Rasshifrovkalash
Shifrlash
3.1-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi
Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan holda Kerkgoff tamoyilini eslatib o‘tish lozim. Ushbu tamoyilga binoan faqat kalit sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani, agar niyati buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi. Kalitni esa almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu tamoyilni “Dushman tizimni biladi” deb ta’riflagan.
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni
shifrlash va
kodlash tushunchalarini bir xil deb tushunadilar. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash – ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi. Biroq, uni faqat ma’lum shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lgan shaxslar) qayta o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lmagan shaxslar) uchun cheklangan bo‘ladi.
Kriptografiya va
steganografiya fan sohalari o‘xshashlikga ega bo‘lganligi sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
Steganografiya – bu maxfiy xabarni soxta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, steganografiyaning asosiy g‘oyasi – maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish.
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni
shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar asosida - farqi yo‘q) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.