1§ Mavzu : Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
O‘rniga qo‘yish akslantirishiga misol
Download 175.72 Kb.
|
Mavzu 1 Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq matn chun tanlangan alfavit
O‘rniga qo‘yish akslantirishiga misol
O‘rin almashtirish akslantirishi. Ushbu akslantirishga ko‘ra, ochiq matn simvollarining o‘rni biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matnda ishtirok etgan simvollar shifrmatnda ham ishtirok etib, faqat ularning o‘rni almashgan bo‘ladi (3.3-rasm). Ochiq matn = “POSSIBLE” Shifr matn = “SIPLOSBE” 3.3-rasm. Sodda o‘rin almashtirish usuliga misol Bir martali bloknot. Bir martali bloknot (one time pad) yoki “Vernam shifri” nomi bilan tanilgan kriptotizim bardoshli shifrlash algoritmi hisoblanib, tarixda keng foydalanilgan bo‘lsada, ko‘p hollarda amalga oshirishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Uning bir martali deb atalishiga asosiy sabab, undagi kalitning (bloknotning) bir marta foydalanilishi bo‘lib, uni aksariyat hollarda amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ushbu shifrlash algoritmi 8 ta simvoldan iborat bo‘lgan alfavit bo‘lsin. Olingan alfavit simvollari va unga mos bo‘lgan binar qiymatlar 3.2 - jadvalda keltirilgan. Alfavit simvollari va ularga mos bit qiymatlari barcha uchun ochiq va sir saqlanmaydi. 3.2-jadval Ochiq matn chun tanlangan alfavit
Faraz qilaylik, biror qonuniy foydalanuvchi A bir martali bloknotdan foydalangan holda “POSSIBLE” matnini shifrlab, o‘z sherigi B tomonga jo‘natishi talab etilsin. Ushbu ochiq matnning binar qiymatdagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Bir martali bloknot usulida shifrlashda ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan tasodifiy tanlangan kalitdan foydalaniladi. Shifrmatn ochiq matn va kalitga XOR amalini qo‘llab hosil qilinadi (P – ochiq matn, K – kalit va C – shifrmatn): 𝐶 = 𝑃⨁𝐾. XOR amali (⨁) quyida keltirilgan:
Jadvaldan, 𝑥⨁𝑦⨁𝑦 = 𝑥 tenglik o‘rinligini ko‘rish mumkin. Bu esa bir martali parol bilan rasshifrovkalashda shifrmatnga kalitni XOR amalida bajarilishining o‘zi yetarligini ko‘rsatadi: 𝑃 = 𝐶⨁𝐾. Faraz qilaylik, A tomon 3.2-jadvaldagi ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan quyidagi kalitga ega bo‘lsin:
A tomon ushbu kalit asosida shifrmatnni quyidagicha hisoblaydi:
A tomonidan jo‘natilgan shifrmatn B tomonda bir xil kalitdan foydalanib osongina rasshifrovkalanadi:
Nazorat savollari Kriptografiyaning asosiy tushunchalarig. Rasshifrovkalashning deshifrlashdan farqi nimada? Axborotni simmetrik av ochiq kalitli shifrlash algoritmlari yordamida shifrlashdagi afzallik va kamchiliklari. Download 175.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling