1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet16/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Obirahmat g’or-makoni. Muste davriga mansub g’or-makonlardan biri shu Obirahmat g’oridan topilgan. U Toshkent shahridan 100 km shimoli-sharqda, G’arbiy Tyan-Shan Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G’or yoysimon shaklda bo’lib, eni 20 metrdan ortiqdir, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug’.

Shuning uchun unda 10 metr qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam vujudga kelgan. G’orda ibtidoiy odamlar madaniyati va hayotini aks ettiruvchi madaniy qatlamlar saqlanib qolgan. Uning madaniy qatlamlaridan ohak toshli chaqmoqtoshdan yasalgan xilma-xil mehnat qurollari va buyumlar, chunonchi, nukleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar va kurakchalar, uchrindidan tayyorlangan pichoqlar kovlab olingan bo’lib, ularning umumiy soni 30 mingdan ortadi. G’orning madaniy qatlamlaridan topilgan qurollarning ishlanish texnikasi o’ziga xos bo’lib, prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika bilan xarakterlanadi. G’ordan hayvon suyaklaridan yasalgan bigizlar, shuningdek asl bug’u, tog’ echkisi, to’ng’iz, jayron, g’or sheri, arxar va boshqa hayvonlarning suyaklari, gulxan, kul, ko’mir va boshqa narsalar qoldiqlari ham topilgan.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling