1-Mavzu : 3dmax dasturida materiallar, teksturali materiallar va ular bilan ishlash


Download 0.51 Mb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1623333
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu. 3DMAX dasturida materiallar, teksturali materiallar va ular bilan ishlash 1-Laboratoriya



1-Mavzu : 3DMAX dasturida materiallar, teksturali materiallar va ular bilan ishlash

Kerakli materialni hosil qilishning ikkita asosiy yo’llari mavjud: birinchi holda materialni o’z qo’lingiz bilan yaratishga to’g’ri keladi, ikkinchisida esa, u bibliotekadagi tayyor materiallardan olinadi.
Birinchi bo’lib, ekranga materiallarni tahrirlash darchasini chaqirish zarur, buning uchun maxsus tugmacha bor.
Materiallar tahrirlagichida shaxsiy materialni yaratish bilan shug’ullanish yoki bibliotekadan tayyor
materialni olish maqsadida, brauzer (ko’rib chiquvchi) darchasini chaqirish mumkin.
Materiallar tahrirlagichining asosiy buyruqlari:

  1. Bibliotekadan tayyor materialni olish uchun zarur bo’lgan brauzer (ko’rib chiquvchi) ni chaqirish.

  2. Ajratib olingan material(lar)ga materialni tayinlash, faqat kamida bitta obyekt ajratib olingan sharoitda aktiv bo’ladi.

  3. Proeksiyalarda materialning teksturasini ko’rsatish. Materialni ishchi darchalarda renderingsiz ko’rishga yordam beradi. Juda foydali, lekin hamma vaqt ham yordam beraolmaydi – ba’zi materiallarni faqat renderda to’laqonli ko’rish mumkin.

  4. Materialning nomi. Nom boshqa uchramaydigan bo’lishi kerak, nomlari mos keladigan materiallar sahnada bir vaqtning o’zida mavjud bo’lishi mumkin emas.

  5. Materialning turi. Boshqalaridan ko’ra STANDARD tipdagi materiallar ko’proq o’zgaradi.

  6. Material namunasining turi (sfera/silindr/kub), o’zgartirish uchun tugmachani bosish va ushlab turish kerak.

  7. Namuna materialning orqadan yoritilganligini ulash/uzish.

  8. Orqa fonni ko’rsatish. Shaffof materiallarni ko’rib chiqish uchun juda foydali.

Materiallarni tahrirlagich ekranining ancha qismini SLOT lar yoki YACHEYKA lar egallaydi, ularda hammasi bo’lib 24 dona materiallar saqlanadi, bu shuni bildiradiki, Siz shuncha miqdordagi materiallarni bir vaqtning o’zida tahrirlashingiz mumkin. Yacheykalarning o’lchamini ravon masshtablash mumkin emas, lekin sichqonchaning o’ng tugmachasi bilan istalgan yacheykaga chertish va ularning istalgan miqdordagi (3х2 / 5х3 / 6х4) variantini tanlash mumkin.
Tahrirlagichdagi materiallarni sichqoncha bilan tutgan holda olib yurib, uning joyini erkin holda o’zgartirish mumkin, bunda ular yacheykadan yacheykaga nusxa ko’chirilishi yoki obyektlarga tayinlanishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling