1-mavzu: Abdulla Qodiriyning


PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODI


Download 273.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana10.10.2023
Hajmi273.95 Kb.
#1696830
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Insholar-toplamiBaxtiyor.uz

PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODI
Pirimqul Qodirov o’zbek adaboyotiga XX asrning o’rtalarida kirib kelgan
yangi avlodning atoqli vakilidir. Bo’lajak adib 1928-yil 25-oktabrda tug’ilgan. 
Halol cho’ponlikdan suruv-suruv qo’ylar egasiga aylangan badavlat Qodir
aka oilasi sho’ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo’jabirday
farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko’ldan O’zbekistonning
Xovos tumanidagi Iskandar qishlog’iga badarg'a qilinadi. Bu adolatsizlik,
uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko’z, sinchkov nazar bilan
qarashga o’rgatdi.
Maktabda a’lo baholarga o’qidi. Toshkent Davlat universitetining
sharqshunoslik fakultetida tahsil oldi. Moskva aspiranturasini tugatib, Abdulla
Qahhor ijodi yuzasidan dissertatsiya yoqladi va fan nomzodi bo’ldi. 
Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va
ilmiy ijodni birga qo’shib olib bordi. O’zbek realistik prozasidagi badiiy til
jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar e’lon
qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va arbob sifatida Moskvadagi yozuvchilar
uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida va
mustaqillik davriga kelib, mamlakat Oliy Majlisida mas’ul lavozimlarda ishladi. 
Badiiy tarjima Pirimqul Qodirov mahorati shakllanishida muhim rol
o’ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K.Fedinning “Ilk sevinchlar”,
turkman yozuvchisi X.Deryayevning “Qismat” romanlarini o’zbek tiliga o’girdi.
Adabiyotimizni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq
yozuvchisi” yuksak unvoniga sazovor bo’ldi. 
P.Qodirov xassos, nozikta’b, o’ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi
yetakchi xususiyatlar so’zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg’unlik
va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash
madaniyatidagi jozibada ko’zga tashlanadi. 

Download 273.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling