55. Badiiy til boshqa tillardan tubdan farq qiladi. O'z nomidan kelib chiqqan holda ''badiiy'' inson hissiyotlariga bevosita ta'sir etuvchi xususiyatga ega bo'lgam til aynan badiiy til hisoblanadi


Download 8.77 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi8.77 Kb.
#1300782
Bog'liq
adabiyot


55.Badiiy til boshqa tillardan tubdan farq qiladi. O'z nomidan kelib chiqqan holda ''badiiy'' inson hissiyotlariga bevosita ta'sir etuvchi xususiyatga ega bo'lgam til aynan badiiy til hisoblanadi. Yozuvchi badiiy asarni badiiy til orqali yozadikim, o'quvchi asarni o'qimaydi balki, asarda yashaydi.
Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi
Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqda ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan. Adabiy til ning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas.
56Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari:Adabiyot nazariyasi – soz sanatining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi orni va rolini, oziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
Adabiyot tarixi – soz sanatining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq etadi. Kishilik jamiyat rivojida badiiy adabiyotining roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish koradi va, ayni chogda, uni yangi ilmiy xulosalar bilan boyitadi.

Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida oz vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va oz zamonasining ijtimoiy talabalari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi.


57.Epik asarlar ma'lum bir vaqtda ma'lum hodisaning ro'y berganligini o'quvchi yoki tinglovchiga badiiy usulda yetkazib beruvchi nasriy hamda she'riy asardir. Eposlar hajm jihatdan ahamiyatga ega emas. Eposlar ma'lum jihatdan xalq og'zaki ijodining katta dostanlarini hamda ma'lum yozuvchini kichi hikoya qissa ba'zida she'rlarini ham o'z ichiga oladi. Epik asarlarda voqea hodisalar bevosita yozuvchi tomonidan yoxud, ma'lum personaj tomonidan so'zlab beriladi. Kichik epik asarlarda esa rivoyatlar yetakchi o'rin tutadi.
58.Adabiy yo'nalishlar o'zaro asar yozuvchisi tomonidan voqelikni qay tarzda badiiylik darajasiga olib chiqish mahorati deb qaraladi. Har bir adabiy yo'nalishning ma'lum bir sohasida qalam tebratuvchilar o'zining uslubiga ega bo'ladi, ya'nikim, bir voqelikni har kim har xil talqin qilgani kabi, har bir yozuvchi badiiylik har xil bo'yoqlaridan foydalanadi. Bu uslub 30-40- yillarda adabiyotshunoslar orasida "metod" deb atala boshladi. Adabiyotshunoslikning bir xil yo'nalishida ijod qilayotgan yovuchilar har xil oqimga ega bo'lishi mumkin, zero adabiyotshunoslikning bir yo'nalishida ya'ni romantizm yo'nalishida ijod qilivchi Gyote va Bayron ijodidan bir xillikni izlash xato. Chunki har bir yozuvchi óz asaridagi personaj yoki syujetni o'z dunyoqarashidan kelib chiqqan holatda tasvirlaydi.Klassitsizm (lotincha: classicus — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qad. Yunon va Rim sanʼati merosida shakllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va sanʼatdagi uslub, yoʻnalish. Quroq tarafdorlari XVII—XIX-asrlarda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri anʼanalarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va eʼzozlash), oʻz zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali oʻz davrlarining etik — axloqiy va siyosiy muammolarini koʻtarishta harakat qildilar.
60Talmih (arab. — ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash) — mumtoz sheʼriyatda keng qoʻllangan badiiy sanʼatlardan biri. Bunda shoir mashhur bir qissa, voqea yoki asarga ishora qilish orqali oʻz fikrini muxtasar hikoya qiladi. Shunga koʻra, T. sheʼrda oz soʻz bilan koʻp maʼnoni ifodalash sanʼati deyiladi. Masalan, Atoiy Sen buti Chin ishqida holimni ayb etkan kishi"Mantiquttayr" ichra koʻrsun Shayx Sanʼon qissasin.baytida oʻzining bir goʻzal ishqida ne holga tushganini batafsil bayon qilib oʻtirmay, Farididdin Attorning "Mantiq uttayr" dostonidagi mashhur "Shayx Sanʼon qissasi"ga ishora qiladi: Shayx Sanʼon voqeasidan xabardor kishi mening holatimni sira ayb qilmaydi, deydi. Shu tariqa, butun bir kitobga jo boʻladigan fikr bir baytga singdiriladi.
Mukarrar san’ati takrir san’atiga yaqin turadi. Har ikkala atamaning o’zagi «marta» ma’nosini bildiruvchi «karra» so’zidir. Mukarrar san’ati deganda, misra yoki baytda takroriy so’zlarni qo’llash tushuniladi. Masalan: 1. Oshiq o’ldim, bilmadim, yor o’zgalarga yor emish, Olloh-olloh, ishq aro bundoq balolar bor emish. (Navoiy)
2. Suv oqar asta-asta, Sandig’im temir taxta. Va’dasida turmagan Qon yutsin laxta-laxta. («Tohir va Zuhra» dostonidan)
Download 8.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling