Laboratoriya ishi -3 b guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari


Download 40.14 Kb.
bet4/5
Sana12.10.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1699715
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3

B6 vitaminining temir xlorid bilan reaksiyasi
B6 vitaminining rangsiz eritmasi temir xloridi ishtirokida temir fenolyati ko‘rinishidagi qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Reaksiya B6 vitamini molekulasidagi pirimidin halqasining uchinchi o‘rindagi fenol gidroksiligabog‘liq. Aynan shunday rangli reaksiyani temir xloridi ta’sirida piragallol eritmasi bilan ham olsa bo‘ladi.
Tekshiriluvchi material: B6 vitaminining 5% li eritmasi.
Reaktivlar: temir xloridining 5% li eritmasi.
Jihozlar:
1. Shtativli probirkalar.
2. Tomizgichlar.
Ishni bajarilishi
1. Probirkaga 5-10 tomchi B6 vitaminining eritmasidan olinib, 1— 2 tomchi 5% li temir xlorid eritmasidan tomiziladi.
2. Aralashtirilgach, suyuqlik qizil rangga kiradi.
B12 vitamini (siankobalamin, antianemin)
В12 vitamini ignasimon kristallardan iborat bo‘lib, tarkibida kobalt saqlaganligi uchun to‘q qizil rangli, suvda va spirtda yaxshi eriydi. Odam organizmida В12 vitamini yetishmasligi oqibatida xavfli anemiya kelib chiqadi.
Mazkur kasallik ko‘mikda qon shaklli elementlarining sintezini buzilishi tufayli qon tarkibida eritrotsitlar miqdorining kamayishi, yetilmagan yosh shakllarining paydo bo‘lishi va asab tizimi ishining izdan chiqishi bilan xarakterlanadi. Bi2 vitamini unumlari kobamidli kofermentlar nomi bilan atalib, ko‘pchilik modda almashinuv jarayonlarida fermentlar tarkibida metil guruhining almashinuvida qatnashadi.
Ular masalan, tiamin sintezida pirimidin halqasining metil-lanishini katalizlaydi. B ]2 vitamini hayvon mahsulotlarida, asosan, mol va jo‘jalar jigarida ko‘proq uchraydi.
Inson organizmining B 12 vitaminiga sutkalik ehtiyojining miqdori aniqlanmagan, taxminan kuniga 1-1,5 mkg qabul qilish tavsiya etiladi. B12 vitamini qon hosil bo‘lishi buzilganda, jigar va nerv tizimi funksiyalari o‘zgarganda dori votsitasi sifatida qo‘llaniladi.
B12 vitamini tarkibidagi kobaltni tiomochevinali reaksiya bo'yicha aniqlash. B12 vitamini molekulasida kobalt (4,5%) saqlagan birdan-bir vitamin bo‘lib, uni ochish uchun vitamin eritmasi avval minerallashtiriladi, so‘ngra tiomochevina ishtirokida aniqlanadi.

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling