1-mavzu: 1917 yil fevral inqilobi va oktyabr to‘ntarishi


Download 19.21 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1318653
Bog'liq
1-seminar


1-mavzu: 1917 yil fevral inqilobi va oktyabr to‘ntarishi
Reja:
1.1917 yil boshlarida Rossiyadagi siyosiy vaziyat.
2.Rossiyadagi fevral inqilobining Turkiston o‘lkasi aholisining siyosiy jihatdan faollashishiga ta’siri.
3.Sovetlarning tuzilishi, Turkiston komiteti va uning faoliyati. Toshkent soveti, Milliy demokratiya, jadidlar harakati, mahalliy jamoat tashkilotlarining tuzilishi va faollashuvi.
Adabiyotlar
1. Eshov B.J., Odilov A.A. O‘zbekiston tarixi. I – jild. – Toshkent: YAngi asr avlodi, 2014.
2. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.
3. O‘zbekistonning yangi tarixi. 1, 2, 3-kitoblar. T.: SHarq, 2000.
4. Sagdullaev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

1917 yil 28 fevralda Petropavlovsk qal’asi va Qishki saroyni bosib olish, Chor hukumati vazirlarini qamash bilan Petrograddagi inqilobiy voqealar nihoyasiga etdi. Ishchilarning ish tashlashi, umumshahar namoyishlari, politsiya bilan bo‘lgan qonli janglar, soldatlarning va qo‘zg‘olon kutargan xaloyiqning birodarlashuvi va siquvi ostida podsho mustabid hokimiyatining qo‘rg‘onlari taslim bo‘ldi. Rossiya imperiyasi poytaxtida demokratik inqilob g‘alaba qozondi, bu inqilobni butun mamlakat qo‘llab quvvatladi. 2 martda ishchi va soldat deputatlari Petrograd Sovetining burjua partiyalari va tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan «Progressivnыy blok» nomi bilan birlashgan Davlat dumasi Muvaqqat qo‘mitasi bilan kelishuv asosida Rossiyada Muvaqqat hukumat tuzildi. Rossiyada qo‘shhokimiyat – ikki diktatura: Muvaqqat hukumat siymosida proletariat va dehqonlarning inqilobiy-demokratik diktaturasining o‘ziga xos qo‘shiluvi yuzaga keldi.
Muvaqqat hukumat 3 martda e’lon qilgan Bayonnomasi va 6 martda e’lon qilgan Rossiya fuqarolariga Murojaatnomasida o‘z dasturini bayon qildi. Hukumat siyosiy erkinliklar – so‘z, matbuot, ittifoqlar tuzish, yig‘ilishlar va ish tashlashlar erkinligini joriy etganligini; barcha tabaqa, diniy va milliy cheklashlarning bekor qilinganini va hokazolarni e’lon qildi.
1917 yilning ko‘klami Turkiston o‘lkasining musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda avj olayotgan demokratik jarayonlarga boshchilik qilish muddaosi bilan yangi kuchlarning siyosiy maydonga chiqishdi burilish nuqtasi bo‘ldi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy-demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi, ular bu vazifani bajarishga o‘zlarining ilgarigi faoliyatlari davomida tayyorgarlik ko‘rgan edilar. Avj olib borayotgan demokratik jarayonlarda tub xalqlar siyosiy manfaatlarining ustivorligini himoya qilish fevral oyining dastlabki kunlaridanoq siyosiy maydonda ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu hol mahalliy hokimiyat tuzilmalarini shakllantirish chog‘ida ancha to‘liq namoyon bo‘ldi.
Toshkentda 3 martda ishchi deputatlarining Toshkent Soveti, 4 martda (1917) esa soldat deputatlari Soveti tashkil qilindi. 1917 yil martning oxiriga borib, o‘lka hududida ishchi va soldat deputatlarning 75 soveti bor edi. Sovetlarning saylangan deputatlari asosan evropalik millatlar vakillaridan iborat edi. Sovetlarni tuzish bilan bir vaqtda jamoat tashkilotlari ijroiya qo‘mitalarining va jamoat xavfsizligi qo‘mitalarining saylovlari boshlandi. Bu qo‘mitalar joylarda muvaqqat hukumat organlari roliga da’vo qilib, barcha demokratik tashkilotlarni birlashtiruvchilar sifatida ish ko‘rdilar.
Milliy demokratiya tuzilaetgan ijroiya qo‘mitalarda mahalliy aholi vakillarining bo‘lishini ta’minlash maqsadida fevraldan keyingi oylardayoq aholining ijtimoiy jihatdan har xil tabaqalarni birlashtirish, ularning ongida jipslashish ehtiyojini uyg‘otish, musulmon aholisining birligini mustahkamlash sohasida ko‘p kuch-g‘ayrat sarfladi. 6, 9, 13 mart kunlari Toshkentning eski shahar aholisi ko‘p ming kishi ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishlarda bu hol, ayniqsa, namoyon bo‘ldi. Bu yig‘ilishlar milliy demokratiya tashabbusi bilan chaqirilgan edi. Jadidlar yig‘ilishlarda qatnashib, inqilob munosabati bilan o‘lka xalqlari taqdirida ochilayotgan istiqbollar to‘g‘risida otashin nutqlar so‘zlab, yig‘ilish qatnashchilarida ishonch va birlik muhitini vujudga keltirdilar.
1917 yil 14 martda xalq vakillarining birinchi majlisi bo‘ldi. Unda aholining tatar va qozoq vakillari bilan to‘ldirilgan 61 kishidan iborat yangi tashkilotning tarkibi tasdiqlandi. Bu organ «Sho‘roi Islom» deb nom oldi. Majlis qatnashchilari o‘z tashkilotlarining nomini tanlab «Butun hokimiyat Sovetlarga» degan «jozibali» shiorga sodiq ekanliklarini, uni xalq hokimiyati va xohish irodasini ifodalovchi organ sifatida tushunayotganliklarini ifodaladilar, biroq shahardagi evropalik aholini birlashtirgan ishchi va soldat deputatlari Sovetlaridan farqli o‘laroq yangi tuzilgan milliy tashkilot islom diniga e’tiqod qiluvchi tub aholidan saylangan deputatlar Soveti deb tushunildi. «SHo‘roi Islom» nomi ham shundan kelib chiqdi. Jadidlar harakatining Ubaydulla Xo‘jaev, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy singari taniqli rahbarlari bu tashkilotning jonu dili va faol kuchi bo‘lishdi.
Boshqaruvning dastlabki majlislaridan birida qabul qilingan muvaqqat Nizomda «SHo‘roi Islom»ning asosiy maqsadi: Turkiston musulmonlari orasida zamonamizga hamohang bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy, milliy islohot g‘oyalarini tarqatishdan; Turkiston musulmonlarini g‘oya va maqsadlari birligi asosida jipslashtirishga oid ishlarni kuchaytirishdan; yangi hukumatning prinsiplari va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash borasida xalqqa da’vatdan; xorijiy mamlakatlarda davlat hokimiyatining shakllari to‘g‘risida aholini xabardor qilib turishdan va Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat deb ko‘rsatilgan. Nizomga muvofiq Turkistonning barcha shaharlari va qishloqlarida «SHo‘roi Islom» tashkilotini tuzish zarur deb hisoblandi. Toshkent «SHo‘roi Islom» tashkiloti markaz hisoblanib, uning qarori bo‘limlar uchun majburiy edi.
Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling