1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet1/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )


1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari.

Reja :
1. Arxeologiya fani tarixi.

2 Arxelogiyaning vazifalari

3. Arxeologik ekspedistiyalar
Tayanch tushunchalar

Shurf, materik, mezolit, neolit, eneolit, bronza, manba, paleozoologiya, paleobotanika, yodgorlik, marza, madaniy qatlam arxeologik yodgorliklar.

Keyingi davrlarda arxeologiya fani katta yutuklarni ko’lga kiritdi. Bunda albatta arxeolog olimlarimizning xizmatlari katta. Ularni bilish va qadrlash bugungi kundagi yosh avlodning muhim burchidir.

Keyingi yillarda, O’zbekiston xududi qadimiy insoniyat beshiklaridan biri ekanligi isbotlandi. Bunda Uzbekiston xududidan qadimgi odamning qoldiklari topilishining ahamiyati katta. Mustaqillik yillarda o’lkada topilgan arxeologik yodgorliklarning yoshi ancha kadimiy ekanligini yanada boy etirildi. Bugungi kunda arxeologiya fanida bunday ma’lumotlar katta o’zgarishlarga olib keldi.

O’zbekiston arxeologiyasida tarixni qadimiylashtirish masalasida U.I.Islomov va K.A Kraxmallarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ular O’rta Osiyo hududining geotektonik va geomagnit hodisalarini hisobga olib, paleolit davri yodgorliklari yoshini 500-600 ming yilga qadimiylashtirdilar.

Arxeologiyada davrlashtirish masalasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki topilgan har bir buyum o’z davri to’g’risida nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni beradi.

Tarixda eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga ajratilib o’rganiladi.

Tarixiy jihatdan ikkita yirik davr "ibtidoiy tuda" va "urug’chilik jamoasi davri"ga bo’lingan. O’z navbatida urug’chilik jamoasi matriarxat (ona urugi xukmronligi davri) va patriarxat (ota urug’i xukmronligi davri)davrlariga bo’linadi. Mazkur yirik tarixiy boskich arxeologik jihatdan mehnat qurollari tarkibiga qarab - paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza vatemir davrlariga bo’linadi.

Qadimgi davr miloddan oldingi YI asrdan milodiy IY asrgacha bo’lgan davrni tashkil qilib, 2 bosqichga bo’linadi;


  1. arxaik davr bo’lib, u miloddan oldingi YI-IY asrlarni uz ichiga oladi. Bu bosqich axamoniylar xukmronligi bilan bog’liq.

  2. 2-antik davr deb atalib, miloddan oldingi IY asrdan to milodiy IY asrgacha bo’lgan davrni tashkil qiladi. Bu bosqich yunon-makedoniyaliklar xukmronligidan boshlanib to kushonlar saltanati inqrozigacha davom kiladi.

O’rta asrlar qam o’z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo’linadi.

1-boskich ilk o’rta asrlar davri bo’lib u milodiy Y- | X asrlarni tashkil kiladi, bu davr ijtimoiy taraqqiyotda yangi er egaligining tashkil topishi, ya’ni eftalitlar xumronligidan boshlanib, turk hoqonligi inqrozigacha davom qiladi.

2-bosqich rivojlangan o’rta a srlar davri bo’lib, milodiy IX- XYI asrlarni tashkil qilib, u arablar istilosi davridan to Uzbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrgacha davom qiladi.

3-bosqich so’nggi o’rta asrlar davri bo’lib, u milodiy XYI - XIX asrlarni tashkil kiladi U Uzbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrdan to Rossiya xumronligi davrlarini o’z ichiga oladi.

. Arxeologiyada eng qadimgi davr tarixi tabiiy sharoiti bilan bog’liq bu "ekofakt" va "artefakt" termini bilan ishlatiladi.

"Ekofakt"— insonlarni qurshab turgan tabiiy muxit omillari xisoblanadi. Inson yashash uchun kurashib, tabiiy muxitga moslashadi va o’z hayot tarzi uchun zarur narsalarni mavjud tabiatdan undiradi va o’ziga xos madaniy izlarni qoldiradi. Shu jihatdan insoniyat shakllanishida tabiiy omil muxim rol o’ynaydi. Insoniyat tarixini o’rganish davomida uni e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.



"Artefakt"-- insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat ob’ektlari sanaladi, ya’ni turli mehnat, ov va jangovor qurollar, sopol buyumlar, turli xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy-joy qoldiklari, qal’a, qasr va qo’rg’onlarning xarobalari, kadimiy dalalar, ariq va kanallarning izlari, mozor-qo’rg’onlar va boshkalar. Moddiy madaniyat arxeologiya fanining asosiy tadkiqot manbai bo’lib, ularni izlab topish, yoshini aniqpash, taxlil kilish va ilmiy sistemalashtirish asosida tarixni tiklash arxeologlar oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.

Arxeologiya termini «arxayos»— qadimgi, «logos»— fan, degan ikkita qadimgi yunoncha so’zning birikishidan tashkil topgandir; demak, «arxeologiya» qadimgi bilimlar haqidagi fan, degan ma’noni bildiradi.

Tarixning asosiy manbai yozuv va uning manbalari bo’lib, uning paydo bo’lishi miloddan avvalgi IV—III ming yilliklarga borib taqalsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan juda qadimiydir.

Arxeologiya insoniyatning o’tmish tarixini o’rganishda arxeologik ekspedistiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga suyanib ko’radi. Arxeologik ekspedistiyalar deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo’li bilan o’rganish usuli tushuniladi.

Joylarda arxeologik ekspedistiyalarni maxsus ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlarining arxeologiya kafedralari, san’atshunoslik institutlari, muzeylar, shuningdek o’lkani o’rganish to’garaklari tashkil etadi.

Hozir O’rta Osiyoning barcha respublikalarida shahar, tuman, qishloq va ovullarda yuzlab arxeologik ekspedistiya va guruhlar samarali ish olib bormoqdalar.

Arxeologik ekspedistiya va guruhlarning ish uslubi uch pog’onali bo’lib,
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling