1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Shabakti I makoni. Bu makon Qozog’istonning Jambul viloyatidagi Sari suv tumani, Boyqadam havzasidan 20 km janubi-g’arbda bo’lib, u erdan siniq, nukleus, qo’pol qo’l chopqilari topilgan; qurollar ko’p jihatdan Bo’riqazigan va Tanirqazigan qurollariga o’xshab ketadi, demak, Shabakti I makonidan topilgan topilmalar ham ilk paleolitning ashel davriga, ya’ni miloddan avvalgi 700—350 mingyilliklarga mansub bo’lishi mumkin ekan.
Quyi paleolit bosqichiga mansub joy-makonlar Cho’loqtog’ shaharchasidan 36 km shimoli-g’arbdagi Uchbuloq, Shabakti-Intali, Burgutli va Uzunbuloqdan, Cho’qon Valixanov va boshqa joylardan ham topilgan. Qozog’istonning janubiy, markaziy va g’arbiy hududlarida ilk tosh asrining ashel bosqichiga mansub yodgorliklar—joy-makonlar O’rta Osiyoning boshqa hududlariga nisbatan ancha keng tarqalgan ekan. Bu holni O’rta Osiyoning g’arbiy, janubiy hududlari, shuningdek sharqiy qismi kamroq tadqiq qilinganligi va bu maydonlar ekinzorlarga aylantirilganligi bilan izohlash mumkin. Buning ustiga ilk tosh asri makonlari qabristonlar, qadimiy qishloq va shahar xarobalari kabi ko’zga yaqkol tashlanib turmay, er qatlamining ancha chuqur qismiga yashiringan bo’ladi. Shuning uchun ham tosh asri joy-makonlarini topish ancha murakkab ishdir. Qozog’istonga bevosita qo’shni bo’lgan Qirg’iziston hududida ham ilk tosh davri joy-makonlari sanoqli joylardan topilgan. 1953 yilda Qirg’izistonning On Archa degan joyidan ashel-muste davriga, ya’ni miloddan avvalgi 300—100 mingyilliklarga mansub chaqmoqtoshdan yasalgan qo’l cho’qmorlari, nukleuslar, uchrindi va boshqa tosh parchalari topilgan. On Archa Qirg’izistondagi ilk tosh asriga mansub yagona yodgorlikdir. Tojikiston arxeolog va geologlarining 70-yillardagi qidiruv va qazish ishlari natijasida jiddiy muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Arxeolog va geologlarning birgalikdagi harakatlari natijasida O’rta Osiyoning janubidan ilk tosh asrining ashel bosqichiga mansub Qoratog’ I, Loxutiy 1 va Xavolang kabi joy-makonlar topildi. Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling