Obyektga yo’naltirilgan dasturlashga kirish


Download 0.95 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1516219
Bog'liq
OOP Kirish lect 1

Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash

O’qituvchi

Jahongir Salohiddinov

avtomatlashtirish.boshqarish@gmail.com

Telegram: @Avtomatlashtirishbot

O’rganiladigan mavzular

  • Python dasturlash tili
    • O’zgaruvchilar va ma’lumotlar turlari
    • Shart operatorlari
    • For va While tsikllari
    • Funksiyalar
  • Obyektga yo’naltirilgan dasturlash
    • Klasslar va obyektlar
    • OYD tamoyillari

Maqsad

  • Python dasturlash tilini o’rganish
  • Oddiy Python dasturlarini yozish va tekshirib ko’rish
  • Dastur(lash) qanday ishlashini tushinish

Darsda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar

Oraliq va Yakuniy

  • Imkon bo’lsa kompyuterda dasturlash orqali
    • Pythonda dastur yaratish

Kirish

  • Obyektga yo’naltirilgan dasturlash ko’pchilik uchun biroz tushinarsiz yoki murakkab tuyilishi mumkin. Lekin to’g’ri yondashuv orqali uni osongina tushinib olish mumkin.

KLASSIK YOHUD CHIZIQLI DASTURLASH

  • OOPni tushunish uchun avval klassik dasturlashni ko’raylik. Gap shundaki ilk kompyuterlar va dasturlar matematik muammolarni hal qilishga qaratilgan. Bunday dasturlar foydalanuvchidan biror ma’lumotlarni qabul qilib olgan, va qati’iy ketma-ketlik ya’ni tartibga amal qilgan holda turli arifmetik amallarni bajarib, dastur so’ngida foydalanuvchi kutgan natijani qaytargan. Shuning uchun ham bunday dasturlar chiziqli yoki tartibli dasturlar deb ataladi
  • Dastur kattalashgani sari o’zgaruvchilar va funksiyalar soni ortib boradi. Ular o’rtasidagi munosabatlar ham chigallashib, kodingiz murakkab va tushunishga qiyin bo’lib ketadi. Dasturlash jarayonida bitta funksiyaga o’zgartirish kiritishingiz esa, unga bo’gliq boshqa funksiylaraning ishdan chiqishiga va dasturingiz xato natija berishiga olib kelishi ham mumkin.

Chiziqli dasturlarning afzalliklari :


Dasturlashni o’rganish uchun qulay
Sodda va tushunarli kod
Dastur algoritmini kuzatish oson
Dastur xotirada kamroq joy egallaydi

Chiziqli dasturlarning kamchiliklari :


Murakkab dasturlarni chziqili usulda yozish qiyin (ilojsiz)
Bir dastur uchun yozilgan koddan boshqa dasturda qayta foydalanib bo’lmaydi
Dastur ichidagi ma’lumotlar (o’zgaruvchilar) barcha funksiyalar uchun ochiq
ZAMONAVIY DASTURLAR CHIZIQLI EMAS

Yangi tamoyilga ehtiyoj

  • Vaqt o’tib dasturlarga qo’yilgan talablar murakkablashib borgani sababli, chiziqli dasturlash tamoyili zamon talabiga javob bermay qo’ydi va 1970 yillarda Obyektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyili olg’a surila boshlandi.

OBYEKT NIMA?

  • Obyektga yo'naltirilgan dasturlashda o’zaro bo’gliq bo’lgan o’zgaruvchilar va funksiyalar bitta konteynerga jamlanadi va bunday konteynerlar obyekt deb ataladi. Bir obyektga tegishli o’zgaruvchilar uning xususiyatlari, unga tegishli funksiyalar esa metodlari deb ataladi

Avtomobilning modeli, rangi va narhi uning xususiyatlari. Avtomobilga tegishli bo’lgan start(), stop() va tezlashish() kabi amallar esa uning metodlari deyiladi.

  • Avtomobilning modeli, rangi va narhi uning xususiyatlari. Avtomobilga tegishli bo’lgan start(), stop() va tezlashish() kabi amallar esa uning metodlari deyiladi.

Agar haqiqiy dasturdan misol keltiradigan bo’lsak, istalgan dastur ichidagi tugma bu obyekt. Uning shakli, rangi va matni esa xususiyatlari bo’ladi. Tugma ustida bajariladigan amallar tugmaning metodlari deyiladi. Misol uchun tugmani bosish, uzoq bosish, ustiga sichqonchani olib borish va hokazo

  • Agar haqiqiy dasturdan misol keltiradigan bo’lsak, istalgan dastur ichidagi tugma bu obyekt. Uning shakli, rangi va matni esa xususiyatlari bo’ladi. Tugma ustida bajariladigan amallar tugmaning metodlari deyiladi. Misol uchun tugmani bosish, uzoq bosish, ustiga sichqonchani olib borish va hokazo

Obyektga yo'naltirilgan dasturlar on’lab balki yuzlab obyektlardan iborat bo’ladi va bunday dasturlar uchun dastur boshi yoki oxiri degan tushunchalar nisbiy bo’ladi.

  • Obyektga yo'naltirilgan dasturlar on’lab balki yuzlab obyektlardan iborat bo’ladi va bunday dasturlar uchun dastur boshi yoki oxiri degan tushunchalar nisbiy bo’ladi.
  • Obyektga yo'naltirilgan dasturlar bajarilishida qat’iy ketma-ketlikka amal qilmaydi. Foydalanuvchi istlagan obyektga murojat qilishi, uning ustida turli amallar bajarishi mumkin. O’z navbatida bitta obyektga murojat ortidan boshqa obyektlar ham faollashishi mumkin.

Misol uchun, mobil ilovalarda obyektlar bu dastur ichidagi tugmalar, matnlar, rasmlar va boshqa elementlardir. Foydalanuvchi istalgan tugmani bosishi, istalgan matnni ajratib olishi va boshqa amallarni istalgan tartibda bajarishi mumkin. Bunda bitta tugma (ya’ni obyektni) bosish bulan boshqa obyekt (masalan rasm) o’zgarishi mumkin.
Zamonaviy kompyuter o’yinlari ham minglab obyektlardan iborat. Foydalanuvchi esa virtual o’yin olamida erkin harakat qilishi, istlagan tarafga yurishi, istalgan vaqtda turli obyektlar bilan turli amallar bajarishi mumkin.

Manbalar

  • Pycharm Yuklash uchun: https://www.jetbrains.com/pycharm/download/#section=windows
  • SublimeText Yuklash uchun: https://www.sublimetext.com/download
  • Pythonda dasturlash asoslari. A.Narzullayev, Akademnashr, 2022
  • python.sariq.dev

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling