Mavzu: O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida mahalliy manbalar


Download 274.7 Kb.
Sana21.06.2020
Hajmi274.7 Kb.
#120747
Bog'liq
Etnogenez

Mavzu: O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida mahalliy manbalar

  • O’rta Osiyoda arablar bosqiniga qadar ham qadimgi yozuvlar bo’lgan. Ular asosan arxeologik izlanishlar davomida turli yillarda topilgan mahalliy aholining xorazmiy, bohtariy, sug’diy, qadimgi turkiy va “noma’lum yozuv” deb atalmish noyob yozma yodgorliklardir. Ular Parfiya davlatining poytaxti Eski Nisadan topilgan podsho arxivi, Tuproq qal’adan topilgan qadimgi Xorazm podsholarining arxivi, Mug’qal’a qasridan topilgan sug’d hujjatlaridir.
  • O’rta Osiyoning qadimgi xalqalari oromiy alifbosi asosida o’z yozuvlarini kashf etgach, mahalliy aholining ma’naviy-ahloqiy qarashlari, xo’jalik va huquqiy hujjatlari, oilaviy yozishmalar, savdo-sotiq va tanga pullardagi bitiklar shu yozuvlarlarda olib borilgan. Afsuski, ularning aksariyati turli sabablarga ko’ra bizgacha yetib kelmagan.

Qadimgi Xorazm Yozuvi

  • Shimoliy Xorazmda “Katta Aybuyir-qal’a” yodgorligidan xum qorniga yozilgan oromiy yozuvi nusxasi topilgan. Bu O’rta Osiyodagi oromiy yozuvining eng qadimgi namunasi bo’lib, ushbu xum mil.avv.IV asrga oid. Unda nima yozilganligi noma’lum, chunki u o’qilmagan. Mahalliy aholi oromiy alfavitidan foydalanib, qadimgi Xorazm tiliga moslab kashf etgan xorazmiy yozuvining namunasi mil.avv. IV asrning oxiri-III asr boshlariga oid yodgorlik Qo’yqirilgan qal’adan topilgan, u atigi bitta so’zdan, ya’ni sopol parchasiga yozilgan “ASPABAREK” so’zidan iborat bo’lib, u otliq askar, sipohiy degan ma’noni beradi.
  • Xronologik jihatdan, navbatdagi xorazmiy yozuvi milodiy I-VIII asrlar oralig’ida zarb etilgan qadimgi Xorazm tangalarida uchraydi. Tangalarda Vazamar, Artamax, Sanobar degan qadimgi Xorazm podsholarining nomlari yozilgan.
  • Uchinchi guruh yozuvlar Tuproq qal’adagi qadimgi Xorazm podsholarining arxividan topilgan. Ular teriga, yog’ochga va g’isht taxtakachlarga yozilgan 114 parcha xo’jalik hujjatlari, kirim-chiqim hisobi va boshqalar bo’lib, milodiy III-IV asrlarga tegishli.

Parfiya yozuvi

  • Parfiya davlatining poytaxt shahri Mixrdatkrit qal’adan (Eski Niso) sopolga yozilgan 2700 dan ko’proq parchalar topilgan. Ushbu yozuv parchalari asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularda ko’proq vino haqida, vino miqdori va boshqalar yozilgan. Parfiyada o’z tilida yozilgan bitiklardan tashqari, yunon tili va yozuvi muomalada bo’lgan.
  • Parfiya yozuvi oromiy yozuvi asosida podsho Mitridat I davrida ishlab chiqilgan, u 22 ta harfdan iborat. Bu yozuv mil.avv. II-III asrlarda mamlakat bo’ylab keng tarqalgan bo’lib, shu davrda Mixrdatkirt shahrida davlat arxivi tashkil topgan. Parfiyada 2800 ga yaqin oromiy tilidagi yozuv parchalari topilgan.

Bohtariy yozuvi

  • Mil.avv. IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida oromiy yozuvi ishlatilib kelingan. Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo’lgan. Taxminan, mil.avv. III-II asrlarda oromiy yozuvi asosida bohtariy yozuvi ishlab chiqiladi, degan ilmiy farazlar mavjud.
  • Chunki Oyxonimda mil.avv. II asr birinchi yarmiga tegishli bohtar yozuvi topilgan. Qadimgi Baqtriyada o’sha asrlarda boxtar va yunon tili va yozuvi, braxma va kxorashta yozuvlari ham muomalada bo’lganligini tasdiqlovchi yozma va numizmatika materiallari topilgan.

Sug’d yozuvi

  • Mil.avv. III-II asrlarda oromiy yozuvi asosida shakllangan sug’d yozuvi o’lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o’ynaydi. Sug’d tili va yozuvi Sug’diyona hududlaridan tashqari, Farg’ona vodiysida, Toshkent vohasida va Yettisuvda keng tarqalgan.
  • Eramiz boshlaridan to XI asrning birinchi choragiga qadar yozilgan ko’plab noyob yozma yodgorliklar Sug’d yozuvi orqali bizgacha yetib kelgan. Ular orasida metall, sopol, yog’och, charm, qog’ozlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, nikoh guvohnomalari mavjud.
  • Sug’d yozuvi 22 ta harf-belgidan iborat. Sug’d yozuvi namunalari Afrosiyobdan topilgan milodiy I-III asrlarga tegishli sopol parchalarida va terrakota haykalchalarda uchraydi. Milodiy II asrda Sug’dda kumush tangalar zarb etila boshlaydi. Sug’d tili va yozuvi haqidagi yana bir hujjat Afrosiyobdan, Samarqand ixshidi Varxuman saroyi devoridan topilgan.

Qadimgi turkiy yozuv

  • Qadimda sug’diy, bohtariy va xorazmiy yozuvlari qatorida oromiy alifbosi asosida turkiy yozuv ham kashf etilgan. Hozirgi vaqtda Osiyo va Yevropaning turli mintaqalarida topilgan bu yozuvlardagi yodgorliklar soni 300 ga yaqinlashib qoldi.
  • Dastlab ular Yenisey va O’rxun daryolari havzasidan topilib, belgilarning o’ziga xos runiysimon shakliga ko’ra, “O’rxun-yenisey runiy yozuvi deb atala boshladi. 38 ta harfdan iborat bu yozuv Janubiy Sibir, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.
  • Runiy yozuvlarining kattagina qismi qoyalarga, qabrtoshlarga, toshdan yasalgan odam haykalchalariga o’yib yozilgan. Bir qism xatlar esa metalldan ishlangan idishlarda, sopol, tanga, qog’oz va yog’ochda uchraydi.
  • Qadimgi turkiy yozuvi asosan buddaviy tarixiy biografik lavhalardan iborat bo’lib, turk, uyg’ur, qirg’iz aslzodalari, xoqon urug’idan chiqqan mashxur kishilarning xizmatlari va ularning qahramonlik xatti-harakatlarini maqtashga bag’ishlangan.

Noma’lum yozuv

  • Bu yozuvga tegishli dastlabki ma’lumot 1954-yilda fransuz arxeologi A.Marik tomonidan bir idish parchasidagi yozuv tadqiqidan boshlandi. Bu birinchi “noma’lum yozuv” namunasi edi. 1966-yilda G.A. Pugachenkova ham Xolchayondan “noma’lum yozuv” lavhasini topdi.
  • 1967-yilda Dashti Navur (Afg’oniston) da qoyaga yozilgan shunday yozuv namunasi topiladi. Mashxur tilshunos olim J.Fyusman bu xat o’ng tomondan chap tomonga qarab yozilishini, Surx-Kotal va Xolchayon yozuvlari bilan bir ekanligini isbotlaydi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 274.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling