1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jamazgil qarorgohi
- Ko‘lbuloq makoni
Siyobcha qarorgohi – Samarqand shaxrining markaziy qismidan oqib o‘tadigan Siyobcha daryosining Chashmasiyob suvi quyilishi joyida joylashgan. Qarorgoh 1969 yilda U.Olimov tomonidan topilgan. Tadqiqot ishlarini esa, N.X.Toshkentboev olib borgan. Qazilmalarning ayrimlarida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Topilmalar orasida tosh o‘zaklar, qirg‘ichlar, teshuvchi qurollar, paraqalardan ishlangan qurollar asosiy o‘rinni egallaydi. Topilmalar Samarqand makoninga nisbatan qadimiyroqdir.
Xo‘jamazgil qarorgohi-Samarqand shaxridan 35 km g‘arbiy–sharq tomonda Turkiston tog‘ tizmasining g‘arbiy etaklarida joylashgan Xo‘jamazgil degan joydan topilgan. Yodgorlikni 1969 yilda arxeolog N.X.Toshkentboev tadqiq qilgan. Tadqiqot davomida makondan 200 dan ortiq tosh buyumlar yig‘ib olingan. Topilmalar ichida gardishsimon tosh o‘zaklar, paraqadan yasalgan pichoqsimon qurollar, qirg‘ichlar, randalar, tosh siniqlari topilgan. U erda qizil kesak (oxra) qoldiqlari va gulxan izlari xam topilgan. Qarorgohning moddiy qoldiqlari Samarqand makoni qoldiqlariga o‘xshaydi. Ikkala makonda xam qurollarni ishlash uslubida muste davri uslubi saqlanib qolgan. Ko‘lbuloq makoni – Tosh davriga oid ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning 1,2,3 qatlamlaridan yuqori paleolit davriga oid gulxan, ko‘mir qoldiqlari, tosh buyumlardan – nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Bu erdan eng ko‘p miqdorda nukleuslar topilgan, chunki ibtidoyi odamlar nukleuslarni ajratib olishining yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalarni tosh bolg‘a bilan emas, balki to shpona bilan ajratib olganlar. Bu bilan ular xoxlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Qo‘lbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi jixatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘g‘iz makonlaridan topilgan sunggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Tadqiqotchi M.R.Qosimovning ta’qidlashicha, Toshkent voxasida hali Ko‘lbuloqqa ilmiy ahamiyati jihatidan teng keladigan yodgorlik topilgani yo‘q. Toshkent voxasidan so‘nggi paleolit davriga oid Bo‘zsuv 1, Bo‘zsuv 11, Bo‘zsuv VI, Tuyabo‘g‘iz II, III, IV, V, VI makonlari xam topib o‘rganilgan. Ulardan topilgan tosh buyumlar Ko‘lbuloqdan topilgan tosh buyumlariga o‘xshaydi. bular asosida arxeologlar Toshkent voxasida ibtidoiy odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida isteqomat qilib, bir–biri bilan yaqin aloqada bo‘lganlar va bir xil madaniyat yaratganlar degan xulosani berishgan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling