1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet5/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Tayanch iboralar:Tropik Afrika, muzlik davrlari, yer shari qobig’i, To’rtlamchi davr pleystosten va golosten, kaynozoy erasi, Gyunst, mindel, Ris, Vyurm muzliklari, Tosh asri.

Yerning paydo bo’lishi tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Bundan 4,5 milliard yil odin koinotda er sayyorasi vujudga kelgan. Erning vujudga kelgan vaqtida u faqat suv va atmosferadan iborat bulgan. Million yillar o’tishi natijasida erda qattiq tog’ jinslari paydo bo’la boshlaydi. Yerda birinchi hayot izlari bundan 3,6 mlr yil avval shakllangan. Keyingi davrlarda erda hayot sekinlik bilan rivojlanib boradi va biz buni geologik tadqiqotlarda ko’rishimiz mumkin. Oxirgi 544 mln yil ichida erda turli xil tirik organizmlarning evolyustion rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab aynan shu vaqt er qatlamlaridan turli xil qazilma turlarning topilishi bo’lib hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bulishi tugrisidagi dunyokarashlar xozirgi zamon fanining eng kizik va murakkab muammolaridan biridir. Hayot paydo bo’lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda turlicha hal etilgan. Bu savol insonni juda kadim zamonlardan kiziktirib kelmokda.

XVII asrning ikkinchi yarmigacha organizmlar uz ajdodlaridan xosil bulishidan tashkari kulay sharoitda ulik moddalardan xam paydo bula oladi degan tasavvurlar mavjud edi. Masalan, timsoxlar balchiklardan, arslon va yulbarslar saxro toshlaridan, sichkonlar bugdoydan xosil bulishi mumkin, degan afsonaviy tasavvurlar keig tarkkalgan edi. XVI asrda yashagan biolog vrach Van Gelmont sichqonlar dondan, vrach Parastels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo’ladi, degan fikrni targ’ib qildilar. Parastels hatto kichkina tirik odam — gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash resteptini ham tuzgan.XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lishi to’g’risidagi bunday tasavvurlar noto’g’riligini birinchi bo’lib tajribada isbotladi. U o’z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go’sht solib, ba’zi idishlarning ustini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi go’shtlarga pashsha qo’ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo’ldi va rivojlandi. Yopiqshisha idishlardagi go’sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o’z tajribalariga asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go’shtdan emas, balki urg’ochi pashshalar qo’ygan tuxumdan rivojlanishini ta’kidladi.

Olimlardan A. I. Oparin 1924 yili, Xoldeyn 1928 yili Yerda hayot qanday paydo bo’lganligi haqida abiogen gipoteza yaratdilar. Oparin hayot paydo bo’lishi to’g’risidagi gipotezani yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va boshqa fan yutuqlarini e’tiborga oldi. Akademik Oparin o’z gipotezasida Erdagi hayot boshqa planetalardan ko’chib kelmaganligini, balki materiyaning milliard yillar davom etgan rivojlanishi natijasi ekanligini qayd qildi.



Yaqin vaqtgacha hayotning eng qadimgi formalari to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam edi. Bunga asosiy sabab ana shu hayot formalari juda mayda va yumshoq tanali ekanligidir. Chunonchi, kembriy davrigacha bo’lgan er qatlamlarida faqat meduza, xilma-xil chuvalchanglar, qisman bulutlarning toshga aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar hayotning qadimgi formalari haqida birmuncha tasavvur hosil qilishga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100 mln yil orqaga surgan bo’lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday bo’lgan, degan muammoni echa olmadi. Kembriy davrigacha bo’lgan hayot izlarini axtarishda XX asr boshida Charlz Uolkott topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g’arbida topilgan ohakdan iborat g’ovak tepaliklar va ustunlarni tekshirib, bu riflar suv o’tlaridan iborat, deb taxmin qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to’laligicha tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko’k-yashil suvo’tlar va bakteriyalardan iborat ekanligini isbotladi. Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlaridagi suvi juda sho’r, shunga ko’ra umurtqasiz hayvonlar bo’lmagan Sharq ko’rfazida tirik stromatolitlarni topdi va ular kembriy davrigacha yashagan ko’k-yashil suvo’tlar bilan bakteriyalarga o’xshashligini ma’lum qildi.

Yerning hozirgi ko’rinishiga olib kelgan oxirgi rivojlanish bosqichi kaynozoy erasiga to’g’ri keladi. Uning davomiyligi oldingilariga nisbatan ancha kam – 70 mln yilga yaqin bo’lib, o’z navbatida uchta: paleogen (66-25 million yillar oldin), neogen (25-0,7 millionlar yillar oldin) va antropogen (0,7 million yildan - hozirgacha) davrlariga bo’linadi. Kaynozoyning boshlarida alp burmalanish jarayonlari o’zining kulminastiyasiga chiqadi, keyingi epoxalarda materiklarning er yuzasi asta-sekin hozirgi ko’rinishiga ega bo’ladi. Atlantika va Hind okeanlarining o’lchami ancha oshgan. O’simlik va hayvonot olamida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Eng muhimi aqilli odam paydo bo’lgan va o’zining olamshumul qudratiga erishgan. Shu vaqtda hasharotxo’rlardan primatlar, ulardan esa odam kelib chiqqan.

Kaynozoyning boshlariga kelib hozirgi Yevrosiyoning shimoliy qismi o’rnida konsolidastiyalangan yagona quruqlik mavjud bo’lgan. U keyingi jarayonlar natijasida kuchli o’zgargan va tekislangan baykal, kaledon va gerstin yoshidagi qurilmalar yordamida o’zaro tutashgan qadimiy yadrolardan tarkib topgan. Evrosiyoning sharqi va janubiy-sharqida qadimiy strukturalarga mezozoy tog’lari qo’shilib ketgan. Yevrosiyo Shimoliy Atlantika botiqligi orqali Shimoliy Amerikadan ajralgan. Uni janubda va janubiy-sharqdan birmuncha qisqargan Tetis o’rab turgan. Tetis yevrosiyoni parchalanib ketgan Gondvananing janubiy va janubiy-g’arbiy uchastkalari – Afrik-Arabiston, Hindiston va Avstraliya platformalaridan ajratgan, sharqda esa Tinch okeani bilan bevosita qo’shilgan.

Kaynozoy erasining boshlarida Hindiston, Avstraliya va Antraktida yagona materikni tashkil etgan. Janubiy Amerika ham Afrika bilan tutashgan joylarga ega bo’lgan. Evropa va Shimoliy Amerika o’rtasida faqat tor suvli qambar – bo’lg’usi Shimoliy Atlantikaning ilk o’rni belgilangan. Kaynozoy erasidagi tektonik harakatlar er yuzasi ko’rinishini keskin o’zgartirib yuborgan.

Paleogenda Hindiston, Avstraliya va Antraktida bir-biridan ajraladi. Hindiston palaxsasi shimolga surilib neogenning boshlarida Osiyo bilan tutashadi. Avstraliya o’z o’qi atrofida soat mili yo’nalishiga teskari burilib shimoliy-sharqqa qarab harakatlanadi. Bunda Antarktida va Afrika deyarli harakatsiz qolgan. Afrika va Janubiy Amerika orasida Atlantika okeani aniq ifodalangan.

Kaynozoyda yevrosiyoning O’rta er dengizi mintaqasidan shimolda iqlim va organik dunyo mezozoy erasining oxiridagiga qaraganda o’zgacha bo’lgan. Janubda iqlim issiq va nisbatan nam, shimoliy rayonlarda esa mo’’tadil iliq va nam bo’lgan. Bunday sharoitlarda ko’pchik avlodlari va oilalari hozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan boy, asosan daraxtsimon yopiq urug’li flora rivojlangan. Shimo0lda bular ignabarglilar aralashgan barg tashlovchi dub, buk, yong’oq, kashtandan iborat o’rmonlarni tashkil etgan. Janubda palmalar, tropik ignabarglilari, paporotniklar hukmdorlik qilishgan. Maysali o’tlar hali keng tarqalmagan. Asosan sutemizuvchilardan iborat bo’lgan fauna shakllangan bo’lib, ularning orasida yirtqichlar (keyinchalik qirilib ketgan) va tuyoqlilar ustuvorlik qilishgan. Haqiqiy qushlar ham paydo bo’lgan. Bu hududning flora va faunasi keyinchalik hozirgi organik dunyoni hosil qilgan.


1.Ilk ajdodlarmiz tomonidan dastlabkt tosh qurollar yaratgunga qadar Tropik Afrika va umuman butun duneda muzlik davrlariga o’tish jarayoni sodir bo’ladi. Xar bir muzlik davriga o’tish jarayonida o’simlik dunyosining o’zgarishi, iqlimning keskin ravishda o’zgarishini kuzatishimiz mumkin. Bundan 2.5 million yil avval bunday tosh qurollarni ishlab chiqargan dastlabki ajdodimiz 35-36 gradus shimoliy va janubiy kenglikda ya’ni Afrika xududida istikomat etgan. Bundan 1 milllion avval esa Xomo Erektus tosh kurollar turini kengaytiradi va janubiy-g’arbiy va janubi-sharqiy Osiyo xududida bo’ylab tarqaladi. Bundan 100-500 ming yil avval esa Janubiy, G’arbiy va Markaziy Evropada paydo bo’ladi.

Yer shari qobig’i to’rtta asosiy davrga bo’linadi. 1. Arxey, 2. Paleozoy, 3. Mezozoy, 4. Kaynozoy eralari. Uning ichida esa biz bosqichlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan: Kaynozoy erasi uchlamchi va to’rtlamchi davrlardan iborat. Aynan Kaynozoy erasi xozir ham davom etmoqda. Hozirgi kunda kaynozoy erasiga uchinchi bir davr ya’ni zamonaviy deb nomlangan davr qo’shilgan. To’rtlamchi davr pleystosten va golosten ya’ni muzlikkacha, muzlik bosqichlari va muzlikdan keyingi bosqichlaridan iborat. Yerda oxirgi 1 million va 500 ming yil davomida buyuk muzliklar eki o’rta muzliklar davrida bir necha unlab stikllar sodir bo’lgan. Xozirgi kunda oxirgi muzlik davrida ya’ni bundan 129-125 ming yil burun Evroosiyoning markaziy qismi Sibir eki Avstraliya, shuningdek Shimoliy hamda Janubiy Amerikaning ajdodlarmiz tomonidan o’zlashtirilganligi xaqida etarli isbotlar mavjud emas. Bundan tashqari so’nggi pleystosten davrida G’arbiy Yevropa va sharqiy Osiyoda xam ibtidoiy odamlar yashaganligi to’g’risida etarli ma’lumotlar mavjud emas. Erda hayot arxey davrining ikkinchi yarmida paydo bo’ladi. Uchlamchi va to’rtlamchi davrlar er shari tarixi uchun muhim ahamiyatga egadir. Uchlamchi davrda erda tog’li hududlar paydo bo’ladi. Aynan mana shu bosqichda Kavkaz, Karpat, Alp, shuningdek Ximolay va Pomir tog’laridan iborat Osiyoning markaziy qismi vujudga keladi. Biz o’simlik va hayvonot dunyosida ham ma’lum bir o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Gigant o’simliklar, paporotniklar yo’qolib, ularning o’rniga kichik o’simliklar paydo bo’ladi. Erda umurtqasimonlar hukmronligi boshlanadi.



1.2 Insoniyat paydo bo’lgan davr yer shari tarixining kaynozoy erasi, aniqrog’i neogenning so’nggi bosqichi Eopleystosten, pleystosten davrlariga to’g’ri keladi. Neogen davriga insoniyatning qadimgi ajdodlari paydo bo’ladi (driopitek, ramapitek-xozirgi kunda insoniyatning ushbu ajdodlari qirilib ketgan xisoblanadi). Eoplestosten va pleystosten davrlari arxeologik davrlaridan biri-paleolit davriga to’g’ri keladi. Eopleystosten va pleystosten davrlarida er yuzida iqlimning keskin sovushi va muzlashi kuzatiladi. Bu er yuzida sodir bo’lgan buyuk muzlashlarning markazlari Evropaning shimolidagi tog’lar va Amerika hududi xisoblangan. Bu markazlardan muzlikarning janub tomonga siljishini kuzatamiz. Bu davrda buyuk muzliklar er yuzining 30 % ni qamrab olgan edi. Bu buyuk muzliklarning siljishi natijasida Pireneya, Alp tog’lari, Kavkaz, Oltoy va Ximolayda muzliklardan iborat tog’lar vujudga keladi. Ob-xavo xarorati noldan ko’tarilmagan va insoniyatning qadimgi ajdodlari faqatgina muzliklardan janub tomonlarda jon saqlashga majbur bo’lgan. XX asrning birinchi choragida Penk va Bryukner tomonidan Alp tog’larida ketma-ketlikda mavjud bo’lgan to’rtta muzlik davrlari qayd etiladi. Bular Gyunst, mindel, Ris, Vyurm muzliklari. Evropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada eopleystosten davri ikkita muzlik fazalari bilan xarakterlanadi. Bular Evropa muzliklari Dunay va Gyunst bilan birga Shimoliy Amerikada Nebraska muzliklari kuzatiladi. Boriskovskiyning fikriga ko’ra, bu muziklar davri keng xududlarga yoyilgan muzliklar emas, balki faqatgina iqlimning keskin sovushi natijasida qisqa davrda sodir bo’lgan muzliklardir. yevropa xududi insoniyat dastlabki ajdodlarining Pleystostendan Golosten davriga o’tish va moslashish jarayoni kechgan turli shart-sharoitlarga ega bo’lgan xudud hisoblangan. Evropaning ayrim qismlarida iqlimning keskin o’zgarishini kuzatishimiz mumkin. Eopleystosten davri davomida Yevropa va ayniqsa O’rta er dengizi xavzasi xududida iqlim iliq bo’lgan. G’arbiy Evropa aniqrog’i Italiya va Franstiya xududlarida villafrank fauna xukmron bo’lgan. (gipppapotam, iliq xavoni yoqtiruvchi fil, karkidon, bug’u, tuya, qilich tishli yo’lbars, ya’ni maxayrod, makaka istiqomat etgan.) Gyunstdan keyin mindel muzlik davri keladi. Bu muzlik davri iqlimning keskin sovigan o’rta muzlik davri sifatida xarakterlanadi. Bu muzlik davridan so’ng Riss muzlik davri boshlanadi. Bu muzlik davri G’arbiy Evropada Skandinaviya yarim oroli, Danniya, Germaniyaning kattagina qismi, Angliyaning bir qismi, shuningdek Alp va Pireneyaga tutash xududlarni qoplab olgan edi. Bu muzlik davrida issiqlikni xush ko’ruvchi xayvonlar qirilib ketadi va ularning o’rniga mamontlar paydo bo’ladi. Undan so’ng esa Vyurm muzlik davri boshlanadi. Ya’ni bundan 18 ming yil burun Markaziy Yevropa ajdodlarimiz istiqomat etishi uchun noqulay shart-sharoitlarga ega xudud xisoblangan. Bu davrda asosan Yevropa xududida iqlimning keskin sovushi g boshqa xududlarida esa tundra zonalarining paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Yevropa xududida ibtidoiy ajdodlarimiz kamchilikni tashkiletgan va xayvonot dunyosi asosan mamont va karkidonlardan iborat bo’lgan.

Bundan 13,000 yil avval esa Yevropada ya’ni shimoliy-g’arbiy qismi, ya’ni Britaniya orollaridan tortib toki Rus erlariga qadar bo’lgan xududda iqlim keskin o’zgaradi va bu erlarda dastlabki ovchilarning paydo bo’lishini kuzatishimiz mumkin.

Bundan 10 ming yil avval esa oxirgi muzlik davri tugaydi va iqlim issiqlasha boshlaydi. O’simlik va xayvonot dunyosi xozirgi o’simlik va xayvonot dunyosi qiyofasiga kira boshladi. Kishilik jamiyati tarixini davrlarga bo’lmay turib o’rganish mumkin emas. Davrlashtirishda tarixiy jarayon zamon va davrlarga bo’linib, ular muhim voqealar bilan bir-biridan ajraladi. Tarixni, xususan ibtidoiy jamiyat tarixini davrlarga bo’lish juda murakkab bo’lib, hali bu ilmiy jihatdan nihoyasiga etgani yo’q.

1.3Kishilik jamiyati tarixini davrlashtirishga intilish qadimgi dunyodayoq er. avv. I asrda yashagan Rim faylasufi Lukrestiy Kar o’zining «Narsalarning tabiati» nomli poemasida odamzod madaniyatining rivojlanish manzarasini, tosh qurollarning mis qurollar bilan, undan so’ng temir qurollar bilan almasha borganini dastlab tasvirlab bergan. Lekin bu fikr tezda unutib yuborilgan.

Shotlandiya filosofi A.Fergyuson kishilik tarixini uch davrga: yovvoyilik, varvarlik va stivilizastiyaga bo’lib o’rganishni tavsiya qilgan. Arxeologlar ibtidoiy davr kishilaridan qolgan moddiy va madaniy buyumlarni o’rganish asosida kishilikning ibtidoiy tarixini uch davrga: tosh, bronza (jez) va temir asrlariga bo’ladilar.

Tosh asri esa o’z o’rnida yana qadimgi va yangi tosh davrlariga bo’linadi. Qadimgi tosh asri qazilma odamlarning yashagan davri hisoblanadi. U vaqtda Erning iqlimi, o’simliklar va hayvonot dunyosi hozirgidan farq qilar edi. Qadimgi tosh asri kishilari silliqlangan tosh qurollar va sopol idishlarni bilmaganlar. Ular yog’ochdan tayyorlangan so’yil va oddiy tosh qurollardan foydalanganlar.

1.4.Qadimgi tosh asri kishilari ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar, baliqchilik esa endi shakllana boshlagan bo’lib, ular dehqonchilik va chorvachilikdan mutlaqo xabarsiz edilar. Kishilik jamiyati tarixining juda katta davrini o’z ichiga qamrab olgan tosh davri ikki bosqichga: eng qadimgi (quyi, ilk) va keyingi (yuqori) tosh asrlariga bo’linadi.

Eng qadimgi tosh asri olduvay, (Ashelgacha), qadimgi ashel, keyingi va o’rta ashel hamda muste davrlariga bo’linadi. Uning eng quyi sanasi 3,5-3 mln. yuqorisi esa 100-35 ming yilga kelib taqaladi.

So’nggi paleolit esa orinyak, solyutriy va madlen davrlariga bo’linib 40-35 ming yilliklardan 15-12 ming yilliklargacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi.

So’nggi tosh asridan so’ng esa o’rta tosh-mezolit asri boshlanib, 12-15 ming yilliklar orasidagi davrni qamrab oladi.

Mezolitdan so’ng tosh asrining so’nggi bosqichi neolit-yangi tosh asri boshlanib Evropaning markazi, g’arbi, sharqi va janubiy o’lkalarida, Osiyoda uning sanasi 5-3 ming yilliklarga mansubdir.

Ayni vaqtda mazkur arxeologik davrlar Er tarixining geologik bosqichlari bilan zamondosh bo’lishi ham mumkin.

Odamning paydo bo’lishi zaminimiz tarixining to’rtlamchi bosqichiga to’g’ri keladi.

Geologik jihatdan to’rtlamchi davr to’rt: neogen, eopleystosten, pleystosten va golosten bosqichlariga bo’linadi.

Mazkur davrda Shimoliy Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning ko’p joylarini vaqti-vaqti bilan Dunay, Gyunst, Mindel, Riss va Vyurm deb ataluvchi muzlik qoplab turgan. Lekin golostenga kelib mazkur joylardagi muzlar erib u erlarning tabiati o’zgarib ketdi. Arxeologik nuqtai nazaridan neogen va eopleystosten qadimgi tosh asrining Olduvay (shellgacha) pleystosten qadimgi shell, O’rta va so’nggi ashel, mushe va so’nggi paleolit davrlariga to’g’ri keladi. Golosten esa mezolit va neolit asrlariga mos tushadi. Kishilikning ibtidoiy bosqichini to’g’ri davrlashtirish uchun arxeologiya, geologiya, klimatologiya va boshqa fanlar qo’lga kiritgan yutuqlarni joriy qilish ijobiy natijalar berishi mumkin. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlab chiqarish kuchlarini to’laroq o’rganish uchun imkon beradi.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling