Qora-Bura joy-makoni. Bu makon Tojikistondagi muste davri ochiq joy-makonlaridan biridir. Bu mashhur joy-makon Vaxsh daryosining chap sohilidagi Shikkul qishlog’i yaqikidagi do’nglikda joylashgan. Qora-Bura joy-makonining madaniy qatlamidan 8000 dan ortiq tosh parchalari va mehnat qurollari topilgan bo’lib, ularning yarmi qurol qilish uchun tayyorlangan mayda toshlardan iboratdir. Madaniy qatlamlarda levallua xususiyatiga ega bo’lmagan har xil nukleuslar, levallua tarzidagi uchrindilar ko’p uchraydi. Mukammallashgan qurollar u qadar ko’p emas. Yaxshi ishlangan o’tkir uchli paykonlar ko’p, haqiqiy qirg’ichlar esa ancha kam. Ammo chetlari retushlangan-kertilgan qirg’ichsimon qurollar va siniqlar ko’pchilikni tashkil etadi. Qora-Burada daryo toshlaridan tayyorlangan chopping va chopperlar ayniqsa ko’pdir. Qora-Bura tosh qurollarini puxta o’rgangan V. A. Ranov ularning uch xususiyati haqida to’xtalib, qurollar levallua xususiyatiga ega bo’lmaganligini, qurolga ishlov berishning muste xususiyatini va qurollarning aksariya-ti daryo toshlaridan yasalganligini hisobga olgan holda Qora-Bura yodgorligining Hindiston va Pokistonning muste-soan madaniyati bilan yaqinligini payqagan. Makondan muste-soan davriga mansub hayvon suyaklari ham topilgan.
Qora-Bura joy-makoni O’rta Osiyo muste madaniyatida alo-hida o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |