Analitik kimyo fani, uning xalq xo`jaligi uchun ahamiyati. - Analitik kimyo moddalar (yoki ularning aralashmalari)ning sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir.
- Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqarish, ularni amalda qo`llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o`rganishdan iborat. Yangidan-yangi analiz metodlarini izlash hamda xozirgi zamon fani va texnika yutuqlarini analitik maqsadlar uchun qo`llash analitik kimyoning muhim vazifasidir.
- Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Deyarli barcha qonunlar analitik kimyo metodlari yordamida topilgan. Turli moddalar, ma`danlar, minerallar, oy tuprog`i, uzoq sayyora va boshqa osmon jismlarining tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlanadi.
- Analitik kimyo geologiya, geokimyo, qishloq xo`jaligi, farmosevtika, lak-bo`yoqchilik, neft-kimyo sanoati va xalq xo`jaligining boshqa ko`pgina sohalarda ham muhim ahamiyatga ega.
- zamonaviy analitik kimyoning tuzilishi
- Analitik kimyo –
- moddalarning kimoviy tarkibi va tuzilishini aniqlash uchun qo’llaniladigan analiz usul-lari va vositalari haqidagi fandir
- Sifat analizi
- analiz qilinadigan ob’yekt qan-day tarkibiy qismlardan iborat-ligi, tuzilishi, uning tarkibida qan-day funksional guruhlar borligi kabi masalalarni yechadi
- Miqdoriy analiz
- analiz qilinadigan ob’yekt tarki-biga kirgan barcha yoki ayrim komponentlarning miqdori to’g’-risidagi masalalarni yechadi
- Analiz turlari
- 1. Element analiz – namunaning element tarkibini aniqlash
- 2. Moddiy analiz – analiz qilinadigan komponentning bor yoki yo’qligini aniqlash
- 3. Funksional analiz – funksional guruhlarni aniqlash
- 4. Molekulyar analiz – kimyoviy birikmalarni aniqlash (masalan gazlar aralashmasining analizi)
- 5. Fazali analiz – bir jinslli bo’lmagan ob’yektdagi (masalan minerallarda) qo’shimchalar analizi
- 6. Izotop analizi – sun’iy elementlar tarkibidagi izotoplarni aniqlash
- Analitik kimyo metodlarining klassifikatsiyasi:
- Kimyoviy
- Fizikaviy
- Fizik-kimyoviy
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |