1-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida nazariy
Download 83.5 Kb.
|
Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida tarixiy poetikaning o‘rni va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Nazariy poetika va poetikaga oid boshqa fanlar.
- Nazariy poetika” fanining ob’ekti va predmeti.
1-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid fanlar tizimida nazariy poetikaning o‘rni va mohiyati Reja: “Poetika” istilohi, mohiyati va adabiy jarayonda qo‘llanilish xususiyatlari. Nazariy poetika va poetikaga oid boshqa fanlar. “Nazariy poetika” fanining ob’ekti va predmeti; fanning maqsad va vazifalari, adabiy jarayondagi o‘rni. Tayanch tushunchalar: poetika, adabiy jarayon, nazariy poetika, tarixiy poetika, mumtoz poetika, dinamik poetika, ob’ekt, predmet, maqsad va vazifalar. “Poetika” istilohi, mohiyati va adabiy jarayonda qo‘llanilish xususiyatlari. Miloddan avvalgi 336 yilda bir ulug‘ donishmand o‘zining adabiyot ilmiga bag‘ishlangan asarining nomini “Poetika” deb qo‘ydi, o‘zi esa bu bilan nafaqat poetika ilmining, balki adabiyotshunoslik, axloq, ritorika kabi o‘nlab fanlarning asoschisi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Arastu hakim “Poetika” deya nomlashi juda ko‘p olimlarni o‘ziga ergashtirdi. XVII asr Evropa klasssistlaridan biri Skaliger ham o‘z asarini shunday nomladi va bu nom bir necha asarlar davomida asardan asarga ko‘chib yurib, nihoyat XIX asrning boshlaridan turli sohalarga taqsimlangan holda o‘z ilmiy hayotini davom ettirdi. Ulug‘ rus olimi A.N.Veselovskiy o‘zining badiiy tahlil tamoyillariga, ayniqsa, folklor asarlari va ularga mutanosib bo‘lgan ilk yozma manbalarga munosabatda tarixiy poetika ilmini anglatdi. Oradan ko‘p o‘tmay rus aristokratlari poytaxtda unchalik sig‘ishtirmagani uchun umrini Xarkovda davom ettirishga majbur bo‘lgan bir olim A.A.Potebnya o‘z tadqiqotlarini “Til va tafakkur” atrofida birlashtirdi. Biroq bunday nom bilan kitob chiqarish unga nasib bo‘lmagani uchun ham uning o‘limidan so‘ng olimning bevasi uning asarlarini xuddi shu nomda nashr qildirdi. Biroq ilmiy jamiyat bu umumiy nomdan ko‘ra ukrain olimi kashfiyotini nazariy poetika atamasi bilan birlashtirdi va bu sohaning yaratuvchisiga aylandi. XX asr boshlarida opoyazchilar yangi tahlil usullari ustida bosh qotirdilar va bu sari ilk qadam sifatida “Poetika” (1916) nomli to‘plam yaratdilar. Biroq ularning nomi adabiyotshunoslik tarixiga XX asr poetikachilari sifatida emas, balki formalizm nomi bilan o‘rinlashtirdilar. Ularning umidlarini yangilik atrofiga jamlagan poetika nomi ayrim o‘rinlardagina ularga nisbatan qo‘llanildi, qo‘llanilganda ham bu olimlar sha’niga tavqi la’natday yopishtirilgan formal so‘zi bilan yonma yon qo‘yilib, ularning kashfiyotlarini N.D.Tamarchenko tahriri ostida chop etilgan “Teoriya literaturы” (M.: Academia, 2004) sifatida qabul qilindi. Oradan yarim asrcha vaqt o‘tmay bunday shakkok olimlar ustidan yurgizilgan sho‘rolarning tegirmon toshi ottepel – yumshalish davriga kelib, rasman ularning dunyoqarashini to‘la oqlamagan holda ularning tajribalarini davom ettirish natijasida yangi tahlil yo‘siniga erishildi. Fransuz Rolan Bart va uning izdoshlari boshlab bergan bu yo‘l eston olimi M.YU.Lotman tomonidan yaratilgan struktural poetika darajasida ancha qolib ketdik. Ikki orada mafkuraviy tazyiq yo‘qola boshlashi bilan yangi asr klassitsizmi nomini olgan sotsrealizm ham o‘zining temir qonunlarini birmuncha bo‘shashtirganday bo‘ldi. Ilgari hayotni o‘z shaklida aks ettirishni sho‘ro yozuvchilarining bo‘yniga ilgan bu quyushqon endi hayot mohiyatini aks ettirishda uning bag‘ri xilma xil shakl va uslublarga ochiq ekanini namoyishkorona anglatdi. Azaliy adabiyot ilmi ham bu davrga mos ravishda dinamik poetika deb atala boshlandi. Struktural poetikadan boshlangan o‘zgarishlarni hali hazm qilib ulgurmasimizdan rossiyada tadqiqot olib borayotgan bir koreys tadqiqotchisi o‘zining Osip Mandelshtam ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini organik poetika deb atadi. Nazariy poetika va poetikaga oid boshqa fanlar. Jahon adabiyotshunosligida poetikaning vujudga kelishida Arastu hakimning benazir xizmatlarini unutmagan holda XX asr adabiyotshunosligida poetika qonuniyatlarining ustivor bo‘lishida V.M.Jirmunskiyning xizmatlari ham sezilarlidir. CHunki yangi yo‘nalishdagi adabiyot nazariyasi shakllantirilish arafasida uning asosiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nazariy konsepsiyalarga ehtiyoj tug‘ildi. Bir tomondan, Friche, Plexanov nomi bilan bog‘liq holda badiiy asar zamiriga ijtimoiy mazmunni yuklagan sotsial tanqid, ikkinchi tomondan, san’atga badiiy usullar yig‘indisi sifatida qarashni asoslayotgan formal maktab vakillarining ishlari. Sir emaski, XX asrning boshlarida Rossiyada sotsial tanqidning sotsrealizm asosiga qo‘yishi munosabati bilan 20-yillarning o‘zidayoq formal maktab vakillarining qarashlari keskin tanqidga uchradi. Bir paytlar bu qarashlarga yaqinlashgan V.M.Jirmunskiy ham formal maktabning asosiga qo‘yilgan “san’at badiiy usul sifatida” ekanini “ichdan tanqid etib”, uning asosiga poetika va uslub masalasini qo‘ydi. Bu bilan formal maktab vakillari qarashlaridan keskin uzoqlashib ketmagan bo‘lsa-da, “formalizm”ni ilmiy tizim sifatida qabul qila olmadi. San’atning mohiyatini aniqlashda “usul” (“priem”) istilohi V.Jirmunskiy nazarida aniq va to‘liq emas, shuning uchun ham o‘z qarashlari asosiga “usullar majmui” sifatida ijodkor yoki badiiy matn uslubini qo‘ydiki, tadqiqotchi fikricha, ayni uslub turli xil usullarni bir qonuniyat asosida birlashtiradi va kitobxon ko‘z o‘ngida badiiy asarning yaxlitligini ta’minlaydi. Uslub, V.Jirmunskiyning belgilashicha, muallifning dunyoqarashi va borliqni idrok etish xususiyatlarini badiiy asarga ko‘chiradi. Badiiy asar esa ijtimoiy talablar asosida emas, balki estetik qonuniyatlar nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Demak, tadqiqotchining asosiy vazifasi badiiy matnning poetik jihatlarini o‘rganishdan iborat. SHunday ekan, matnning badiiy jihatlari esa poetika ilmida tahlilga tortiladi. Shu jihatdan “Poetika nima”, “u ilmmi yoki san’at”, “agar ilm bo‘lsa, qaysi tamoyillar asosida ish ko‘radi degan savollarga javob izlaymiz. “Poetika” istilohi Arastu hakim davrida ilmiy muomalada bo‘lib, quyidagi ma’nolarda qo‘llanilgan: badiiy borliq hosil qiluvchi, badiiy makon va zamonda mavjud bo‘lib, dunyo va shaxs haqidagi muayyae konsepsiyalar tashuvchi vositalar yig‘indisidir (1); adabiyotshunoslik va ritorikaga yaqin bo‘lgan, badiiy borliqni hosil qiluvchi vositalar va uning strukturasini o‘rganuvchi ilmiy predmet (2)1. Qadimgi sanskrit poetikasi sifatida visheshana (badiiy so‘zning alohida xusuiyatlarini qayd qiluvchi, uni og‘zaki va yozma odatiy ifodadan farqlovchi), alankara-shastra – bezak nazariyasi; arab-fors-turk poetikasida balog‘at ilmi (hozirgi istilohda – badiiy san’atlar) istilohlari qo‘llanilgan. Shuningdek, poetikaga “badiiy asar qurilishi va va unda qo‘llanilgan estetik vositalarining tizimi haqidagi fandir” (KLE) degan ta’rif bilan tavsifiy (opisatelnaya) va tarixiy poetika navlari tavsiya etiladi. Ingliz olimi S.Baldik (C.Baldick) yuqoridagi xususiyatlar qatoriga “poeziyaning til, shakl, janr, kompozitsiya vositalari kabi aspektlari bilan aloqadorlikda” tushunadi. Boshqa bir xorijiy olim H.SHav [H. Shaw] Arastu “Poetika”si XX asrdan beri munaqqid va adiblarning “Bibliya”si bo‘lganini ta’kidlaydi. R.YAkobson poetikaning vazifadorligiga ko‘ra “u (poetika – H.B.) tufayli nutqiy ma’lumot san’at asariga aylanadi... Xabar berishning so‘z strukturasi, birinchi navbatda, ustuvor vazifa sanaladi. Diqqat-e’tiborni bunday xabarga yo‘naltirish – bu tilning poetik vazifasidir” deb yozgan. B.V. Tomashevskiy: “poetika o‘z vazifasini adabiy asarning qurilish xususiyatlarini o‘rganishda ko‘radi. Poetikaning o‘rganilish ob’ekti – badiiy adabiyot. O‘rganish usuli esa – hodisa va talqinlarni tasniflash va tavsiflashdan iborat” deb yozadi. Poetika V.Jirmunskiy so‘zlari bilan aytganda, uslubni yaratish vositasi va badiiy dunyonining qurilmasini o‘rganishni o‘z zimmasiga oladi. SHunday ekan, poetika adabiyotni san’at sifatida o‘rganuvchi fan, poeziya haqidagi ilmdir” deb xulosalaydi. Ayrim ulug‘ ijodkorlarga nisbatan: Navoiy poetikasi (YO.Ishoqov), Pushkin poetikasi (S.G.Bocharov), Dostoevskiy poetikasi (M.Baxtin) singari ham qo‘llaniladi. Poetika turlari: tarixiy poetika (A.N.Veselovskiy), nazariy poetika (A.A.Potebnya), antik poetika (S.S.Averinsev), dinamik poetika (Z.S.Papernыy), struktural poetika (R.Bart, YU.Lotman) kabi. Bundan tashqari ayrim badiiy komponentlarga nisbatan: syujet poetikasi (A.N.Veselovskiy), mif poetikasi (E.M.Meletinskiy), bayon (povestvovanie) poetikasi (N.K.Gey), kompozitsiya poetikasi (B.A.Uspenskiy) kabi. O‘zbek olimlari bunday atamalararo sarson kezinishda davom etishi bilan birga o‘tgan asrning 90-yillarida yaratgan bir necha tadqiqotlarini birvarakayiga “poetika” smfatlashi bilan qo‘shib ilmiy muomalaga kiritdi: Fitrat dramalari poetikasi, CHo‘lpon nasri poetikasi, Jadid she’riyati poetikasi kabi. Poetika so‘zi tez orada adabiy turlardan janrlarga qarab o‘z sayohatini davom ettirdi: Romanlar poetikasi, qissalar, hikoyalar poetikasi hatto mumtoz she’riyatda bir vaqtlar qo‘llanilgan va sho‘ro tizimida og‘zi yopib qo‘yilgan munojotlarga nisbatan ham (Navoiy munojotlari poetikasi) dadil qo‘llanildi. Nihoyat biz kecha modernizm deb atagan hodisani bugun postmodernizm deb atash urf bo‘ldi, kecha chala eshitganimiz va hali qabul qilib ulgurmaganimiz struktural poetikadan tezlikda poststrukturalizmga qarab jadalladik. Biz jadallik bilan biridan ikkinchisiga sakrab ketayotganimiz “...izm”lar badiiy adabiyotga nima berdi, biz yangi tahlil tamoyillari deb urf qilishga uringanimiz adabiy qarashlar milliy adabiyotimizga bag‘riga kira oldimi, kirganda ham uning eng go‘zal, nozik va nafis namunalarini hech bo‘lmasa shu millat vakillariga ko‘z ko‘z qila oladigan darajada g‘avvoslik vazifasini o‘tadimi kabi savollar barobarida milliy adabiyotshunoslikdagi nazariy tamoyillarni ham bir tahlildan o‘tkazish vaqti kelmadimi degan andishaga duch kelamiz. “Nazariy poetika” fanining ob’ekti va predmeti. “Nazariy poetika” fan sifatida “Tarixiy poetika”dan o‘z ob’ekti va predmetiga munosabat jihatidan avval kelishi N.D.Tamarchenko tomonidan asoslangan. CHunki dastlab estetik talablar asosida san’atning umumiy mohiyati tizimli suratda anglatilishi, semiotika va kulturologiya va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan “Badiiy diskurs nazariyasi” deb nomlanishi mumkin2. V.E.Xalizev yozganidek, “adabiyot nazariyasi turli aspekt va bo‘limlardan iborat. Uning asosiy a’zosi – umumiy poetika, shuningdek, u nazariy poetika deb ham qo‘llaniladi. Bu badiiy asar, uning tarkibi, struktura va funksiyasi, shuningdek, adabiy tur va janrlar haqidagi ta’limotdir. Nazariy adabiyotshunoslik umumiy poetika bilan birga o‘z tarkibiga adabiyotning so‘z san’ati sifatidagi mohiyati, shu bilan birga, uning tarixdagi mavjudligi va harakati qonuniyatlari (adabiy jarayon qonsniyatlari) haqidadir”3. Ko‘rinadiki, yuqorida umumiy poetika masalalari nazariy poetika kabi sharhlanganidek, uning tarkibiga V.E.Xalizev tarixiy poetikani emas, “adabiy jarayon nazariyasi”ni qo‘shmoqda. Ayrim manbalarda “She’r tuzilishi asoslari” ham nazariy poetika ob’ekti sifatida ko‘rsatiladi. Biroq biz adabiyotshunoslikning bu bo‘limini “Adabiyotshunoslik nazariyasi”: “Adabiyotshunoslikka kirish” fanida, uning mumtoz she’r tuzilishiga tegishli qismlarini “Mumtoz poetikaga kirish” doriasida o‘rganganimiz uchun magistratura bosqichida bevosita “Nazariy poetika”ning asosiy ob’ektlari va predmetlarini tadqiq qilishga kirishamiz. Demak, “Nazariy poetika” fanining ob’ekti sifatida adabiyotga ijodiy faoliyat turi sifatida qarash bilan, dastlab uning badiiy diskurs nazariyasini aniqlaymiz. Bu jihatdan adabiyotning semiotik, estetik va kommunikativ tabiati hamda badiiy matn strukturasi uning predmeti sifatida yuzaga chiqadi. So‘ngra nazariy poetikaning mohiyatini tashkil qiladigan “aadbiyotga badiiy faoliyat mahsuli” sifatida qaraymiz. Shundan kelib chiqib, badiiy adabiyotga so‘z san’ati sifatidagi yondashuv, badiiy asar tarkibi, adabiy asar turlari (N.Tamarchenkoga ko‘ra “tiplari”), adabiy janrlar, uslub masalalari kabi masalalarni o‘rganish mazkur fanning maqsadini tashkil qiladi. Ushbu muumnazariy maqsaddan kelib chiqqan holdi, quyidagi vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yamiz: san’atning estetik, semiotik va kommunikativ tabiati; badiiy adabiyot san’atning turi sifatida so‘z (nutq) uning materiali va ifoda quroli ekani; badiiy asar strukturasi; shakl va mazmun, vaqt va makon kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi; badiiy matn tarkibida qahramon-muallif-kitobxon munosabati; “bayon hodisasi” (ifoda tarzi) va roviylik masalalari; badiiy olam chegaralari; adabiy tur va janrlar nazariyasiga munosabat; uslub nazariy poetika ob’ekti sifatida. Ushbu masalalarning o‘zaro ichki aloqadorlikda o‘rganilishi natijasida adabiy jarayon masalalariga faqat yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib chiqibgina emas, balki muallif – matn – adresat ijodiy mehatining natijasi sifatida qarash shakllanishi mumkin. Адабиётлар Античная поэтика. Риторическая теория и литературная практика. М., 1991; Бройтман С.Н. Историческая поэтика // Тамарченко Н.Д. Теория литературы: В 2 тт. – Т.2. – М.: ACADEMA. 2004. Тамарченко Н.Д. Теоретическая поэтика / Теория литературы. В двух томах. Т.1. Теория художественного дискурса. М.: Academia, 2004. Хализев В.Е. Теория литературы. М., 2002. С. 8. 1 Борев Ю.Б. Энциклопедический словарь эстетики и теории литературы. Москва, 2008. Эл. версия - П. С. 90-92. 2 Теория литературы. В двух томах. Т.1. Теория художественного дискурса. Теоретическая поэтика. М.: Academia, 2004. C.11. 3 Хализев В.Е. Теория литературы. М., 2002. С. 8. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling