1§ Mavzu : Kriptografiyaning asosiy tushunchalari


Download 175.72 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi175.72 Kb.
#1239740
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 Kriptografiyaning asosiy tushunchalari


1§ Mavzu : Kriptografiyaning asosiy tushunchalari

Muhim axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:



  • adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda amalga oshirish murakkab;

  • uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini berkitish evaziga;

  • axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi tiklay olishi mumkinligi evaziga.

Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi. Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli:

  • axborotning konfidensialligini ta’minlash;

  • axborotning yaxlitligini ta’minlash;

  • autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;

  • harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash.

Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (asimmetrik) kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati kriptografik xesh funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya qism tizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga oshirilishi mumkin. Harakatni rad qila olmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat ochiq kalitli kriptografiya vositalari yordamida ta’minlanadi.
Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:

  • simmetrik kriptotizimlar;

  • ochiq kalitli kriptotizimlar;

  • kriptografik xesh funksiyalar;

  • raqamli imzolar;

  • raqamli sertifikatlar.

Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik kiritiladi.
Alfavit deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atiga ikkita simvoldan (0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi. Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini, yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish mumkin.
Matn yoki xabar – alfavit elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn (plaintext) – shifrlashga atalgan dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text) – ochiq matnni shifrlash natijasi.
Shifrlash (encryption, enciphering) – ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish jarayoni.
Rasshifrovkalash (decryption, deciphering) – shifrmatnni ochiq matnga o‘zgartiruvchi teskari jarayon.
Deshifrlash (breaking) – kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq matnni tiklash jarayoni.
Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik: agar rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. “Shifrlash” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi.
Kriptotizimlarni buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish predmeti hisoblanadi. Kriptografiya va kriptotahlil uzviy bog‘langanliklari sababli, ularni ko‘pincha birgalikda yagona fan – kriptologiya (cryptology) (kryptos - mahfiy, logos- ilm) sifatida qabul qilinadi.
Kriptotizim (cryptosystem) – ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi.
Kalit (key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) – o‘zgartirishlar oilasidan birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati.
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 3.1-rasmda keltirilgan.
Kalit Kalit



Ochiq matn


Shifrmatn
Ochiq matn




Download 175.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling