1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet7/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Tosh asri (davri);

Bronza asri (davri);

Temir asri (davri).

Qadimgi tosh davri uch bosqichga

Paleolit mezolit Neolit davrlarga bo’linadi.

Paleolit o’z novbatda uchga— ilk, o’rta va so’ngi paleolitga bo’linadi. Mezolit—o’rta tosh davri deb aytiladi. u O’rta Osiyo yodgorliklarida ikki bosqich bilan xarakterlanadi. Mezolit miloddan avvalgi XVII—VII mingyilliklarni o’z ichiga oladi.

Mezolitdan so’ng tosh davrining so’ngi, yakunlovchi bosqichi— neolit — yangi tosh asri boshlanib, u ham ilk va so’ngi neolitga ajratib o’rganiladi. Neolit miloddan avvalgi VI—IV ming yilliklarni o’z ichiga oladi.



Neolit va bronza davri oralig’ida eneolit— mis-tosh asri degan bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi IV mingyillikning oxiridan III mingyillikning o’rtalarigacha davom etadi. Kishilik madaniyatining eng qadimgi qoldiqlari ashel davriga mansub bo’lib, ular Ukraina va Kavkazdan topilgan. O’rta Osiyo va Quyi Volga bo’ylarida ashel davri yodgorliklari birmuncha keng tarqalgan.

Ulug’ muzlanish arafasida odamlar olovning foydali xususiyatlarini yaxshi o’rganib olganlar, fil, karkidon, bug’u, zubr kabi yirik hayvonlarni ovlaganlar. Ashel davridayoq ibtidoiy ovchilar bir joyda uzoq yashab, o’troqlikka o’ta boshlaganlar. Yangi topilmalar kishilikning ilk bosqichidagi xo’jalik hayoti haqidagi avvalgi tasavvurlarimizni o’zgartirishga olib keldi. Shu narsa aniqlandiki, sodda ovchilik va oddiy termachilik tirikchilikning asosiy vositasi hisoblangan.

Yog’och va tosh qurollar bilan qurollangan ovchilar o’zlarining muayyan ijtimoiy tashkilotlariga ega bo’lgan bo’lishlari va bu tashkilotlar ular mehnat faoliyatini ancha engillashtirgan bo’lishi kerak.

Ibtidoiy davr kishisining eng katta yutuqlaridan biri olovning o’zlashtirilishi bo’lib, bu hodisa miloddan 300—150 ming yil muqaddam, ehtimol undan ham oldin sodir bo’lgandir. Shu tufayli bo’lsa kerak, janubiy o’lka xalqlarining afsonalarida osmon olovini o’g’irlab kelgan afsonaviy qahramonlar haqida rivoyatlar keng tarqalgan. Prometey va boshqalar haqidagi afsonalar shular jumlasidandir.

Fanda tayyor odam bundan 35—40 ming yil muqaddam paydo bo’lgan, degan nazariya bor. Bu masalada juda ko’p mulohazalar mavjuddir.

Ashel davrining oxirlarida madaniyat sohasidagi jiddiy siljishlar natijasida ancha mukammallashgan neandertal odamlari paydo bo’lib, ular Evrosiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlari sari asta-sekin silj borganlar . Qadimgi tosh asri yodgorliklari. O’zbekiston xududining geotektonik va geomagnit xodisalarini tadqik qilish natijasida uning o’ziga xos jihatlari aniqlandi. Bu esa paleolit davri xronologiyasida o’zgarishlar qilinishiga olib keldi. Ilk paleolit davri jaxon arxeologiyasida 3 mln yillikdan to — 100 ming yilliklargacha deb belgilangan. O’zbekistonda, ilgari, ilk paleolit davri millvv. 1 mln yillikdan 100 ming yillikkacha davom etgan deb xisoblangan Lekin keyingi davrlarda arxeologiyada sohasidagi yutuqlar bu sanani yanada aniklashtirdi. Arxeologik davrlashtirishning yangi metodi asosida uning bundan 2 mln yillikdan 200 ming yillikgacha davom kilganligi aniklandi.

Garchi O’rta Osiyo territoriyasidan topilgan ibtidoiy kishilarning eng qadimgi tosh davri yodgorliklari o’rta va so’ngi tosh davri yodgorliklariga nisbatan kam o’rganilgan. Bu yodgorliklar topilgan joylar Ko’lbuloq, Uchtut, Bo’riqazigan, Tanirqazigan, Onarcha, Qoratangir, Qizqal’a, Yangaja, Takali, Kamar, Shabakti, Uchbuloq, Uzunbuloq, Qoratog’, Loxutiy I, Havolang va boshqalardir.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling