1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


O’rta Osiyoning so’nggi tosh asri yodgorliklari


Download 235.97 Kb.
bet25/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

O’rta Osiyoning so’nggi tosh asri yodgorliklari. Yuqori tosh asri bir necha million yil davom etgan qadimgi tosh asrining so’nggi bosqichini tashkil etadi. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi ajdodlari ham o’z boshlaridan ilk tosh asri davrini kechirganlar.

Ammo O’rta Osiyoning so’nggi tosh asri yodgorliklari muste yodgorliklariga nisbatan xiyla sust o’rganilgan, chunki mazkur o’lkada bu davrga mansub yodgorliklar, joy-makonlar muste davridagidek ko’p emas. So’nggi tosh asri kishilari endilikda faqat tog’da yashamay, balki vodiylarga, daryo bo’ylariga tushib kelganlar va shu joylarda istiqomat, qila boshlaganlar. Keyinchalik bular yashagan joy-makonlarning aksariyati nobud bo’lgan, sellar yuvib, shamol yalab va keyinchalik erlar o’zlashtirilishi natijasida madaniy qatlamlar yo’q bo’lib ketgan. Ularning ko’plari hali ham er ostida yashirinib yotibdi. Ular qadimgi va o’rta asr qal’a, qishloq, shahar suv inshooti kabi ko’zga tashlanadigan yodgorliklar emaski, tez topib o’rganilsa. Shuni aytib o’tish kerakki, vodiy va tekisliklardagi tosh asri makon-joylarining aksariyati tasodifiy ravishda kashf etilgan. Ammo ular bundan buyon ham tasodifiy ravishda topiladi deb o’tirmay, hamma joyda muttasil qidirish ishlari olib borish kerak.




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling