1-mavzu. Amaliyot o‘tiladigan ob’ektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish
-mavzu. Kompaniyaning (AJ, MChJ) joriy emitentlik faoliyati tahlili va imkoniyatlarini o‘rganish
Download 353.42 Kb.
|
sunnat.singh
2-mavzu. Kompaniyaning (AJ, MChJ) joriy emitentlik faoliyati tahlili va imkoniyatlarini o‘rganish
Emitent – bu bank kartalarining emissiyasini amalga oshiruvchi, bank kartalarini emissiya etishda mulk xuquqiga egalik qiluvchi hamda bank kartalaridan foydalanishni inobatga olib, karta egalari xuquqlarini amalga oshirish bo'yicha o'z nomidan bank kartalari egasi va ekvayerlar oldida majburiyatlarga ega bo'lgan bank xisoblanadi. Bank kartasi emitenti faqat bank bo'lishi mumkin. Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli korxonalar va tashkilotlar o‘rin olgan: • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 71,74% • "O‘zbektelekom" AK – 9,48% • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi – 7,32% • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi – 5,02%. • "Elektromagnit moslashuv markazi" DUK – 2,44% « SQB ATB » tuzilganidan paytdan boshlab emission, investitsion, dilerlik va brokerlik faoliyati bankning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Hozirgi kunda « SQB ATB » qimmatla qog‘ozlar bozorining yirik va yetakchi investori hamda professional qatnashchisi bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarga keng ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda. « SQB ATB » fond birjasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagi turli xizmatlarni taklif qilmoqda: Yuridik va jismoniy shaxslarning moliya bozoridagi (fond bozorida brokerlik xizmati) bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish; Yuridik shaxslar uchun korporativ obligatsiyalar, yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlar kabi bankning qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotish; Emitentlar fond bozorida o‘z qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirishlari bo‘yicha anderrayter va to‘lov agenti funktsiyasini bajarish; Fond bozorida emitentlar qimmatli qog‘ozlarining ikkiyoqlama kotirovkasini qo‘llab turish bo‘yicha market-meyker funktsiyasini bajarish; Fond birjasida REPO operatsiyalarini amalga oshirish; Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha kafolat berish; Emitentlarga qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar yig‘majildini tayyorlash; Mijozlarning investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarish bo‘yicha konsalting xizmatlari. Download 353.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling