1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet20/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Teshiktosh g’or-makoni. Bu g’or-makon respublikamiz janubida joylashgan bo’lib, butun O’rta Osiyodagi muste yodgorliklarining eng nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Teshiktosh g’ori Surxondaryo viloyat, Boysun tumannidagi Boysun tog’ining janubiy yonbag’ridagi Turgandaryoning Zavtalashgansoy darayosida, dengiz sathidan 1500 metr balandda joylashgan. G’or shimoli-sharqqa qaragan bo’lib, kengligi old qismida 20 metr, chuqurligi 21 metr va balandligi 9 metrdir. Teshiktosh g’orini kovlash natijasida beshta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta toshdan yasalgan mehnat qurollari, siniq uchrindilar, tosh parchalari chiqqan bo’lib, shundan 2520 tasi siniq uchrindi, 134 tasi plastinka parrakcha, 94 tasi har xil tosh qurollar, 101 tasi turli shakldagi nukleuslar va 10 tasi tosh bo’lakchalaridir

Teshiktoshdan topilgan toshlar orasida qirg’ich tarashlagichlar alohida o’rinni egallaydi va ularning ba’zilari keskich qurol vazifasida ham ishlatilgan bo’lishi mumkin Madaniy qatlamlardan o’tkir uchli paykonlar, ularning parchalari, tosh pichoqlar, parrakchalar, sixchalar, qirg’ich, kurakcha, chopper, chopqi va shu kabi qurollarning topilishi muhim ahamiyatga egadir. Aynn vaqtda g’ordan gulxan izlari va kul qoldiqlari ham topilib, gulxan o’rni va atroflaridan tog’ echkisi, bug’u, yovvoyi ot, ayiq, giena, leopard, bars, quyon, kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari ham topilgan.

Eng muxim yuqori madaniy qatlamning 25 sm chuqurlikdagi joyidan 8—9 yoshli bolaning to’liq bo’lmagan skeleti va bosh suyagi topilgan. Aftidan skeletning yarmini yirtqich hayvonlar g’ajib ketgan bo’lsa kerak.



Teshiktoshdan topilgan bolaning bosh suyagn mashxur arxeolog antropolog olim M.M. Gerasimov tomonidan tiklangan. Uning yonidan esa tartib bilan terib qo’yilgan bir necha juft tog’ echkisi shoxlari ham topilgan. Teshiktoshdan topilgan qurollar muste davriga mansub bo’lib, bola esa neandertal kishilarning tipik vakili ekan. Teshiktoshdan topilgan tosh qurollar o’zining ko’p tomonlari bilan Zirabuloq, Qo’tirbuloq, Omoyaqo’gon, Ko’lbuloq, Obirahmat va qo’shni Tojikistondan topilgan muste davri qurollariga o’xshashdir. G’or-makondan ko’plab yovvoyi hayvon suyaklari qoldig’ining topilishn teshiktoshliklarning xo’jaligida ovchilikning juda katta rol o’inagannni bildiradi.

Ammo teshiktoshliklar yashagan Boysun tog’lari yovvoyi mevalarga boy bo’lgan. Shuning uchun ular termachilik bilan ham shug’ullanganlar.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling