsatilmaydi). 6. Standart nomeri. Diametri dq10 mm, uzunligi Lq25 mm bo’lgan 00 gruppa materialidan qoplamsiz ishlangan parchin mixning shartli belgilanishi: parchin mix 10 x 25 GOST 10299-80. Mashina detallarini loyixalash ko’pgina texnikaviy masalalar bilan birga yechiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Bunday masalalarga, detalning mustaxkamligini va chidamliligini, texnologikligini soddagina tayyorlash, yig’ish va ajratishning qulayligini, eng yengil massali va boshqa ko’pgina qulayliklarni ta’minlash kiradi. Detal qanchalik murakkab shaklga ega bo’lmasin, konstruktor bu detalni oddiy geometrik jismlarning yoki ular qismlarining mujassamlashgan yig’indisi sifatida loyixalaydi. Detalning eskizini yoki ish chizmasini tuzishdan oldin detalning shaklini fikran alohida-alohida geometrik jismlarga ajratgan holda sinchiklab o’rganib chikish lozim. Faqat shu shartlar bajarilgandagina mukammal eskiz va ish chizmasini olish mumkin. Proushina (1-shakl, a) quyidagi jismlardan iborat rezbali teshigi bo’lgan kesik konus 1 dan, to’g’ri doiraviy silindr 2 dan, to’g’ri burchakli parallelepiped 3 dan, silindrik o’yiqlari bor ikkita to’g’ri burchaklik parallelepiped 4 dan va ichi ikkita yarim silindrlardan tuzilgan.
1-shakl
2-shaklda eng ko’p uchraydigan mashina detallari elementlarining tasviri va nomlari keltirilgan 2-shakl
Download 356.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling