1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
So‘nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
So‘nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi. Ilmiy adabiyotlarda yuqori paleolit so‘nggi paleolit tuchunchasi bilan xam ishlatiladi. U 100-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi paleolit davrida ajdodlarimiz hayotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Asosiysi ajdodlarimiz hayotida urug‘chilik tuzumi boshlandi. Endilikda to‘da-to‘da bo‘lib yashamasdan urug‘, qarindoshlik aloqalari ularni birlashtira boshladi. Urug‘da hukmronlik ayollar qo‘lida bo‘lgan, chunki erkaklar doimo ovda bo‘lganlar, ayollar esa doimo uy yumushi bilan band bo‘lganlar. Bunday davr tarixda matriarxat, ya’ni onalar hukmronligi deb ataladi. Ijtimoiy hayotdagi bu o‘zgarish asosan insonning jismoniy va aqliy o‘zgarishi sababli ham sodir bo‘lgan. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon odami qiyofasi o‘xshash-kromanon odami yashagan. Kromanon odami suyak qoldiqlari dastlab Fransiyaning Kromanon makonidan topilgani uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar.
Yuqori paleolit davri yodgorliklari O‘zbekiston hududida o‘rta paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, ajdodlarimiz turmush tarzida yuz bergan o‘zgarishlardir. Shuningdek, ajdodlarimiz tabiiy sharoitga moslashib, ijtimoiy hayotda bir qator yutuqlarni qo‘lga kirganlar. Havo yumshab, muzliklar erigach, ular g‘orlardan chiqib, vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, erto‘la va yarim erto‘la qurib yashay boshlaganlar. Yashash joylarining yon tomonlari va ustiga hayvon suyaklarini tergach, hayvon terisi yoki qamish bilan yopganlar. Mazkur chayla va yarim erto‘lalar vaqt o‘tishi bilan shamol va yomg‘ir ta’sirida yoki keyingi davrlarda insonlar tomonidan u erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q qilingan. Erto‘lalar esa er ostida bo‘lganligi sababli topish qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri joy makonlarning ko‘pchiligi tasodifiy ravishda kashf qilingan. Yuqori paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, kulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o‘simliklarni ham terib terib ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan. Bu davrda ov va mehnat qurollarining turi ko‘paygan. Tosh qurollari ishlash uslubi o‘zgargan. Bunga esa tosh qurollarini yasash texnikasidagi yangilik sabab bo‘lgan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli formaga keltirish tuchuniladi. Bu usul juda murakkab bo‘lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich bo‘lgan. Tosh kesgich qattiq materiallarni ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg‘ich uzunchoq parrakcha bo‘lib, bir uchi yoysimon tig‘ bo‘lgan, muste davridagi qirg‘ichdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallarni ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoqtoshdan yasalgan nayza bo‘lgan. Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyakdanlaridan ham ko‘plab qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, shuningdek terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. Suyakdan qurollar yasash, ayniqsa yuqori paleolit davrining so‘ngi bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen bosqichi deb, (20 ming-13 ming yil oldin) ajratiladi. Madlen bosqichida muzlik hududi kengayib, sovuq eng yuqori darajaga etgan. Mamontlar kamayib ketgan, shimol bug‘usi va hozirgi tundra hayvonlari ko‘pchilikni tashkil etgan. Bug‘u ko‘chmanchi hayvon bo‘lganligi sababli odamlar ularning ketidan ko‘chib yurganlar. Ovchilar yana ko‘chmanchi hayotga o‘tganlar. Yuqori paleolit davri odamlarining xo‘jaligi o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bo‘lib, uning asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, qulon, tuya kabi yirik hayonlar ovlangan. Daraxt mevalarini, don va ildizmevali o‘simliklarni terib, ovqat sifatida ishlatish ham keng tarqalgan. Shuningdek, baliqchilikning dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan. Arxeologlar yuqori paleolit davri makonlarini tadqiq qilib, ularda urug‘chilik tuzumi mavjud bo‘lganligini asoslovchi dalillar topishgan. Birinchidan, chayla va manzilgohlarni qurilishi kishilarning urug‘ bo‘lib yashaganligini ko‘rsatadi. Bunday urug‘lar birlashib, urug‘ jamoasini tashkil etgan. Ikkinchidan, ayol haykalchalarining topilishi ham urug‘chilik tuzumining boshlanganidan darak beradi. Urug‘lar urug‘ asoschisi-ayolga sig‘inishgan, chunki u davrda oilani ayol boshqargan, erkaklar faqat ov bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Shu sabab ham urug‘chilik tuzumining ilk bosqichi-matriarxat, ya’ni ayollar hukmronligi davri hisoblanadi. Ayol haykalchalari-hosildorlik, hayotiy kuch, kishilik urug‘ining yashashi zarurligi timsoli bo‘lgan. Uchinchidan yirik hayvonlar ovi ham guruh bo‘lib harakat qilishni talab etgan. Yuqori paleolitning dastlabki davrlarida kishilar muqum o‘troq holda hayot kechirganlar. Ularning turar joylari ham ov uchun qulay bo‘lgan joylarda-jarlik yoqalarida joylashgan. So‘nggi bosqichlariga kelib esa, muzliksiz hududlar kengaygach, shimol bug‘usi ketidan yurib, insonlar yana ko‘chmanchi hayot tarziga o‘tishgan. Bu holat esa urug‘chilik munosabatlarini tartibga solib, yanada mustahkamlagan. To‘rtinchidan, oila va nikoh munosabatlariga kat’iy tartib o‘rnatganlar.O‘zaro qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh asta-sekin bekor qilina boshlangan. Bu esa odamning tashqi ko‘rinishi va aql idrokining yaxshilanishiga, yangi tur odamining vujudga kelishiga olib kelgan. Bu odam fanda “xomo-sapiens “ aql-idrokli odam deb ataladi. U tashqi ko‘rinishi jihatdan hozirgi odamlarga o‘xshab ketadi. Unda rostmana peshona, jag‘ shakllandi. Qosh orti bo‘rtig‘i yo‘qoldi. Hozirgi zamon tipidagi odam shakllanadi va butun er yuzi bo‘ylab tarqaladilar. So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik va oila munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilarning jismoniy va aqliy rivojlanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlarning tashqi ko‘rinishida o‘zgarish yuz berishi bilan birga ularning tabiiy –geografik sharoitga moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi. Evropoid, mongoloid, negroid. Evropoid irqi fanda kromonon odami nomini olgan. O‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromonon odamning qoldiqlari topilgan. Yuqori paleolit davrida yuz bergan muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu san’atning kelib chiqishidir. San’atning vujudga kelishi o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ular qoldirgan haykalchalar va qoya tosh suratlari o‘sha davr ijtimoiy hayoti haqida bizga ko‘p ma’lumot beradi.O‘rta Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan. Jumladan; Zarautsoy, Xurtakasoy, Bichikchashma, Sariyoz va boshqalar. Ularda karkidonlar, mamontlar, odam, ot, buqa, it, tulki, jayron, tog‘ echkisi, o‘q yoylarning tasvirlari bor. O‘zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel bosqichiga oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab topildi va bu davrning ko‘plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag‘or, Ko‘lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg‘ona vodiysida Selungur, Chashma va So‘x makonlar topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysida topilgan Chashma va So‘x makonlari O‘rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng‘ur g‘orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. XX asrning so‘ngi choragida O‘zbekistonda ilk paleolit davriga oid yodgorliklar soni ko‘payibgina qolmadi, balki ilmiy tadqiqot uslublari ham takomillashdi. Keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, asosan Selungur makonining tarixiy geografiya, paleobotanika, paleozoologiya va boshqa fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yangi tadqiqot uslublari bilan tekshirilishi natijasida o‘sha davrning tabiati va hayvonot olamini xam aniqlandi. Selug‘ur makonining madaniy qatlamlaridan 32 turdagi sut emizuvchi hayvonlarga tegishli 5 mingdan ortiq suyak qoldiqlari aniqlanib tadqiq etildi. Xayvonlarning qoldiqlari orasida yirik tuyoqli va kemiruvchi hayvonlarning turlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. G‘or ayig‘i, bo‘ri, g‘or arsloni, sirtlon, karkidon, bug‘i, ot, eshak, to‘ng‘iz va turli kemiruvchi hayvonlarning borligi issiq va quruq iqlim bo‘lganligidan darak beradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling