1-Mavzu 1-Mavzu Reja: Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish


Yuqorida keltirilgan dastur ishlatiladigan sinflarda faqat bitta metodni o'z ichiga olishi kerak


Download 111.72 Kb.
bet3/96
Sana29.03.2023
Hajmi111.72 Kb.
#1307438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
1-Mavzu 1-Mavzu Reja Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish

Yuqorida keltirilgan dastur ishlatiladigan sinflarda faqat bitta metodni o'z ichiga olishi kerak: Main(). Lekin sinfning umumiy shaklida Main() metodi ko`rsatilmagan. Ushbu metod sinfda faqat dastur shu sinf bilan boshlangan taqdirda ko'rsatilishi kerak.
Sinf ta'rifi
Muayyan misollarda sinflarni tushunish uchun biz binolar, uylar, omborxonalar, muassasalar va boshqalar haqida asta-sekin sinfni ishlab chiqamiz. Bu sinfda (uni Building deb ataymiz) binolar haqidagi ma'lumotlarning uchta elementi saqlanadi: qavatlar soni, umumiy maydon va istiqomat qiluvchilar soni.
Quyida Building sinfining birinchi versiyasi mavjud. U uchta o'zgaruvchilar nusxasi aniqlanadi: FloorsArea va Occupants. Ko'rib turganingizdek, Building sinfida hech qanday metod yo'q. Bu shuni anglatadiki, bu sinf hozircha faqat ma'lumotlardan iborat. (Keyinchalik metodlar ham kiritiladi.)
class Building {
public int Floors; // qavatlar soni
public int Area; // binoning umumiy maydoni
public int Occupants; // istiqomat qiluvchilar soni
}
Building sinfida aniqlangan o'zgaruvchilar nusxasi o'zgaruvchilarini e'lon qilishning umumiy ko`rinishida berilgan. Quyidagi misolda o'zgaruvchilarini e'lon qilish uchun umumiy shakl mavjud:
ruxsat_turi tip o_zgaruvchi_nomi;
berilgan o`zgaruchini qayerda ruxsat_turi bo`lsa u ruxat turini, tip-bu o`zgaruvchining aniq tipi, o_zgaruvchi_nomi esa nomini bildiradi. Binobarin, ruxsat turidan tashqari, o'zgaruvchilar nusxasi bir xil tarzda e'lon qilinadi, lokal o'zgaruvchilar sifatida. Building sinfida e'lon qilingan barcha o'zgaruvchilarning oldingi ruxsat modifikatori public. Yuqorida aytib o'tilganidek, ular Building sinfidan tashqarida ham foydalansa bo`ladi.

Download 111.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling