Laboratoriya ishi -3 b guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari


Download 40.14 Kb.
bet5/5
Sana12.10.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1699715
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi-3

Tekshiriluvchi material: ampuladagi В12 vitamini eritmasi.
Reaktivlar:
1. Konsentrlangan sulfat kislota eritmasi.
2. 10% li tiomochevina eritmasi.
Jihozlar:
1. Probirkalar.
2. Tomizgichlar.
3. To‘rli shtativ.
4. Kulsiz filtrlar.
Ishni bajarilishi
1. В12 vitamini bo‘lgan ampula ochilib, ichidagi eritma probirkaga o‘tkaziladi.
2.3-5 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizilib, probirkani biroz engashtirilgan holatda shtativga mustahkam joylashtiriladi va havo tortuvchi shkafda rangi yo‘qolguncha yoqiladi.
3. Rangsizlantirilgan suyuqlik mineraliga ehtiyotlik bilan oz-ozdan taxminan 1 ml suv qo‘shib, aralashtiriladi.
4. 2-3 tomchi 10% li tiomochevina eritmasi kulsiz filtrga tomizilib, to‘rli gorelka ustida quritiladi.
5. So‘ngra filtratga 1-2 tomchi olingan mineralizatdan tomizilib, yana filtr to‘r ustida qizdiriladi. Filtr atrofida ko‘kimtir bo‘yalish hosil bo‘lishi Bi2 vitaminining molekulasida kobalt borligini tasdiqlaydi.

Takrorlash uchun savollar:
1. Avitaminozlar va gipovitaminozlar nima, ulaming kelib chiqish sababi nimada?
2. Oziqa tarkibidagi vitaminlar B1, B2, В3, PP va С yetishmasligidagi avitaminozlarning qanday maxsus belgilari bor?
3. Ovqat tarkibidagi A, D va К vitaminlari yetishmaganda qanday kasalliklar kelib chiqadi?
4. Vitaminlarga xos qanday sifat reaksiyalarini bilasiz?
5. Vitaminlar bilan fermentlar о ‘rtasida qanday bog ‘liqlik bor?
6. Vitaminlar aralashmasini qaysi usul yordamida ajratish mumkin? Mazkur usul nimaga asoslangan?
7. Cho‘chqalarni B1 vitaminiga bo‘lgan sutkalik talabi qanday?
8. Buzoqlarni B3 vitaminiga bo‘lgan sutkalik talabi qanday?
9. Bir gramm yog‘ yonganda qancha kalloriya issiqlik beradi?
Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling