1-Mavzu Armatura tayyorlash


Download 0.67 Mb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1393428
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Armatura 1

Adabiyotlar ro`yxati



  1. Ishchenko I.I. G’isht tosh va montaj ishlari texnologiyasi. Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti, 2009g.

  2. Timomova N. Interer+Dizayn.-M.: Rossiya, 2011-232 b.

  3. SHaxodatov M. Xaykaltaroshlik va plastik anatomiya. t2017


4-ilova
Mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlar


ARMATURALI PO’LAT
Texnik shartlar:
– GOST 34028 – Temir-beton konstruktsiyalar uchun armaturali prokat;
– GOST 10884 – Temir-beton konstruktsiyalar uchun termomexanik qotirilgan armaturali po’lat;
– GOST 5781 – Temir-beton konstruktsiyalarni mustahkamlash uchun issiq prokatlangan po’lat.
– O’zDSt 3025-2015 – Davriy Profil uchun mustahkamlovchi prokat
Mutaxassislar ko’pincha armaturali po’latni yanada qisqaroq va sodda qilib Armatura deb atashadi. Biroq, to’g’ri nomlanish yuqorida ko’rsatilgan GOST larga mos kelishi kerak.

QO'LLANISH SOHASI


Armaturali po’latni asosiy qo’llanish sohasi – qurilishdir.
Ko’pincha u quyidagi shaklida qo’llaniladi:
– bo’ylama va ko’ndalang yarim oysimon qovurg’ali ham silliq (yumaloq), ham davriy profilli chiviqli armaturali prokatdan yasalgan sterjenlar;
– kesishish nuqtalarida bir-biriga payvandlangan sterjenlar yordamida hosil qilingan kataklar shaklida tayyorlangan to’rlar;
– nomidan ma`lum bo’lgan yukni taqsimlash uchun ishlatiladigan taqsimlovchi armatura bilan bog’langan bo’ylama armaturali karkaslar. U ishchi sterjenlar holatini saqlab turish va yuklamani aniq taqsimlash imkonini yaratadi. Bunday karkaslar ustunlar va balkalrni armaturalash uchun ishlatiladi. Karkaslarni ishlab chiqarish uchun davriy profilli armaturali po’latidan foydalaniladi;
– Yig’ish jarayonida armaturali karkas bilan bog’liq montaj-mahkamlash tugunlari shaklida ishlab chiqarilgan va keyinchalik karkaslarni tashish va o’rnatish uchun ishlatiladigan montaj armaturalari. Bunday ishlar uchun armaturaning silliq turi qo’llaniladi;
– armaturali po’lat va listlangan prokatdan tayyorlangan o’rnatuvchi qismlar. Temir-beton konstruksiyalarni o’rnatish paytida o’rnatuvchi qismlar ko’pincha payvandlanganligi sababli, ular ishlab chiqarilgan armaturali po’lat yaxshi payvand qilinishi kerak;
– Beton poydevorning o’rnatuvchi elementlari hisoblangan mahkamlash shipilkalarini fiksatsiya qilish uchun mo’ljallangan ankerli armaturalari.
Monolitik qurilishda armaturadan foydalanish shart.
Armaturalashning vazifasi – ekspluatatsiya jarayonida paydo bo’ladigan kuchlanish va yuklamani tiklash. Mustahkam beton cho’zilganda osonlik bilan buziladi. Po’lat armaturani beton konstruktsiyalarga kiritilishi kuchlanish va egilish yuklariga nisbatan barqarorlikni ta`minlaydi.
Deyarli barcha beton konstruktsiyalar armatura bilan mustahkamlanadi. Demak, temir-beton buyumlar va konstruktsiyalarsiz ish bitmaydigan barcha joyda armaturali po’lat kerak bo’ladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling