1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish


Materiallarni boshqarish xo’jalik buxgalteriya hisobi xodimlari oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi


Download 48.34 Kb.
bet2/13
Sana21.09.2023
Hajmi48.34 Kb.
#1683220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish-fayllar.org

Materiallarni boshqarish xo’jalik buxgalteriya hisobi xodimlari oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- materiallar hisobini amaldagi Nizom va BHMS talablari doirasida yuritilishini nazorat qilish va yuritish;
- materiallarni to’g’ri tasniflash;
- materiallar zahirasini tashkil etilishi ustidan nazoratni o’rnatish;
- materiallarni harakatini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirilishi yuzasidan nazoratni o’rnatish va ularni hisobini to’g’ri tashkil etish;
- xo’jalikning barcha bo’limlarida mavjud materiallardan samarali foydalanishni nazorat qilish va ularni butligini ta’minlash;
- materiallarni kirimi va sarflanishini to’g’ri baholash;
- materiallar nazoratini javobgarlik markazlari bo’yicha tashkil etish;
- materiallarni harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va foydalanuvchilarga yetkazib berish;
- kelgusi faoliyatga doir materiallar xaridi, baholanishi va sarfi bo’yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqarish.
Materiallarni boshqarish va hisobini tashkil etish 4-BHMS-“Tovar moddiy zaxiralari” va 21-BHMS bilan tartibga solinadi.


2. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
Materiallar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi manbalardan kelib tushadi:
- ta’sischilardan;
- ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchi korxonalardan;
- o’zida tayyorlashdan;
- aktivlarga ayriboshlashdan;
- uzoq muddatli aktivlarni tugatishdan;
- bepul olish yo’li bilan;
- ortiqcha chiqishdan.
Materiallarning harakatini dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish tartibi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
- Markazlashtirilgan holda TMZ avtotransport tashkiloti yordamida sub’ektlarga tashib keltirilsa tovar-yuk xati (M-5 va M-6 shakli) to’rt nusxada to’lg’aziladi:
1-nusxa – sotib oluvchilarga- kirim orderi o’rniga foydalanish uchun;
2-nusxa – mol etkazib beruvchilarga- yuborilgan TMZ hisobdan chiqarish uchun;
3-nusxa – transport tashkilotiga – ko’rsatilgan xizmatlarning qiymatini va haydovchilarga mehnat haqi hisoblash uchun;
4-nusxa – mol etkazib beruvchilarga, TMZ qiymatini iste’molchidan undirib olish uchun bankka beradilar.
- M-7 shakli-«Materiallarni qabul qilib olish dalolatnomasi» TMZ kuzatuvchi hujjatlarsiz (fakturasiz) kelgan taqdirda yoki kuzatuvchi hujjatlardagi ma’lumotlar (summasi, miqdori, sifati va hokazolar) haqiqiy mavjudligiga to’g’ri kelmagan holatlarda ikki nusxada tuziladi va 1 nusxasi buxgalteriyaga ushbu ma’lumotlarni qayd qilish, kamomad yoki ortiqcha summani qayd qilish uchun va mol etkazib beruvchiga jo’natish maqsadida marketing bo’limiga beriladi. Ushbu dalolatnoma tuzilgandan keyin kirim orderini yozishga zaruriyat qolmaydi.
- Schyot-faktura bilan.
Materiallarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMSga asoslangan bo’lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. CHunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo’lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo’yicha yoki sotishning sof qiymati.

Download 48.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling