Laboratoriya ishi -3 b guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari


Download 40.14 Kb.
bet1/5
Sana12.10.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1699715
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3


Laboratoriya ishi -3
B guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari
Tayanch iboralar: vitamin, tiamin, aneyrin, izobutil spirit, probirkalar, tomizgichlar, shisha kurakchalar, mikropipetkalar, kapillarlar, flyuoroskop.


Vitaminlar - inson oziqa moddalari tarkibiga kiruvchi, almashtirib bo‘lmaydigan, kichik molekulali organik birikmalardir.
Ular odam va hay von organizmida sintezlanmaydi, boshqa moddalar singari organ va to‘qimalar qurilishida ishtirok etmaydi, energetik manba sifatida ahamiyatga ega emas.
В1 vitamini (tiamin, aneyrin). Kimyoviy jihatdan toza B1 vitamini - rangsiz kristall kukun bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Tiamin kislotali muhitda (masalan medada) turg‘un bo‘lib, ishqoriy eritmada parchalanadi. Shu sababli ovqat ishqoriy muhitda pishirilganda vitamin yo‘qoladi. B1 vitamini tarkibi bo‘yicha tiazol va pirimidin halqalari birikmasidan iborat.
Odam va hayvon organizmida pirofosfat efiri ko‘rinishida lipoil kislota, koenzim A (HSKoA), NAD+, FAD+ kofermentlar kompleksibilanbirgalikdaa-ketokislotalar (piruvat, a-ketoglutarat) ning oksidlanishli dekarboksillanishida qatnashuvchi ferment tizim i tarkibiga kiradi.
Ushbu reaksiyaning umumiy qisqacha ko‘rinishini piruvat misolida quyidagicha yozish mumkin:

Organizmda tiamin yetishmaganda piruvatni dekarboksillanishi va keyingi oksidlanishini buzilishi kuzatilib, to‘qimalarda piruvat to‘planadi. Piruvatning oksidlanishining keskin buzilishi ayniqsa, bosh miya va periferik nerv sistemasi funksiyasida jiddiy o‘zgarishlar (nevritlar, paralich va hokazo)ni keltirib chiqaradi.
B1 vitamini asosan uglevodlar almashinuvining kucli boshqaruvchisi hisoblanadi, chunki piruvat va a-ketoglutarat uglevodlarning anaerob oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. K o‘proq uglevodlar saqlagan ovqat iste’mol qilinganda organizmning Bj vitaminiga talabi oshadi. Katta odamning tinch sharoitda aralash ovqat qabul qilganida Bj vitaminiga ehtiyoji 2 mg ni tashkil etadi.

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling