1-Mavzu : 3dmax dasturida materiallar, teksturali materiallar va ular bilan ishlash
dsmax.mat – turli-tuman mavzudagi materiallar to’plami bor bo’lgan standart biblioteka. architectural.materials.********
Download 0.51 Mb.
|
1-Mavzu. 3DMAX dasturida materiallar, teksturali materiallar va ular bilan ishlash 1-Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyoriy teksturaga ega bo’lgan shaxsiy materiallar yaratish
3dsmax.mat – turli-tuman mavzudagi materiallar to’plami bor bo’lgan standart biblioteka.
architectural.materials.********.mat – «Architectural» klassdagi arxitektura-interyer mavzudagi turli-tuman materiallar mavjud bo’lgan katta bibliotekalar to’plami. Tarkibida shisha va betondan tortib to oboy va parketgacha materiallar mavjud. Ushbu bibliotekada mavjud bo’lgan hamma materiallar ajoyib sifatli teksturaga ega. Bibliotekani xotirada saqlash. Materiallar bibliotekasi bilan Siz amalga oshirgan hamma o’zgarishlarni xotirada saqlaydi. Materiallar va xaritalarni umumiy ro’yxatdan ko’rib chiqishning turli rejimlari. Tanlangan materialni yo’q qilish. Ushbu tugmachaning o’ng tomonida BUTUN BIBLIOTEKANI… yo’q qiluvchi tugmacha joylashgan, uni bosish yaramaydi. Ayniqsa, bundan keyin «SAVE» ni bosish yaramaydi. Bibliotekaga oid har bir material o’ziga xos nomga ega, bu nomlar, ular bo’yicha oriyentir olish mumkin bo’lsin uchun yetarli axborotga ega. Materialning har bir nomida (standart bibliotekadan) odatda quyidagi prefikslardan (old qo’shimcha) biri uchraydi: BACKGROUND – orqa fon xaritalari, tegishli tugmachada atrof muhitga qo’yish mumkin. BRICKS – g’ishtlar. CONCRETE – beton, sement va shtukaturka (suvoq). FABRIC – mato. GROUND – yerning sirti va suvning sathi. METAL – materiallar. REFLECTION – yaltiroq, xrom kabi kuchli akslantiruvchi sirtlar. SKY – osmon bilan birga orqa fonning xaritasi, tegishli tugmachada atrof muhitga qo’yish mumkin. STONE – tosh. WOOD – yog’och. Ixtiyoriy teksturaga ega bo’lgan shaxsiy materiallar yaratish: loyihani vizualizatsiyalashda yuzaga keladigan asosiy masalalardan biri, alohida olingan, turli teksturalar to’plamlaridan egallab olingan yoki o’z qo’li bilan yaratilgan, masalan, Adobe Photoshop dasturidan fotosnimka asosida, foydalanuvchi teksturalari bilan shaxsiy materiallar yaratishdir (TOTAL TEXTURES ga o’xshagan). Realistik materialni yaratish, teksturani standart «bolvankaga» o’rnatishga qaraganda, ancha murakkab va mehnattalab jarayon ekanini ta’kidlash muhim. Ushbu tadbirning hamma tafsilotlari bundan keyin ko'rib chiqiladi, bir qancha amallar zanjiridan tashkil topgan bo’lsa ham, teksturani o’rnatish jarayonining o’zi murakkab emas: Materiallar tahrirlagichini ochib va «bolvanka» ni tanlab, teksturani o’rnatish jarayonini DIFFUSE (asosiy rang) xossasidan o’ng tomondagi kichik KVADRATCHA ga bosishdan boshlaymiz. TO’G’RI BURCHAKLI tugmacha DIFFUSE xossasidan o’ng tomonda joylashgan asosiy rangni belgilashini ta’kidlash muhim. Teksturani o’rnatishda u hisobga olinmaydi. Keyingi qadam – to’g’ri xaritani (MAP ni) tanlash. Tekstura o’rnida qanday kartinka tanlanishi, tanlangan xaritaning turiga bog’liq. U dog’ bo’lib ko’rinadimi, yoki nuqtachalar, yoki taramtaram yo’l va tutun. Yuqorida sanab o’tilgan hamma hollarda 3ds MAX ning o’zi rasmni yuzaga keltiradi. Lekin, qoida bo’yicha, ancha realistik natija beradigan foto-teksturani o’rnatish talab qilingan holda, variant faqat bitta – BITMAP. Ushbu xarita tasvirni keyinchalik ko’rsatilgan fayldan oladi. E ndi faylning o’zini to’g’ridan-to’g’ri Sizning kompyuteringizdagi qattiq diskdan tanlab olish kerak. Agar Siz teksturalarning CD yoki DVD disklarda qo’shimcha bibliotekasiga ega bo’lsangiz, unda ularni kompyuteringizdagi qattiq diskka ko’chirib olish zarur bo’ladi. Mos keladigan fayl tanlangandan so’ng, «ОТКРЫТЬ» ni bosing. 4. Ochilgan teksturani boshqasiga almashtirish uchun «BITMAP» tugmachasini qo’llash mumlin: Endi, marerialni tahrirlashning ancha baland darajasiga o’tish uchun mo’ljallangan, chapdan yuqoriga egilgan strelkachali maxsus tugmachani bosish mumkin (sozlanishlarning boshiga). Siz yana boshlang’ich menyuga qaytib qolasiz. Oxirgi amal – «SHOW MAP IN VIEWPORT» tugmachasini bosish – proeksiyalar darchasida xaritani ko’rsatish (panjarasimon ko’k-oq kybikli tugmacha). Ushbu tugmachani bosmasdan, Siz o’rnatilgan teksturani faqat renderda kurasiz, u bilan esa, tekstura proeksiyalar darchalarida aks etib turadi. Amalda ushbu tugmacha hamma vaqt ham foydali bo’lib chiqadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling