1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
9-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi
Reja:
1. Materiallarni boshqarish jarayoni.
2. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish.
3. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash.
4. Ishlab chiqarishga beriladigan materiallar tannarxini aniqlash: (yalpi identifikatsiyalash usuli; LIFO usuli (Last-in first-out, LIFO); o’rtacha qiymat usuli (Average-cost, AVECO); FIFO usuli (First-in first-out, FIFO); NIFO usuli (next-in first-out, NIFO); me’yoriy qiymat usuli).
5. Ishchi kuchi xarajatlarini hisoblash.
6. Ish haqini to’lashga xarajatlarni tahlil qilish.
7. Mehnatga haq to’lash shakllari.
8. Ustama xarajatlarni taqsimlash zarurati.
9. Ustama xarajatlarni taqsimlashning yagona (umumzavod) va alohida (sex) stavkalari.
10. Ustama xarajatlarni taqsimlashning reja va to’g’ri (bevosita) usuli.
Tayanch so’z va iboralar: materiallar, materiallarni boshqarish, baholash, LIFO usuli, AVECO usuli, FIFO usuli, ishchi kuchi, mehnatga haq, ustama xarajatlar
1. Materiallarni boshqarish jarayoni
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining samaradorligi va davomiyligi ko’plab ichki va tashqi omillarga bog’liq bo’lib, ulardan biri materiallarni samarali boshqarish hisoblanadi.
Materiallar deb, - ishlab chiqarish jarayonida bir yilgacha muddatda xizmat qilib, o’zining qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to’liq o’tkazib boruvchi mehnat predmetlariga aydiladi.
Materiallarni boshqarish deganda xo’jalik faoliyati uchun zarur bo’lgan materiallar miqdorini aniqlagan holda, ularni yetarli zahirasini tashkil etish hamda ulardan samarali foydalanishga doir vazifalar tushiniladi.
Materiallarni boshqarish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- materiallarni sotib olish bo’yicha shartnomalarni tuzish;
- materiallarni qabul qilib olish;
- materiallarni ishlab chiqarishga sarflash yoki hisobdan chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |