1 Mavzu : Amirlikda markaziy hokimiyat Shohmurod vafot etgandan so`ng Amir Haydar taxtni egallagan
Download 130.38 Kb.
|
1) Mavzu : Amirlikda markaziy hokimiyat Shohmurod vafot etgandan so`ng Amir Haydar taxtni egallagan. Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Amir Haydarga qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik taxtiga o‘tqazmoqchi bo‘ldilar. Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo'shin yubordi. Qo'shin sarkardasining buyrug`i bilan Marv vohasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘oni buzib tashlandi . Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining muddatidan oldin yig'ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko`tarilishiga olib keldi. Amir Nasrullo (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Amir Nasrullo shaxsga sig‘inish siyosatini yuritgan. Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qon xonligini bosib oldi. 1843-yilda Buxoro va Xiva Marv viloyati uchun kurashgan. Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini mag'lubiyatga uchratdi. 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni egalladi. XVIII asming ikkinchi Buxoroda nomuntazam (qora cherik) bo‘lgan. Buxoro amirlarida XIX asr boshlaridan boshlab Amir Haydar muntazam qo`shin tuzishni boshlab berdi. Buxoroda Muntazam qo‘shin navkariya deb atalgan. Amir Nasrullo davrida muntazam qo`shin muommasi to`la yechimini topgan. Muntazam qo`shinda sarbozlar qismi 800 kishidan, to‘pchi qismi esa 250 kishidan iborat qilib tuzildi. Askarlar kiyim-boshi har 3 yilda almashtirilib turilgan. Amir Nasrullo muntazam qo‘shinni bir joyda saqlash maqsadida Buxoro shahri chetida 800 uydan iborat ,,Sarbozxona“ deb atalgan manzilgoh qurdirdi. Amir davlat boshlig‘i sifatida amirlik qo‘shinining Harbiy mansab va Oliy bosh qo‘mondoni edi. Vaziri Harb qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalgan va to‘pchiboshi deb ham atalgan. To‘qsoba unvoni o‘sha davr Rossiya harbiy unvonlariga taqqoslaganda polk sardori mavqeyiga teng bo`lgan. Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy qarorgoh (bugungi til bilan aytganda, shtab) boshlig'i vazifasi naqibga yuklatilgan. Naqiblar harbiy yurish paytida qo’shinning tuzilishi, qurollanishi va joylashuvi, uning harakatlanishi hamda urush olib borish borasida yetarli bilimga ega bo‘lgan. Qozi askar bo‘lsa, harbiy qismlarda sodir etilgan jinoyat ishlarini, ariza va shikoyatlami ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan hukm chqargan. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar chog‘ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan. Amirlikda to‘plar Samarqand shahridagi ustaxonada quyilgan bo‘lsa, porox Qarshi shahrida tayyorlangan. Uni ishlab chiqaruvchi hunarmandlar dorukash deb atalgan. Mirlikda muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo‘lgan askami, shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oil a a’zolarini dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan. 18
Amirlikda 90 foiz aholi qishloq xo`jaligida mehnat qilgan? Buxoroda Osiyoda mashhur tog‘ pistasi yetishtirilgan. Chorvachilikning asosini qo‘ychilik tashkil etgan. Buxoroda husndor jingalak, qimmatbaho teri beradigan qorako‘l qo‘ychiligi nihoyatda rivojlangan edi. ,,Qorako‘l qo‘ylari“ deb ataladigan qo‘yning vatani Qorako‘l bekligi bo‘lgan. Qo‘zilarining terisi jahon bozorlarida ham juda xaridorgir bo‘lgan. Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan suv ayirg‘ich bo`lgan. chig'irlar suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olgan. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg‘ichlar ishlatilgan. Amirlikda davlat yeri - amlok yerlar deb atalgan. Davlat yerlari 3 ga bo`lingan. 1) ko`chmanchilarni yeri 2) suyurg`ol yerlar 3) tanho yerlar Mulk –xususiy yer bo`lgan Vaqf – masjid madrasa yeri bo`lgan Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg'ol shaklida in’om etilgan edi. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra, zarur holatlarda o‘z qora cherigi bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. Eng kichik tanho yeri 36-60 tanob (3-5 gektar)ni tashkil etgan. Xazinaga eng ko‘p soliq Tanho yerlardan tushgan. Mulki Hur yerlari urushlarda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. Vaqf yerlari — bu masjid, mozor, xonaqoh, maktabxona, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan. Amilikda asosiy soliq xiroj bo`lgan. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan esa tanobona deb atalgan soliq olingan. Tanobona soliqning miqdori ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq bo`lgan. Keyinchalik polizlarga yangi soliq - qo‘sh puli solinadigan bo‘ldi. Uning miqdori yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. 1)Tanobona, 2)zakot, 3)qo‘sh puli soliqlari esa faqat pul shaklida olingan. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq – to`la joriy etilgan. 19
o‘chog‘i vazifasini o‘tagan. „Tangrining jamoli“, gumbazi“ va „islom dinining quvvati" - Buxoro shahridir. Buxoro shahri 1533-yilda Buxoro xonligining poytaxti etib belgilandi. Shayboniy Abdullaxon II davrida esa uzil-kesil poytaxtga aylandi. Ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronligi davrida ham Buxoro poytaxt bo‘lib qolaverdi (1601-1920). Buxoro butun O‘rta Osiyoning ma’rifat markazi edi. Buxoroda Xiva, Qo‘qon, Hisor, Samarqand va Rossiyaning musulmonlar yashaydigan viloyatlaridan kelgan talabalar ham ilm olishgan. Buxoroga 12 ta darvoza orqali kirilgan. 60 mingga yaqin aholi yashagan. Buxoroda 100 dan ortiq madrasa, 300 dan ortiq masjid, 38 ta karvonsaroy bor edi. Karvonsaroylarga har yili 12-15 ming tuya mol kelib turgan. Savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga karvonboshi mas’ul bo‘lgan. Samarqand „Dunyoning husni“ deya ulug‘langan. Rahimbiy Samarqandni tikiash ishini unga suv chiqarishdan boshladi. Amir Shohmurod Samarqandni tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlardan majburiy ravishda aholi ко‘chirib keltirgan. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi 1780-yil, ya’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, 1809-yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi“. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘raldi. Samarqandga 6 ta darvozadan kiriladi. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada shahar aholisi 25-30 ming kishiga yetdi. Buxoroda davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. (tushuntiraman shu gapni. aytomchiki davlatda 10 ta telefon ishlab chiqarilsa shu 10 ta telefonni hammasi sotilib yana 11- telefonga buyurtma yo`q. Bu degani davlatda ishlab chiqarish bor lekin mahsulotni sotib olish yani istemolga talab yo`q) Xiyonatchilar yarimyalang‘och holda aravada bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi. Buxoro Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalari olib bordi. Tashqi savdodda Asosiy savdo transporti tuya edi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari tobora о‘sib bordi. 1804-yili Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurildi. Buxoro amirligidan Rossiyaga 16 ming tonna paxtaning hammasi sotilganl. Buxoro har yili faqat to‘qnnachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan ikki million rublli tovar eksport qiladi. 3) Mavzu : 1800 1870 yillarda italiya Italiya Respublikasi. Italika – qabilalari etnonimidan. Italiya shimoldan Shveycariya va avstriya bilan, sharkdan Sloveniya va Adriotika dengizi bilan, janubi – sharqdan Ionika dengizi bilan, garbdan Fransiya, Laguriya dengizi, Tirren dengizi va O’rta Yer dengizi bilan chegaralangan. Maydoni – 301 230 kv.km. Administrativ bo’linish: 20 viloyat: Abrutsi, Bazilikata, Valle-d’Aosta, Veneto, Kalabriya, Kampan`ya, Latsio, Liguriya, Lombardiya, Marke, Molize, Pul`ya, P`emont, Sardiniya, Siciliya, Toskana, Trentino-Al`to-Adidje, Umbriya, Friuli –Venetsiya-Djuliya, Emiliya -Roman`ya. Yirik shaharlari : Rim, Milan, Turin, Genuya, Neapol`, Palermo. Daryo va kullari : Po, Adidje va Brenta daryolari, Komo, Lago-Madjore, Bol`sena va Izeo ko’llari. Foydali qazilma boyliklari: Toshko’mir, qo’ngir ko’mir, lignit, neft`, yoqilgi gaz, oltingugurt. Aholisi – 57.5 mln.kishi (2000). Tarkibi – ital`yanlar –98%, nemislar, sloveniyaliklar, albanlar, greklar, fransuzlar – 2%. Valyuta: pul birligi – italyan lirasi - 100 sentesimo. Valyuta nazorati – Italiya valyuta byurosi tomonidan. emissiya instituti – Italiya Banki. Boshqarish shakli - respublika. Davlat boshlig’i – prezident. Italiyaning milliy davlat bo’lib birlashishi mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish protsessini tezlashtirish uchun ob’ektiv shart-sharoitlar yaratib berd.i. Bu protsess burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi bilan bog’liq bo’lgan maxsus tarixiy vaziyatda davom qildi. Yangidan tuzilgan burjua davlatiga og’ir feodal qoldiqlari meros qolgan edi. Italiya agrar mamlakatligicha qolaverdi; Italiyaning o’rtacha yillik sanoat mahsuloti qiymati 1861—1870 yillarda bir milliard lirani tashkil qilardi, holbuki, qishloc xo’jalik mahsulotining qiymati 3 milliard lirani tashkil qilardi. Erga asosan yirik va juda yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qolgan edi, buning ustiga dehqonlarning erdan foydalanishning qoloq formalari hukm surardi. Pomeshchiklar erining katta qsmi mayda va juda mayda uchastkalarga bo’li bu yerlar juda ogir shartlar bilan dexdonlarga ijaraga berilardi (nimkorlik, kolonat). Dehqonlar mulkdorligining salmog’i katta emas edi. Mulkdor dehqonlar juda ko’pchiligining bir gektardan oshmaydigan bir parcha chek eri bor edi. Italiyaning birlashuvidan chiqadigan ijtimoiy-siyosiy natijalarni oldindan belgilab qo’ygan narsa burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi edi. Italiya davlati eski feodal davlat ele mentlaridan ancha-munchasini o’ziga meros qilib olgan burjua konstitucion monarxiya edi.Konstitutsiya konservativ kuchlarning anchagina hokimiyatga ega bo’lishini ta’minladi — bu konstitutsiya 1848 yil revolyutsiyasi davrida in’om qilib berilgan Sardiniya qirolligining mo’’tadil statusiga asoslangan edi. Davlat boshlig’i ijroiya hokimiyat namoyandasi qirol edi; ministrlar, oliy fuqaro va harbiy vazifador kishilarni qirol tayinlar va vazifasidan tushirardi. Tashqi siyosat ishlari va qurolli kuchlarga qo’mondonlik qilish qirol qo’lida edi, qirolga palatani muhlatidan ilgari tarqatib yuborish huquqi berilgan edi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat qirol tomonidan va ikki palata- senat va deputatlar palatasi tomonidan amalga oshirilardi. Senat qirol tomonidan umrbod tayinlanadigan kishilardan (qirol xonadoni avlodlaridan, aristokratlar, oliy mansabdorlardan, episkoplardan) iborat tuzilardi. Deputatlar palatasi besh yil muddatga cenzli saylov huquqi asosida saylanardi, bu saylov huquqi bir tuda mulkdor grajdanlar tabaqasiga imtiyozlar berardi. 1882 yilga qadar 28 million aholisi bo’lgan bu davlatda faqat 600 ming kishi, ya’ni hamma grajdanlarning 2 foizidan sal oshig’rog’i saylov huquqidan foydalanardi. Yangi hokimiyatning sinfiy tabiati, burjuaziya hukmron guruhlari va burjualashgan dvoryanlarning monarxiya va reakcion eski rejim kuchlari bilan bitishishga intilganligi, nihoyat, bu reakcion kuchlarning siquvi yangi hukumatlarning njtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatida juda katta qarama-qarshiliklar yuz berishiga sabab bo’ldi; ularning faoliyatida progressiv tendenciyalar konservativ tendenciyalar bilan va hatto ochiqdan-ochiq reakcion tendenciyalar bilan to’qnash kelib, bir-biri bilan chirmashib ketdi. Yirik burjuaziyaning (yirik zamindorlar, savdogarlar, sudxo’rlar, bir oz sanoat burjuaziyasining) burjualashgan pomeshchiklar bilan tuzgan bloki davlatdagi hukmron ijtimoiy kuch edi. Bu blokda yirik zamindorlar hal qiluvchi rol’ o’ynardi. Bu zamindorlarning manfaatlarini «o’nglar» degan liberal-monarxistlar guruhi ifoda qilardi, bu guruh Risorjimento zamonidagi mo’’tadil (kavuristik) oqimning davomidan iborat guruh edi. 60- yillardayoq bu gruppa mamlakatni monopol tarzda tanho idora qilib keldi, lekin birlashish tugallangandan keyin ham «o’nglar» guruhi parlamentdagi hukmronligini davom ettirdi va Italiya davlatining dastlabki hukumatlariga (1869-1873 yillarda Lanc ministrligiga va 1873—1876 yillarda Mingetti ministrligiga) rahbarlik qildi. Burjuaziyaning hukumatga oppoziciyada bo’lgan, «so’llar» degan boshqa bir siyosiy guruhi o’zining tarkibi jihatidan xilma-xil edi. Bu guruh iktisodiy jihatdan rivojlanayotgan yangi sanoat va moliya doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi, shu bilan birga, o’rta va mayda burjuaziyaning ko’prok radikal oppoziciyachi guruhlarini ham o’ziga tortib turgan markaz edi. Birlashgan Italiya vujudga kelgan dastlabki yillardan boshlaboq hukmron burjua va pomeshchiklar guruhlari o’zlarining iqtisodiy poziciyalarini mustahkamlash uchun davlat hokimiyatidan foydalanish taraddudiga tushib qoldilar. Mamlakat oldida juda murakkab moliya muammolari ko’ndalang bo’lib turgan edi. Birlashgan Italiyaga ilgarigi hokimlardan juda og’ir meros qolgan edi: 1859 va 1866 yillardagi urushlarda bo’lgan katta-katta harajatlarni, eski hukumatlarning chet davlatlardan olgan qarzlarini to’lash lozim edi. Bu birlashish harajatlariga yana temir yo’llar qurish, davlat apparati va armiya saqlash uchun katta-katta yangi chiqimlar kelib qo’shildi. 1870 yilda davlatning hamma karzi 8300 million liraga yetdi. Tobora o’sib borayotgan chiqimlarni qoplash uchun «o’nglar»ning hukumatlari davlat zayomlari chiqarishga, ham mamlakatning ichidagi, ham tashqaridagi kapital egalariga yordam so’rab murojaat qilishga majbur bo’ldilar. Buning natijasida davlatning so’dxurlar va bank korchalonlariga qaramligi kuchaydi, ular uchun davlat olgan qarz osongina boyib olish manbai bo’lib qoldi. Chet el kapitali, ko’proq fransuz kapitali (Rotshil’d, Pereyr) mamlakatga juda ko’plab kirib keldi. Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan ko’payib boraverdi, natijada «o’nglar»ning hukumatlari daromadlarni ko’paytirish yo’li bilan byudjetni baravarlab turish maqsadida «juda qattiq tejab-tergash» siyosatini yurgizishga majbur bo’ldilar. Hatto burjuaziyaning ma’lum tabaqalari manfaatlariga daxl qilgan bu siyosatning tig’i asosan keng xalq ommasiga qaratilgan edi. F. engel’s ko’rsatib o’tgandek, «o’nglar» guruhi «burjua tartibi biron vaqt kashf qilgan»' eng vahshiyona fiskal’ sistemasini joriy qilgan edi. «O’nglar» hukmronligining so’nggi yilida (1876 yilda) davlat qarzi juda ham ko’payib 990 million liraga yetdi. Shundan 65 foizi kambag’al aholi zimmasiga tushgan egri soliqlar edi. Tuz, tegirmon solig’i yana tiklangan edi, ko’p joylarda hatto havo bilan nurga ham soliq solingan edi, chunki deraza uchun ham soliq olinardi. To’g’ri soliqlar (jumladan, yer solig’i) asosan mayda va o’rta mulkdorlarga qarshi qaratilgan edi. Hukmron sinflarning agrar siyosati ham shunday tamagirlik bilan yurgizilardi. Hukmron sinflar dvoryanlar er egaligiga dahl qilishga jur’at etolmay (hatto Burbonlarning tarafdorlari bo’lganlarning va avstriyaparast dvoryanlarning er mulklariga aslo dahl qilinmagan edi), cherkov, davlat va jamoalarning yer-mulklariga dahl qilmaslikni bekor qilish yo’lidan bordilar, bu yyerlar mamlakatdagi butun yer fondining kamida oltidan birini tashkil qilardi. Birlashishdan keyiigi dastlabki un yilliklarda cherkov mulklaridan 750 ming gektar yer musodara qilindi va sotildi, Siciliyada umrbod ijaraga berilgan 190 ming gektar cherkov eri bu hisobga kirmaydi. Bundan tashqari, ko’p qismi mamlakatning janub tomonlarida va orollarda joylashgan davlat va jamoa yyerlaridan, 1,6 million gektari ishga solingan yoki zamindorlar o’rtasida «taqsim» qilingan edi. Cherkov va davlat yyerlarini sotish juda jadallik bilan amalga oshirildi (er sotish ishlari asosan 1868—1880 yillarga to’g’ri kelgan edi). G’azna pulga juda muhtoj edi, lekin qo’lida kapitali bor burjua esa yer sotib olishga shoshilar edi. Auksionlarda poraxo’rlik avjiga chiqdi, kishi bilmas har xil fribgarliklar qilindi, yirik burjua-pomeshchiklar va dvoryanlar qo’l ostilaridagi qurolli bandit tashkilotlari orqali, masalan, Siciliyada «maxfiy» degan tashkilot orqali ish ko’rdilar. Ular mahalliy ma’muriyat amaldorlari bilan kelishib, hatto cherkov yerlarini sotib olishda «xudoning qahridan» qo’rqib dehqonlarning diniy taassublaridan ham foydalandilar. «Dehqon, hatto mayda pomeshchik bunday kuchga qarshi qanday qilib ham kurash olib bora olar edi. Bunday dehqon yoki pomeshchik o’zi uchun - o’shanda ham baland narx bilan — biron tashlandiq er uchastkasini zo’r mashaqqat bilan qo’lga kiritib olardi»— bo’lg’usi ministr Sonnino singari konservativ arbob ham shunday deb haqiga ko’chishga majbur bo’lgan edi. Sotilgan yerlarning juda katta qismi burjuaziya qo’liga kirdi; jamoa yerlarining juda katta qismi hai shu burjuaziya qo’liga o’tib qoldi, bunday yerlarni o’zboshimchalik bilan tortib olishni hukumat qonunlashtirib qo’ygan edi. Lekin er-mulklarning qayta taqsimlanishi er munosabatlarida radikal o’zgarish bo’lishiga olib bormadi. To’g’ri, birlashishdan ancha ilgari dehqonchilikning kapitalistik shakllari rivojlana boshlagan shimolda (Lomoardiya, Pemont va qisman Emiliyada) yirik kapitalistik xo’jaliklar sekin-sekin hal qiluvchi o’ringa chiqa boshlagan edi. Bu xo’jaliklarda yirik kapitalistik ijara ustun turardi va qishloq xo’jalik ishlarini yollanma ishchilar bajarardi. Juda keng ko’lamda irrigaciya va botqoqliklarni quritish ishlari amalga oshirildi, yangi texnika joriy qilindi, kimyoviy o’g’itlar ishlatiladigan bo’ldi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish tobora kuchaydi. Buning natijasida Lombardiyada yetishtirilgan yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti XIX asrning oxiriga borganda teng baravar oshib ketdi. «Klassik nimkorlik» hukmronlik qilgan markazkiy Italiya (Toskana, Marke, Umbriya) ning agrar ekonomikasi ham XIX asrning so’nggi o’n yilliklarida kapitalistik asosda yangidan qurila boshladi. Nimkorlik shartnomalarining mazmuni ham o’zgardi: er egasi xo’jalikka beradigan kapitallari va mehnat qurollari hissasini oshirib, tobora agrar kapitalistga aylanib bordi, nimkorchi esa amalda yollanuvchi ishchi darajasiga tushirildi. Hatto feodal qoldiqlari hammadan kuchliroq sezilib turadigan Janubiy va Orol Italiyasiga ham kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi eski tuzumga putur etkaza boshladi: qishloq xo’jaligining tovarliligi oshdi, yollanuvchi ishchi kuchini ko’llanishning salmog’i ko’paydi, qishloqda er burjuaziyasining, sekin-sekkn kapitalistga aylanayotgan yirik ijarachi dallolning ta’siri kuchaydi. Sudxo’rlik kapitali qishloqni chulg’ab oldi. Lekin ekspluatatsiyaning yangi kapitalistik shakllari hali ham yashovchan yarim feodal munosabatlar sistemasnga singib borardi. Italiyaning hamma erida mulkdor dvoryanlargina zmas, shu bilan birga, zamindor burjuaziya ham eski ekspluatatsiya shakllarini yo’qotmadilar. Qoloqlik va yarim krepostnoylik tutqunligi abadiy qilib qoldirildi. Hatto Italiyaning shimolida ham kapitalistik agrar ekonomikaning rivojlangan shormalari bilan bir qatorda nimkorlik yoki mayda dehqon xo’jaligi davom qila bordi, bu xo’jalik primitiv usullar bilan olib borilar edi. Qishloq xo’jalik ishchilari, masalan, «majburlar» dsb atalganlar («chek eri bor» ishchilar) ish haqining bir qismini natura holida olardilar va hamon yirik zamindorga shaxsan qaram edilar. Markaziy Italiyada nimkorlik shartnomalarida krepostnoy dehqonning zamindorga yarim krepostnoylik qaramligining turli formalari qayd kilinardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling