Oqqoʻrgʻon tumani
Download 73.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Oqqoʻrgʻon tumani - Vikipediya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqqoʻrgʻon tumani Аккурганский район tuman Tarkibida Toshkent viloyati Maʼmuriy markazi Oqqoʻrgʻon (shahar) Rasmiy tillar
Oqqoʻrgʻon tumani Oqqoʻrgʻon tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1935-yil 28-iyulda tashkil qilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Quyi Chirchiq tumani, gʻarb va janubi-gʻarbda Sirdaryo viloyati, shimoli- sharqda Oʻrta Chirchiq tumani, janub va janubi-sharqda Boʻka tumani, sharqda Piskent tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,40 ming km². Aholisi 108 ming kishi (2021). Tumanda 1 shahar (Oqqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Alimkent), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Sultonobod, Achchi, Doʻstlik, Zarbdor, Zafar, Oytamgʻali, Oqqoʻrgʻon, Toshtoʻgʻon, Shohruxiya, Eltamgʻali, Erkinlik) bor. Tuman markazi — Oqqoʻrgʻon shahri Tabiati. Tuman hududi Sirdaryo va uning irmogʻi Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan. Janubi-gʻarbidan Sirdaryo, shimoli-gʻarbidan Ohangaron va uning irmoklari (Qorasuv va boshqalar) oqib oʻtadi. Sirdaryo boʻylaridagi botqoqlashgan yerlar quritilib, ekinzorga aylantirilgan. Sirdaryodan sharqqa tomon yer yuzasi balandlasha boradi. Daryolar koʻhna qayir (terrasa)lar va jarliklar hosil qilgan. Oʻrtacha balandligi 320 m. Shimoli-gʻarbiy tomoni ochiq boʻlganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va qishda temperatura pasayib ketadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,7°C, eng past temperatura —33°C, iyulniki 26,5°C, eng yuqori temperatura 42°C. Yillik yogʻingarchilik miqdori 256 mm. Vegetatsiya davri 200—212 kun. Tuprogʻi yer osti suvi yuza boʻlganidan kam chirindili allyuvial oʻtloqi tuproq. Ohangaron sohilida (1—2% chirindi) boʻz tuproq uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan turangʻil, terak, jiyda, tol, qamish, yantoq, oqquray, tuyaqorin va boshqalar oʻsadi. Sirdaryo va Ohangaron qayirlarida, Xonariq boʻylarida toʻqay mushugi, quyon, tulki, chiyaboʻri, yumronqoziq, oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, suv kalamushi, sichqon, chumchuq, loyxoʻrak, baqa, suvilon va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar (80,9%), shuningdek, qozoq (8,3%), rus (2,8%), tatar (1,09%), tojik (1,6%) koreys (1,4%), ukrain, nemis, qirgʻiz, uygʻur, ozar-bayjon, belorus, turkman, yahudiy va boshqa millat vakillari (3,1%) ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 217 kishi. Oqqoʻrgʻon tumani Аккурганский район tuman Tarkibida Toshkent viloyati Maʼmuriy markazi Oqqoʻrgʻon (shahar) Rasmiy tillar Oʻzbek Soat mintaqasi UTC+5 Xoʻjaligi. Tumanda oʻndan ortiq korxona mavjud. Yirik korxonalari: Alimkent va Oqqoʻrgʻon paxta tozalash zavodlari, „Maftuna“, „Oqqoʻrgʻon MTP“ aksiyadorlik jamiyati. Xususiy firmalar, 46-avtokorxona ishlab turibdi. Paxta yogʻi, trikotaj va tikuvchilik buyumlari, oziq-ovqat, sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 6 ta qurilish tashkiloti bor. Tuman kompleks rivojlangan qishloq xoʻjaligiga ega. 13 shirkat xoʻjaligi va 5 xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik; gʻalla, sabzavot va poliz, beda, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Uzum va meva yetishtiriladi. Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda, ipak qurti boqiladi. Oqqoʻrgʻon tumanida 49 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona va uning 38 ta tarmogʻi (287 mingdan ziyod kitob), 15 klub, muzey, Mangulik qoʻrgʻoni bor. 2 ta stadion, tennis korti, 2 ta suzish havzasi, 184 ta sport maydonchasi faoliyat koʻrsatadi. 78 ta jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 20 mingdan ziyod kishi sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadi. 2 ta kasalxona, 25 ta feldsher- akusherlik punkti, 2 ta qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 ta qishloq vrachlik punkti, 15 ta dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Oqqoʻrgʻon tumanida avtomobil yoʻllarning umumiy uzunligi 620 km ga teng boʻlib, ulardan mamlakat ahamiyatidagilari 62 km ni tashkil etadi. 1935-yil 1-sentabrdan „Oqqoʻrgʻon ovozi“ tuman gazetasi chop etila boshlangan. [1] " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Oqqo ʻrgʻon_tumani&oldid=3177 201 " dan olindi Manbalar Soʻnggi tahrir 26 kun avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Download 73.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling