1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


ov quroli- Tosh nayzalar, pichoqlar, qirg’ichlar, teshgichlar mehnat quroli


Download 235.97 Kb.
bet24/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

ov quroli- Tosh nayzalar, pichoqlar, qirg’ichlar, teshgichlar

mehnat quroli toshdan yasalgan qurollar, teri va boshqalar mehnat qurollari edi.

yog’ochdan yasalgan qurollar bizgacha saqlanib qolmagan, hayvon suyaklaridan ham ko’plab qurollar yasaganlar. Garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar shular jumlasidandir.

Quyi paleolit davrida mamlakatimizda, xususan O’rta-Osiyoda sun’iy yasalgan turar joylar keng tarqalgan bo’lishi kerak.

Bular erto’la, yarim erto’la va chayla shaklidagi boshpana bo’lib, ular ustiga va yon tomonlariga hayvon suyaklari terilib, uning ustidan esa hayvon terilari tashlangan, yoki qamish bosilgan. Bunday turar joylar va makonlar ko’p tarqalgan. Ularning aksariyati tog’lik va to’qayzorga yaqin joylardan topilgan.

Boshpana, chayla, manzilgohlarni o’rganish olimlarga bu davr kishilarining urug’-urug’ bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. Bunday urug’lar birlashib, urug’ jamoasini tashkil etgan.

Kichik-kichik uy-joylar bo’lganligi juft oilalar paydo bo’lganidan darak beradi.

Ibtidoiy mozorlarni kovlash vaqtida ularning ba’zilaridan murda qoldiqlari bilan birga mamont dandoni va suyaklaridan yasalgan qurol va bezaklar ham topilgan.

So’nggi tosh asridagi eng muhim o’zgarishlardan biri san’atning kelib chiqishidirki, bu kishilik madaniyati tarixida alohida ahamiyatga egadir. Bu jihatdan Franstiya, Ispaniya, Italiya hududidagi va boshqa joylardagi g’orlardan bo’yoq bilan chizilgan rasmlarning topilishi diqqatga sazovordir. O’rta Osiyo tog’lari orasidan ham quyi tosh va mezolit davriga mansub rasmlar topildi. Ular Zarautsoy, Xurtakasoy, Bittikchashma va Sariyoz rasmlaridir. Ularda karkidonlar, mamontlar, odamlar, ot, buqa, it, tulki, cho’chqa va jayronlar, o’q-yoylar, tog’ echkilari va boshqa narsalarning tasvirlari mahorat bilan ishlangan. Bu rasmlar urug’chilik tuzumi davri kishilari xo’jalik hayotining ba’zi tomonlarini o’rganishda va diniy tushunchalar. bilan tanishishda biz uchun qimmatli dalildir.

So’nggi tosh asri manzilgohlarini kovlash vaqtida suyakdan, loydan va boshqa narsalardan ishlangan ayol haykalchalarining topilishi ayollarga e’tiqodning kuchli bo’lganini bildirsa, ikkinchi tomondan, o’sha davrda jamoada ona-ayollarning mavqei baland bo’lganligidan, binobarin, urug’ onadan boshlanganligidan darak beradi. Oila - nikoh munosabatlaridagi tartibsizlik natijasida tug’ilgan bolalar otasiiing kimligini bilmaganlar, ular onasining bag’rida tarbiyalanib o’sganlar. Ona va ayollar uy xo’jaligida muhim o’rin o’ynab, o’choqdagi olovni, boshpanani, bolalarnn asrab, parvarish qilganlar. Katta yoshdagi ayollar urug’ hisobini olib borganlar, tashqi nnkohga nisbatan qat’iy tartib o’rnatganlar, o’zaro qarindosh-urug’lar orasidagi nikoh asta-sekin bekor qilina boshlagan, oilaning ichki tartibi ustidan kuchli nazorat qilib turganlar.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling