1-mavzu. Amaliyot o‘tiladigan ob’ektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish


Download 353.42 Kb.
bet1/4
Sana20.09.2023
Hajmi353.42 Kb.
#1682035
  1   2   3   4
Bog'liq
sunnat.singh


1-mavzu. Amaliyot o‘tiladigan ob’ektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish

Men malakaviy amaliyot bo’yicha “Sanoat Qurilish ATB ” Qashqadaryo mintaqaviy filiali “Chakana hizmatlar” bo’limida amaliyot o’tadim. Amaliyotning ilk kunida bo’limning nizomlari, funksiya va vazifalari bilan tanishib chiqdim. Bo’limda tayinlangan amaliyot rahbarim bo’limning ichki tuzilishini tushuntirib o’tdi. Bank balansi hamda bank faoliyating moliyaviy hisobotlari bilan ham tanishib chiqdim.


SQB ATB mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘ringa ega bo‘lib, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jihatdan ko‘mak berib kelmoqda. Shu jumladan, bank tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, chorvachilikni moliyalashtirish hamda ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish kabi vazifalar bajarib kelinmoqda. Hisobot yilida bank faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida bankning tashkiliy tuzilmasi, korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirildi.
Xususan, Kuzatuv kengashi qoshida 4 ta qo‘mita faoliyati yo‘lga qo‘yildi va tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari tasdiqlandi. Bankning kapitallashuv darajasini oshirish, bankning umumiy kapitalini o‘sib borishini ta’minlash, uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida chet el moliyaviy institutlari oldidagi majburiyatlar o‘z muddatida bajarilishi ta’minlandi.
Hukumat tomonidan bankni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi hisobiga bank ustav kapitali 3,2 trln so‘mga oshib, 7,4 trln so‘mga yetdi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida kredit ajratish jarayonida qaror qabul qilishning “skoring” tizimi, “kredit konveyeri” dasturi va “anderrayterlar” faoliyati yanada takomillashtirildi. Bundan tashqari, aholi va mijozlarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish maqsadida pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi. Kelgusida xalqaro ekspertlar guruhi bilan hamkorlik qilish orqali bankning mijozlari segmenti va o‘ziga xosligidan kelib chiqib, bankni rivojlantirish Strategiyasi va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, biznes jarayonlarni maqbullashtirish, aktivlar, depozitlar, kapital va daromad bazasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror oshishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Ishonchimiz komilki, rivojlanish Strategiyasida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish natijasida SQB ATB faoliyatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish va mamlakatning moliya bozorida yuqori o‘rinlarni egallashi ta’minlanadi.
Mazkur imkoniyatdan foydalanib, bankning barcha xodimlariga mehnatsevarligi va strategik maqsadlarimizga erishish uchun qat’iyat bilan fidokorona mehnat qilganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.
Bugungi kunda SQB ATB O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
SQB ATB bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. SQB ATB yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
SQB ATB jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
SQB ATB 2011-yilda ro‘yxatdan o‘tgan “Xalq sug‘urta” aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining yagona aksiyadori hisoblanadi. Jamiyatni avtonom boshqarish modeli, uning likvidligi va kapitali Bank guruhiga kiruvchi kompaniyalar o‘rtasida ta’sir o‘tkazish imkoniyatini cheklaydi va tizimli riskni kamaytiradi.
Guruhni boshqarish modeli nazorat va nazoratni kuchaytiradi:
- sug‘urta kompaniyasining Kuzatuv kengashida SQB ATB vakillarining ishtirok etishi;
- sug‘urta kompaniyasi Bosh direktorining SQB ATB Boshqaruvi raisi oldidagi javobgarligi;
- bank guruhiga kiruvchi kompaniyalari o‘rtasidagi nazorat, boshqaruv va biznes funksiyalari darajasidagi o‘zaro munosabatlar.

Download 353.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling