1-mavzu. Andijon viloyati Shahrixon tumani moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish
-mavzu. Shahrixon tumani moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish
Download 34.16 Kb.
|
bahodir 8888888
2-mavzu. Shahrixon tumani moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish
Men Shahrixon tumani moliya bo’limida bir qancha tarkibiy bo’linmalari bilan tanishib chiqdim.Bular:Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi Shahrixon tuman moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlarao munosabatlar bo‘limi Shahrixon tuman moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi sho‘basi Shahrixon tuman moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basi Shahrixon tuman moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basi Shahrixon tuman moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basi. Shahrixon tumani moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksiya va vazifalari. Mahalliy budjetlar daromadlar qismini shakllantirish masalalari bo‘yicha Shahrixon tuman moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari har oyda ishlab chiqarish dinamikasi va tendensiyalariga, hajmlarining o‘zgarishiga, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ochilishiga va soliq to‘lovchilarning sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va majburiy ajratmalar tushumlari prognozining hisob-kitobini amalga oshiradi. Mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda Shahrixon tuman moliya bo‘limlari aniqlangan qo‘shimcha tushumlar manbaini, shu jumladan aniqlangan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotlar bazasida hisobga olinmagan soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi. Shahrixon tuman moliya bo‘limi rahbari har chorakda oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet parametrlari prognozini tasdiqlatish uchun tumanlar hokimlariga kiritadi, keyinchalik tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga ijro etish uchun yetkazadi. Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, mas’ul xodimlar va oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet daromadlari parametrlarining prognozi ilova qilingan o‘zaro hamkorlik natijalari bo‘yicha tayyorlanadigan hujjatlar shakllari belgilangan tuman (shahar) moliya bo‘lim va davlat soliq inspeksiyasining qo‘shma buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi: jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilarni va tushumlarni to‘liq qamrab olishni; bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq tushumlarini to‘liq qamrab olishni; investitsiya loyihalarini, Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobidan tushumlarni oshirishni; faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hamda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashni; debitorlik va kreditorlik qarzlarning o‘sishini qisqartirishni va mahalliy budjetlarga tushumlarni oshirishni ta’minlash ishlarini olib borish doirasida amalga oshiriladi. Download 34.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling