1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja


Download 0.9 Mb.
bet11/52
Sana22.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1793617
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги

Uchtut yodgorligi Uchtut qishlog‘i yaqinida joylashgan. Yodgorlik 1958 yili arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan.Keyingi yillarda uni T.Mirsoatov keng ko‘lamda o‘rgandi. Bu yodgorlik tosh davrining turli davrlariga oid bo‘lib, asosan neolit davri topilmalari yig‘ib olingan. Neolit davri bu erda shaxta usubida tosh qazib olganlar.
Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Oxargaron daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan. Ular arxeolog T.Mirsoatov tomonidan o‘rganilgan.
Chaqmoqtosh konlari va ustaxonalarini keng tadqiq qilish ibtidoiy madaniyati tarixni o‘rganshda muxim manba sanaladi.
Yuqori paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganinga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi yuqori paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlari ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda O‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan bo‘lsa, shulardan 10 tasi O‘zbekistondan topilgan. Ulardan Zarafshon voxasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo‘jamazgomanonomanonil makonlari yaxshi o‘rganilgan. Ko‘lbuloq Bo‘zsuv , Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit davri izlari topilgan.
Samarqand makoni –– Yuqori paleolit davrining eng noyob yodgorligi xisoblanadi. U 1939 yilda geolog N.G.Xarlamov tomonidan Samarqand shahridagi qadimgi Siyobcha soyi yoqasidan topildi. Unda I.D. Lev va I.Jo‘raqulovlar 1969 yildan 1972 yilga qadar tadqiqot ishlarini olib bordilar. 2002 yilda SamDU arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan tadqiqot ishlari yana davom qildirildi. Bu makon arxeologlar orasida Komsomol ko‘li makoni nomi bilan mashhurdir. Uning madaniy qatlamidan 7,5 mingga yaqin tosh qurollar topilgan. Ularning aksariyati chaqmoqtosh, kalsedon, diorit, amfibolit, rogovik kabi tosh jinslaridan yasalgan. Bunda tog‘ jinslari makondan 7-8 km shimolda joylashgan Cho‘pon ota qoyalarida uchraydi, ehtimol odamlarning tosh qurollar yasashda ulardan foydalanishgan. Makondan xilma xil qurollar topilgan; qirg‘ichlar, keskichlar, sixlar, pichoqchalar, gardishsimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar, yupqa paraqalar va boshqalar. Bular orasida hayvon terilarini ishlash uchun mo‘ljallangan qirg‘ichlar, teshgichlar, suyakdan yasalgan mehnat qurollari diqqatga sazovordir. Tosh boltalar va yo‘ng‘ichlar makon uchun o‘ziga xos ravishda ishlangan. 2002 yilda G.F.Korobkova makondan topilgan tosh qurollarini yangi metodika asosida qayta o‘rgandi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Jumladan, o‘zaklardan ajratib olingan tosh paraqalardan turli qurollar sifatida foydalanilgan. Tosh qurollarga dag‘al kertish usuli bilang ishlov berilgan. Shuningdek, tosh qurollar ko‘pincha tosh parchalari va uchrindilardan yasalgan. Tosh qurollarning so‘nggi paleolit davri qurollariga nisbatan qo‘polroq ishlanishi uning so‘nggi paleolitning ilk bosqichiga oidligini ko‘rsatadi. Tosh va suyakdan sanchqi yasaganlar. Bu odamlarning baliqchilik bilan shug‘ullanganliklarini ko‘rsatadi. Makonning madaniy qatlamlaridan gulxan qoldig‘i, kul, hayvon suyaklari va o‘simlik qoldiqlari topilgan. Ot, tuya, bug‘u, qulon kabi hayvonlarning suyaklari topilgan. U erda chayla izlari ham topilgan. U soy bo‘yida bo‘lib, maydoni 100 kv m, to‘g‘ri burchak shaklida qurilgan. Uning o‘rnida gulxan qoldig‘i, tosh qurollar tayyorlaydigan, chayla ustunlari qoldiqlari topilgan. Samarqand makonini olimlar tadqiq qilib, uning 30-35 ming yilliklarga oidligini aniqladilar. U erdan Kromonon qiyofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari topildi. 3 m 20 sm chuqurlikda odamning pastki jag‘ suyagi va 9 ta tish, qo‘l suyagining qoldiqlari topildi. Antropologlar uning 25 yoshli ayolga tegishli ekanligini aniqladilar. Shuningdek, 35 yoshli ayolga tegishli 10 ta tish, pastki jag‘ suyagi va yosh bolaning oziq tishi, pastki jag‘ suyagi ham topilgan.
Samarqand makonidan ibtidoiy odam tomonidan 5 ta maxsus belgi chizilgan hayvon qovurg‘asi qoldig‘i, maxsus teshikli dengiz chig‘anog‘i topilgan. Dengiz chig‘anog‘i zeb-ziynat bo‘lib, Hind okeani, Qizil dengiz va Fors qo‘ltig‘i hududlarida uchraydi. Chig‘anoqning topilishi O‘rta Osiyo qabilalari bilan Hind okeani sohillaridagi qabilalar o‘rtasida aloqa bo‘lganligi va bu chig‘anoqlar Samarqand hududiga mahsulot ayirboshlash natijasida kelib qolganligini ko‘rsatadi. Makondan 20 ga yaqin tuxumsimon danakcha topilgan, ularning har birida kichkina teshikchalar bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, mazkur danaklar ayollar taqinchog‘i bo‘lgan. Shuningdek, bir xil kattalikdagi dumaloq 2 ta yupqa oq qayroq tosh topilgan. U soch va bo‘yinga osadigan qayroq tosh bo‘lishi mumkin. Qadimgi odamning tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rtasi ishqalangan, atrofi ingichka chiziqlar bilan chizilgan dumaloq qayroq tosh ham topilgan. Umuman Samarqand makoni yuqori paleolitga oid qimmatbaho ma’lumotlar beradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling