1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchtut-Ijond-Vaush makonlari
- Teshiktosh g‘or–makoni
Ko‘lbuloq makoni. Ilk paleolit davriga oid yana bir makon Ko‘lbuloq sanaladi. U Angren shahridan 10-12 km g‘arbda Ohangaron daryosining o‘ng irmoqlaridan biri Qizilolma soyining o‘rta oqimidagi qirlikda joylashgan. Bu makon 1963 yilda topilgan bo‘lib, o‘sha yildan beri bu erda muttasil izlanish ishlari olib borilmoqda.
Ko‘lbuloq ochiq tarzdagi ko‘p qatlamli makon. Hozirgacha 19 m chuqurlikkacha qazib, ashel, muste va so‘ngi paleolit davriga oid ashyolar topilib, o‘rganildi. Uning yuqori qatlamlari so‘nggi tosh va o‘rta tosh davri bo‘lsa, quyi qatlamlarida ilk tosh davri mehnat qurollari topilgan. Ular chaqmoqtosh va slanetsli chaqmoqtoshdan yasalgan qo‘pol tosh qurollaridir. Nukleuslar paraqalari, qo‘l cho‘qmorlari, sodda tosh qirg‘ichlar topilgan bo‘lib, ularning ishlanish texnikasi ham o‘ziga xosdir. Shuningdek, bu erdan kul, ko‘mir qoldiqlari va xar xil hayvon suyaklari topilgan. 2001-2002 yillar mobaynida Ko‘lbuloq makonida qayta tadqiqot ishlari olib borilib, u erdan so‘nggi paleolit davriga oid yangi qatlamlar ochilib, u erlardan retushlangan mexnat qurollari, skrebli, diskovoy, yarim aylana, ovol, prizma shaklidagi nukleuslar topilgan. Ko‘lbuloqda istiqomat qilgan odamlar ovchilik, termachilik bilan hayot kechirganlar. Uchtut-Ijond-Vaush makonlari Navoiy viloyati Navoiy tumani Olchin qishlog‘i yonida-Qoratog‘ning janubiy qiyaligida joylashgan. Ilk tosh davriga oid ochiq manzilgoh va chaqmoqtosh xom ashyosi qazib olinadigan ob’ekt bo‘lgan. U erdan ashel-muste davriga oid tosh qurollari topilgan. Ashel davriga oid qo‘pol cho‘qmorlar, nukleuslar, uchrindi va boshqa qurollar topilgan. O‘rta paleolit davri yodgorligi O‘zbekistonda dastlab 1938 yilda Teshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa O‘rta Osiyo hududi bo‘yicha ularning soni 300 dan ortgan. Ulardan 50 dan ortik makon keng o‘rganilgan. Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni o‘zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan hamon ajralib turadi. Muste bosqichi tosh davrining boshka davrlariga nisbatan keng o‘rganilgan. Bu davrga oid makonlarning tadqiq qilinishi o‘rta paleolit davri xo‘jalik madaniy hayotining barcha tomonlarini yoritdi. Bu davr O‘.Islomov, K.Kraxmal, A.Okladnikov, V.Ranov, M.Qosimov, R.Sulaymonov, T.Mirsoatov, N.Toshkenboev, M.Jungorov, Z.Abramova va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. O‘zbekistonda keyingi davrlarda muste davriga oid ko‘plab makonlar topib tadqiq qilingan. Faqatgina Toshkent voxasining o‘zidan 30dan ortiq yodgorlik topilgan. Lekin muste davrining ko‘pgina topilmalari tuproq qatlamlarida sochilma holda topilgan. Chunki adir va tekisliklardagi manzilgohning keyingi davrlarda buzilib ketishi natijasida madaniy qatlamlar yo‘qolgan yoki tabiat ta’sirida yuvilib ketgan. Moddiy buyumlar esa tuproq qatlami tashqarisida topilgan va arxeologlar tomonidan qayd qilingan. Muste davri yodgorliklarining to‘liq madaniy qatlamlari ko‘proq g‘or–makonlarda saqlanib qolgan. Ular Zarafshon voxasi va Qizilqum xududlaridan xam ko‘plab topib tadqiq qilingan. Boysun tog‘i mintaqasidan Teshiktosh g‘or–makoni, Amir Temur g‘ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, Xo‘jakent, Bo‘zsuv, Ko‘lbuloq g‘or–makonlari, Farg‘ona vodiysidan Jarqo‘ton, Bo‘ribuloq, Tomchisuv manzilgohlari, Zarafshon voxasidan Omonqo‘ton, Go‘rdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Takalisoy g‘or makonlari, shuningdek Uchtut–Vaush–Ijond va Qopchig‘oy ustaxonalaridir. Teshiktosh g‘or–makoni o‘rta paleolit davrini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Bir tomondan, neandertal odam topilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan murdaga qizil oxra sepib, tog‘ echkisi shoxlari bilan o‘rab qabrga ko‘mishlari ajdodlarimizda e’tiqod paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi. Uchinchidan nemis fashistlarining oliy irq g‘oyasini chippakka chiqardi. Germaniyada XX asrning 30 yillarida hokimiyatni egallagan A.Gitler va uning tarafdorlari er yuzidagi barcha xalqlar Neandertal odamlaridan tarqalgan-u, faqat nemis millati toza qonli oliy irqqa mansub deb hisoblab, ajdodlarini ariylar bilan bog‘laganlar. Ariylarning kelib chiqish joylarini O‘rta Osiyo deb hisoblaganlar, chunki O‘rta Osiyodan neandertal tipidagi odam xali topilmagan edi. 1938 yilda esa Teshiktosh odamining O‘zbekiston xududidan topilishi bu g‘ayri ilmiy g‘oyani rad qildi. Teshiktosh g‘or makoni nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyoda muste davrining eng nodir namunasi hisoblanadi. U Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Boysun tog‘ining janubiy yon bag‘ridagi Turgandaryoning Zavtalashgan darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G‘or shimoliy-sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi old qismida 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. bo‘lgan. G‘or 1938–1939 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan tekshirilgan va tadqiqotlari natijasini 1939–1949 yillarda nashr qildirgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida g‘orda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan mehnat qurollaridan 339 tasi, 2520 ta singan, uchrindi tosh qurollar, 101 ta turli shakldagi nukleuslar topilgan. Shu jumladan, o‘tkir uchli paykonlar, tosh pichoqlar, paraqalar, sixcha, qirg‘ich, kurakcha, chopper, chopqi va hakozolar. Teshiktoshdan topilgan mehnat qurollarning aksariyati qirquvchi va tarashlovchi vazifalarni bajargan. Bu erdan yana faqat neandertal odamiga xos rapidasimon nukleuslardan (o‘zaklar) bir necha nusxa topilgan. Ularning diametri 10–15smni tashkil etgan. Bu kabi o‘zaklardan neandertallar tosh bolg‘alar yordamida uchburchaksimon uchrindilar uchirib olganlar. Uchrindilar o‘tkir uchli bo‘lganligi sababli ulardan terilarga ishlov berish, yog‘ochlarni kesish, randalash kabi ishlarda foydalanganlar. Bunday mehnat qurollar eng ko‘p Teshiktoshdan topilgan. Teshiktosh g‘orining eng qimmatli topilmasi yuqorida qayd qilib o‘tilgandek, neandertal odamning suyak qoldiqlarining topilishidir. U eng pastki madaniy qatlamdan topilgan. Bular kalla suyagi, elka va yo‘g‘on o‘ng son suyagining parchalari, ikkala kichik boldir suyagi hamda umurtqa pog‘onasining ba’zi qismlaridir. Bu voqea o‘z vaqtida antropologlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Antropologlar xulosasiga ko‘ra, neandertalning bosh suyagining hajmi 1490 sm kub bo‘lgan. Neandertal bola suyagining o‘rganilishi 1970 yilgacha davom etdi. Taniqli antropolog olim akademik V.A.Alekseev antropologiyaning keyingi davr yutuqlariga tayanib, Teshiktosh odamini qayta o‘rgandi va uning 10 yashar bola emas, balki ayol kishi ekanligini, Evropa va old Osiyo guruhiga kirishini ko‘rsatdi. G‘ordan gulxan izlari, uning atrofida tog‘ echkisi, bug‘u, yovvoyi ot, ayiq, sirtlon (giena), leopard, bars, quyon, kemiruvchilar va parrandalarning suyak qoldiqlari topilgan. Teshiktoshliklar ovchilik bilan birga termachilik bilan shug‘ullanishgan. Teshiktosh materiallari muste davri madaniyatining rivojlanishini aniqlash imkoniyatini berdi. G‘or–makon rivojlangan muste davriga oid bo‘lib (Levallua–muste) uning so‘nggi paleolit davriga o‘tish evolyusiyasini kuzatish mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling