1. matlabning imkoniyatlari


Download 189.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi189.58 Kb.
#1159551
  1   2
Bog'liq
1. matlabning imkoniyatlari



1. MATLABning imkoniyatlari
Reja 
1. MATLAB ning vazifalari. 
2. Simulink. 
3. m-fayllar 
Tayanch so'z va iboralar 
MATLAB, ochiq arxitektura, Simulink, biriktirilgan bloklar, m-fayllar, 
MATLAB tizimining tili, dasturlash vositalari. 
 
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: 
• matematik hisoblashlar; 
• algoritmlarni yaratish; 
• modellash; 
• ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; 
• ilmiy va injenerlik grafikasi; 
• ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. 
MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funktsiyalarni o'zgartirish va 
yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo'shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi
Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funktsional bloklardan tuzilgan modellar 
ko'rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda katta va 
foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo'lgan bloklarning
bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar yordamida kiritiladi va 
o'zgartiriladi. 
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos 
holda guruhlarga bo'lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, 
chiziqli bo'lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar. 
Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funktsiyasiga ega bo'lganligi sababli
Simulinkda qo'shimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini hosil qilish 
mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini sozlashdan 
tashqari belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil 
qilish ham mumkin. Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning 
(motorlar, o'zgartkichlar, servo-klapanlar, ta'minlash manbalari, energetik 
qurilmalar, fil'trlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar) ishlashini 
modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda 
foydalanish uchun bibliotekada saqlab qo'yish mumkin. 
MATLAB tizimi vektorlar va matritsalar ustida murakkab amallarni 
bajaradi. Undan arifmetik va algebraik amallardan tashqari matritsalarni 
invertirlash, ularning xususiy qiymatlarini hisoblash, chiziqli tenglamalar 
sistemasini yechish, ikki va uch o'lchamli funktsiyalarning grafiklarini olish va 
boshqa ko'plab amallarni bajaruvchi super kal'kulyator sifatida ham foydalanish 
mumkin. Oddiy son va o'zgaruvchilarga ham MATLABda 1x1 o'lchamli matritsa 
sifatida qaraladi. SHu sababli oddiy sonlar va massivlar ustida bajariladigan 
amallarning shakli va usullarida bir xillikka erishilgan. Zarur hollarda vektor va 


matritsalar massivlarga aylantiriladi va ularning qiymatlari har bir element uchun 
hisoblanadi. 
Har qanday kuchli matematik tizim ham yuz minglab foydalanuvchilarga 
zarur bo'lgan hamma vositalarni o'z ichiga ololmaydi. SHu sababli tizim turli xil 
masalalarni yechishga moslashuvchan bo'lishi, ya'ni u boshlovchi matematikni ham, 
tajribali matematikni ham, injenerni ham, ilmiy xodimni ham, aspirantni ham, 
studentni ham qoniqtirishi kerak. 
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni 
yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo'l bilan 
kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko'rinishida amalga oshishidir. Boshqacha 
aytganda, tizimning kengayishlari komp'yuterning qattiq diskida saqlanadi va 
MATLABning biriktirilgan (ichki) funktsiyalari va protseduralari kabi kerakli 
vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. 
Foydalaniluvchi m-fayl matnli formatga ega bo'lganligi sababli unga 
har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funktsiyani kiritishi va keyin undan 
biriktirilgan funktsiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. Bunda Beysik, Si 
yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funktsiyalarni e'lon qilish shart 
emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fort tillariga o'xshash. Lekin MATLABda 
yangi ta'riflar fayl ko'rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funktsiyalar 
soni amalda chegaralanmagan.
Tizimning tayanch so'zlar to'plamiga maxsus belgilar arifmetik ishoralar va 
mantiqiy amallar, arifmetik, algebraik, trigonometrik va boshqa maxsus 
funktsiyalar, Fur'ening tez o'zgartirish funktsiyalari va fil'trlash, vektor va 
matritsaviy funktsiyalar, kompleks sonlar bilan ishlash uchun vositalar, Dekart va 
qutbli koordinatalar tizimlarida grafiklar qurish uchun operatorlar, uch o'lchamli 
sirtlar va va boshqalar kiradi. Umuman olganda, MATLAB tayyor vositalarning 
katta to'plamini taqdim etadi (ularning katta qismi – m-fayllar ko'rinishidagi tashqi 
kengaytmalardir).
Tizimning qo'shimcha pog'onasini Toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi. 
U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo'naltirish imkoniyatini beradi. 
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning maxsus bo'limlari, fizika va
astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy 
boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa 
qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori 
darajadagi moslashuvchanlikka ega. 
Ko'plab matematik tizimlar foydalanuvchi dasturlash bilan amalda 
shug'ullanmasdan o'z masalalarini yechishi uchun mo'ljallab yaratilgan. Lekin 
bunday yo'nalish boshlanishidanoq o'z kamchiliklariga ega ekanligi, umuman 
olganda, xato ekanligi ravshan edi. Haqiqatan ham, ko'plab masalalar algoritmlarni 
yozishni soddalashtiruvchi va algoritmlarni yaratishning yangi usullarini beruvchi 
rivojlangan dasturlash vositalarini talab qiladi. 
Bir tomondan, MATLAB ko'plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini 
beruvchi operatorlar va funktsiyalarga ega. Ular yordamida ko'plab amaliy 
masalalarni yechish mumkin. Bunday masalalarni yechish uchun avvallari
murakkab dasturlarni tuzish zarur bo'lar edi. Misol uchun, matritsalar bilan amallar, 


hosila va integralning qiymatlarini hisoblash va boshqalar. MATLABda bunday 
masalalarni yechishga imkon beruvchi tayyor funktsiyalarning soni kengaytma 
paketlarni ham qo'shib hisoblaganda ko'plab minglarni tashkil qiladi va uzluksiz 
ortib bormoqda.
Lekin, boshqa tomondan olganda, MATLAB tizimi kuchli matematik-
yo'naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili sifatida yaratilgan. Bunday yo'nalish 
tizimning afzalliklaridan biri bo'lib hisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab 
matematik masalalarni yechish uchun qo'llash mumkinligidan dalolat beradi. 
MATLAB tizimi BASICga o'xshash (Fortran va Paskalning ayrim elementlari 
ham qo'shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko'plab komp'yuterdan foydalanuvchilar 
uchun tanish bo'lgan an'anaviy usulda yoziladi. Bundan tashqari tizim dasturlarni 
har qanday matn tahrirlagichi yordamida tahrirlash imkoniyatini beradi. MATLAB 
o'zining sozlagichli tahrirlagichiga ham ega. 
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har 
qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U 
hozirgi vaqtda mavjud bo'lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga 
oshiradi, jumladan, ob'ektga-mo'ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink 
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda MATLAB tizimidan foydalanish 
tajribali dasturlovchilar uchun o'z fikrlari va g'oyalarini amalga oshirish uchun 
cheksiz imkoniyatlar beradi.
Nazorat savollari 
MATLAB qanday vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi? 
MATLAB tarkibiga kiruvchi Simulink dasturi qanday imkoniyatlarga ega? 
MATLAB — kengayuvchi tizim deganda nimani tushunasiz? 
Foydalaniluvchi m-fayl qanday formatga ega? 
Toolbox kengaytmalar paketi qanday imkoniyatlarni beradi? 
Test savollari 

Download 189.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling