1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet12/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Qoratog’ I joy-makoni. Bu joy-makon O’rta Osiyo, xususan Tojikiston hududdagi eng qadimgi tosh asri yodgorliklaridan biridir.

Qoratog’ I Dushanba shahridan 50 km janubi-sharqda bo’lib, Utagan qishlog’idan 1 km sharqi-janubda, Yavon Qoratog’ining yuqori qismidadir. U Yurgan-Dara jarligining janubi-sharqiy sohilida, okean sathidan 1720 metr, Vaxsh daryosi suvi sathidan esa 1125 metr balandda joylashgan.

Qoratog’ I ning madaniy qatlamlaridan chaqmoq va daryo toshlaridan tayyorlangan xilma-xil mehnat qurollari, chunonchi, qirg’ich, teshgich, chopper, qirg’ichcha, uchrindilar, tosh parchalari, nukleuslar, butun-butun qayroq toshlar, shuningdek qo’pol tosh chopqilar topilgan.

Qoratog’ I makonidan topilgan tosh qurollar va boshqa buyumlarni termolyuminesstent uslubi bilan tekshirish va tosh qurollarni qiyosiy o’rganish natijalariga qarab xulosa chiqarilsa, 5-qatlamdagi buyumlarning sanasi miloddan avvalgi 250—180 ming yil qadimiy davrga borib taqaladi. Bu qadimgi tosh asrining o’rta va so’nggi ashelga, Evropadagi riss yoki riss-vyurm muzlanish davrining boshlariga to’g’ri keladi.

Tadqiqotlarning natijasi Qoratog’ I joy-makoni O’rta Osiyodagi eng qadimiy tosh asri yodgorliklaridan biri ekanligini ko’rsatdi.

Xavolang joy-makoni Xavolang qishlog’idan 7 km shimoli-sharqda joylashgan bo’lib, dengiz sathidan 1800—2000 km balanddadir. Xavolangdagi Xanko I va II qatlamlaridan yirik uchrindilar, tosh parchalari, tosh chopqilar va boshqa narsalar topilgan. Qayruboq kesmasi qatlamidan ham tosh qurollar topilib, mazkur kesmadan olingan soz tuproqning yoshi 150000 yilga teng ekanligi aniqlangan.

Tosh qurollar va magmatik jinslar uchrindilarining chetlari esa retushlangan.

Xavolang joy-makoniping yoshi 150—160 ming yilliklarga mansub bo’lib, Qoratog’ makonidan keyingi bosqich hisoblanadi.

Loxutiy I joy-makoni ham Qoratog I kabi eng qadimiy tosh asri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu makon Qoratog I dan 80 km sharqda bo’lib, Xoshar daryosining Obimozor daryosiga quyilish erida joylashgan. Madaniy qatlamlardan juda ko’p tosh qurollar qazib olingan.

Loxutiy I riss-vyurm muzligi davriga mansub bulib, joy-makonidan topilgan tosh qurollar har jihatdan qiyosiy o’rganilib, geologik va termolyuminesstent usuli bilan tekshirilganda uning sanasi 120—130 mingyillik qadimiylikka ega ekanligi aniqlandi.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling