XARITA (MAP) va MATERIAL (MATERIAL) orasida katta farq mavjud:
Odatdagi tekis kartina XARITA (MAP) deb ataladi. Qoida bo’yicha, xaritalar materiallarning komponentlari hisoblanadi, ya’ni, ularga realistiklik qo’shgan holda materiallarga qo’yiladi. Mustaqil xaritani (materialga qo’yilmagan) obyektga tayinlash mumkin emas, lekin uni orqa fon o’rnida qo’llash mumkin.
Sirtning xossalarini ta’riflovchi sozlanishlar ro’yxati MATERIAL deb atalad. Uni istalgan obyektga tayinlash mumkin, lekin orqa fon o’rnida foydalanish mumkin emas. Turli xaritalar aksariyat materiallarni, masalan, ularni tekstura o’rnida foydalanib qamrab oladi.
Brauzer (ko’rib chiquvchi) ning asosiy sozlanishlari.
B rauzer yo maxsus tugmacha bilan (yuqoriga qarang) materiallar tahrirlagichi orqali, yo «RENDERING» matnlar menyusi orqali «MATERIAL/MAP BROWSER» buyrug’i bilan chaqiriladi. Brauzer materiallar bibliotekalari ichidagilarni ko’rib chiqish va materiallarni u yerdan materiallar tahrirlagichiga yoki birdaniga kerakli obyekt(lar)ga olib o’tish imkonini beradi.
Materiallar bibliotekasi. Ayni paytda ochiq bo’lgan biblioteka ichidagi tayyor materiallarga qo’l yetar bo’lishini ta’minlaydi.
Yangi. Yangi materiallar yaratish imkonini beradi.
Materiallarni ko’rsatish. Bu belgi (galochka), agar Siz materiallarning umumiy ro’yxatida ko’rishni istasangiz kerak bo’ladi.
Xaritalarni ko’rsatish. Bu belgi (galochka), agar Siz xaritalarning umumiy ro’yxatida ko’rishni istasangiz kerak bo’ladi.
Faqat asosiylari. Materiallar (xarita materiallariga
qo’yilgan) komponentlarini ko’rsatishni ta’qiqlash imkonini beradi. Juda foydali, chunki, ro’yxatni ko’rib chiqish uchun yanada qo’lay qiladi.
Bibliotekani ochish. Materiallar bibliotekalaridan birini ochish imkonini beradi. Bibliotekalar turli tuman materiallarga ega va 3ds MAX ning asosiy to’plamida ta’minlanadi. Ushbu tugmachani bosganda konkret bibliotekani tanlash imkoni paydo boladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |