Laboratoriya ishi -3 b guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari
Download 40.14 Kb.
|
Laboratoriya ishi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar: 1. Probirkalar. 2. Tomizgichlar. 3. Shisha kurakchalar. 4. Mikropipetkalar. 5. Kapillarlar. 6. Flyuoroskop. Ishni bajarilishi
В1 vitaminining tioxromga oksidlanish reaksiyasi. Tiamin ishqoriy muhitda qizil qon tuzi ta’sirida tioxromga oksidlanadi, uni eritmadan izobutil spirti bilan ajaratib olinib, ultrabinafsha nurda ko‘rilganda ko‘kimtir flyuoressensiya beradi:
Tekshiriluvchi material: tiamin kukuni. Reaktivlar: 1. Qizil qon tuzining 5% li eritmasi. 2. Natriy gidroksidning 30% li eritmasi. 3. Izobutil spirti. Jihozlar: 1. Probirkalar. 2. Tomizgichlar. 3. Shisha kurakchalar. 4. Mikropipetkalar. 5. Kapillarlar. 6. Flyuoroskop. Ishni bajarilishi 1. Shisha kurakcha bilan bir chimdim tiamin olib, probirkada 5—10 tomchi suv bilan eritiladi. 2. Eritmaga 5 tomchi 5% li qizil qon tuzi eritmasidan, 10 tomchi 30% li natriy gidroksiddan qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. 3. 5-10 daqiqadan so‘ng 15 tomchi izobutil spirti qo‘shib, 0,5-1 daqiqa davomida jadal chayqatiladi va tindiriladi. 4. Yuqoridagi spirtli qatlami kapillar yoki mikropipetka yordamida toza probirkaga o‘tkazilib, ko‘kimtir flyuoressensiyasini ultrabinafsha nurida kuzatiladi. B2 vitamini (riboflavin) B2 vitamini - sariq kristall modda bo‘lib, suvda va spirtda qiyin eriydi. Natriy gidroksid va xlorid kislota eritmalarida oson erib, achchiq ta’mli to‘q sariq rangli kristallar hosil qiladi. Mazkur vitaminning asosiy manbayi sifatida achitqi, tuxum sarig‘i, sut, jigar, go‘shtni ko‘rsatsa bo‘ladi. Katta yoshdagi kishilarda B2 vitaminiga bo‘lgan sutkalik talab 1,5-2,5 mg ni tashkil qiladi. B2 vitaminining alohida yetishmovchiligi odamlarda kam uchraydi, u ko‘pincha sifatsiz ovqatlanish davomida uchraydigan kasalliklarida (dermatoz, katarakta) va PP vitaminini miqdoriy yetishmovchiligida birga kuzatiladi. B2 vitamini kimyoviy jihatdan izoalloksazin unumini besh atomli spirt ribitol bilan bog‘langani, uning to4la nomi - 6,7- dimetil-9-D-ribitil-izoalloksazin yoki riboflavin. U riboflavin - 5-fosfat shaklida inson va hayvon organizmi flavinli fermentlari- ning prostetik guruhlari (FAD) tarkibiga kiradi. Flavoproteidlar biologik oksidlanishda degidrogenlanish reaksiyalarini katalizlashda ishtirok etadi. Shuning uchun riboflavin yetishmovchiligida organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlari buziladi, oqibatda har xil betoblik belgilari (soch to‘kilishi, ko’zning xiralashishi, og‘iz va lab shilliq qavatlarining shikastlanishi va boshqalar) kelib chiqadi. Biologik oksidlanish jarayonida nikotinamidadenindinnkleotid (NAD) flavinli fermentlarning maxsus substrati sanaladi. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling