1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet15/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

5-mavzu: O’rta tosh asri va so’ngi Paleolit davrining arxeologik o’rganilishi. (2 soat)

Reja:

O’rta tosh asri haqida umumiy tasnif.

Teshiktosh g’or-makoni.

Amir Temir g’ori.

4.So’nggi tosh asrga oid O’zbekiston makonlarii

TAYaNCh ATAMALAR

Teshiktosh, Obirahmat, Xo’jakent, Ko’lbuloq, Qo’tirbuloq, Uchtut, Qayroqqum, Og’zikichik, Semiganch, Oqjar, Qorabura, Ko’hi-Niyoz, Tossar, Qanchig’ay, Qashqirbuloq, Qoratangir, parmalar, diorit, kvarstit, xalstidon, kvarst, slanestlar, plastinkalar, siniq-uchirindi, qirg’ichcha, chaqmoqtosh, gavron, nayza, riss-vyurm, stelsiy, slanestli chaqmoqtosh, nukleus, parrakcha, qo’l chopqilari, sodda tosh qirg’ichlar, uchrindi.

Xo’jagor, Shugnau, Ko’lbuloq, Yangachcha 11, Achchisoy, Esen 2, Tuyabo’g’iz, Bo’zsuv, Komsomol ko’li, Uchtut, Semizbug’u, Sariko’l, Tulkili, Angrensor 2, Qorabosh 3, Betpak 7, kromanon-gomosapiens, nayza, pichoq, qirg’ichlar, teshgich, nayza otqich,


Olimlar muste davrini ilk tosh asriga mansub deb hisoblaganlar, muste neandertallari g’orlarda ham, Ulkan mamont suyaklaridan tayyorlangan turar-joylarda istiqomat qilganlar. Mazkur davrda odamlar olovni saqlabgina qolmay, balki quruq yog’ochni bir-biriga ishqalash yo’li bilan yoki chaqmoqtoshni bir-biriga urish natijasida olov hosil qilgan bo’lishlari kerak.

O’rta tosh asri kishilarining asosiy mashg’uloti mamont, bizon, bug’u, tog’ zchkisi, arxar va boshqa hayvonlarni ovlab kun ko’rish bo’lib, ovchilik ular xo’jaligida muhim o’rin tutgan. Lekin termachilik ham ular xo’jalik hayotining asosini tashkil etgan (ayniqsa janubiy o’lkalarda). Mustening boshlanishi riss-vyurm muzliklararo davriga to’g’ri kelib, bu davrda iqlimi ancha yumshagan katta-katta o’rmonlar paydo bo’lgan.

Muste davriga kelib, murdalarni sun’iy tarzda kovlangan qabrga ko’mish birinchi bor qo’llanilganki, bu ancha murakkab g’oyaviy tushunchalar paydo bo’lganligidan dalolat beradi, o’rta tosh asri oxirida sodir bo’lgan bo’lishi kerakki, bu yangi odam — kromanon-gomosapiens odamining paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayondir.

O’rta Osiyoda muste madaniyatini o’rganish 1938 yillardan boshlangan bo’lib, qariyb 70 yillik tarixga ega. Ana shu yillar mobaynida O’rta Osiyoning turli tumanlaridan 100 dan ortiq muste yodgorliklari topildi, ularni atroflicha o’rganishga kirishildi, shu davr madaniyatiga oid ko’plab maqolalar, to’plamlar va risolalar chop etildi.

O’rta Osiyodagi eng mashhur muste yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo’jakent, Ko’lbuloq, Qo’tirbuloq, Uchtut, Qayroqqum, Og’zikichik, Semiganch, Oqjar, Qorabura, Ko’hi-Niyoz, Tossar, Qanchig’ay, Qashqirbuloq, Qoratangir va boshqa qator joy-makonlarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari, nomlari hali mashhur bo’lmagan o’nlab muste davri yodgorliklari mavjudki, ularning jamini hisoblaganda qadimgi tosh asrining o’rta bosqichiga mansub muste davri makonlari O’rta Osiyoda 300 ga yaqinlashib qoladi.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling