1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Bo’zsuv 1 makoni. Bu makon qadimgi Bo’zsuv kanali bilan Qoraqamish jarligining quyilish joyida, Quyibo’zsuv GES— yaqinidagi Shoimko’prik degan mavzeda joylashgan. Quyibo’zsuv makonidan 250 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Shundan 150 tachasi ancha qadimiy xarakterga ega bo’lib, gardishsimon, bir maydonli, ikki maydonli, ko’p maydonli nukleuslar, parraklar, uchrindilar, tosh pichoqlar, qirg’ichlar, kurakchalar, kesuvchi qurollar, teshgichlar, o’tkir uchli paykonlar, tishli qurollardir, ularning aksariyati retushlangan.
Bo’zsuv I ning o’ziga xos tosh qurollari namunalari Tuyabo’g’iz suv ombori havzasida uchrab, muste davri bilan xarakterlanadi. Bo’zsuv 1 tosh qurollarga o’xshagan qurollar Bo’zsuv 2-6 joy-makonlaridan ham topilgan va ular orasida o’xshashliklar ko’p. Shulardan xulosa chiqarib, Bo’zsuv 1 makonnining quyi qatlamidan chiqqan tosh qurollar muste davriga mansubdir, deyish mumkin. Toshkent va uning atrofidan topilgan tosh asri yodgorliklarini o’rganish natijalariga, shunigdek vohaning qulay tabiiy-geografik sharoitiga asoslanib, shuni aytish mumkinki, Toshkent vohasiga odamlar qadimga tosh asridayoq kirib kelib, muste va undan keyingi davrlarda voha bo’ylab keng tarqala boshlaganlar. Chirchiq va Oxangaron daryolari hamda Qoraqamish jarligidan topilgan ashel, muste, quyi, o’rta, yangi tosh va bronza davriga mansub yodgorliklarning topilishi fikrimizning dalilidir. Zarafshon voxasining qulay tabiiy-geografik sharoiti ham juda qadim zamonlardan boshlab ibtidoiy kishilarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Voha bo’ylab Omonqo’ton, Zirabuloq, Qo’tirbuloq, Kovobi, Vaush, Ijond, Go’rdara kabi qator qadimgi tosh asri yodgorliklarining topilishi diqqatga sazovordir. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling