1. Mavzu: Adabiyot óqitish metodikasining umumnazariy masalalalari
Download 101.22 Kb.
|
Adabiyot metodika 1. Feruza Jumabayeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qachonki muammo oquvchi etiborini oziga jalb etsa, qiziqish uygota olsagina muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
Muammoli vaziyat subyektning psixologik holati boʻlib, muammo bilan duch kelganda aqliy qiyinchilikning paydo bo'lishi zudlik bilan hal qilishga imkon beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib, hosil bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.
Professor Q. Yoʻldoshevning fikricha, "Har bir asarda ko'tarilgan muammoni aniqlashda o'ta xolislik, muallifni qalam tutishga majbur qilgan asl sababni anglab yetishga intilish, uning qaysi muammo va masalalar yuzasidan o'qirmanlar bilan dardlashgisi kelganini ig'ab olishga urinish ustuvorlik qilishi kerak. Kitobxon ijodkor ko'targan muammoni to'g'ri tushunib, muallif nuqtayi nazarini to'la idrok etganiga ishongandagina u to'g'rida yozuvchi bilan muloqotga kirishishi, bahslashishi, uning yondashuviga faol munosabat bildirishi mumkin".
Ta’lim amaliyotida hamisha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan suhbat metodi o‘quvchi tafakkuri mustaqilligini ta’minlashda ham qo‘l keladigan metodlardandir. Metodika ilmida bu metodga bag‘ishlangan anchagina ishlar mavjud. Jumladan, A.Tojiyevning «Adabiyot darslarida suhbat» qo‘llanmasida adabiy ta’lim samaradorligini ta’minlashda suhbat metodining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Download 101.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling