Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Download 51.91 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi51.91 Kb.
#1596500
  1   2   3
Bog'liq
buxgalteriya


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Schyotlar tizimi va balans o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.

Bajardi: SBXT-3a guruh talabasi
Duschanov Ravshanbek
Tekshirdi: Igamberdiyeva K.E

Toshkent-2023

REJA:


  • Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi haqida tushuncha.

  • Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi.

  • Schyotlar tizimi va balans o’rtasidagi munosabat.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.



Schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv

Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo'jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan oʻzgarib boradigan xoʻjalik mablag‘lari haqida har doimo ma'lumotga ega boʻlib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o'rnatishi kerak bo'ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobida xoʻjalik mablag'lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati toʻgʻrisida maʼlumotga ega bo'lish uchun har bir mablagʻ, manba va xoʻjalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablagʻ, manba va xoʻjalik jarayonlari uchun belgilangan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo'lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.


Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko'rsatilgan. Hozirda ham bu ma'no qisman saqlanib qolgan. Bu schyotlar xoʻjalik mablag'lari, ularning tashkil topish manbalarining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to'g'ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo'l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so'zi o'rnida - 1010, «Kassa»so'zi o'rnida 5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so'zi o'rnida 2010, «Tayyor mahsulot» so'zi o'rnida - 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash boʻyicha yo'riqnoma» standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yigʻindisiga “Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi” deyiladi.
Schyotlar tizimi xoʻjalik mablag'larini va ularning tashkil topish nbalarini, xoʻjalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va rakat jihatidan oʻzgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli “Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma” nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yigʻindisiga Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi. Schyotlar tizimi xo'jalik mablag'larini va ularning tashkil topish manbalarini, xoʻjalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan oʻzgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini oʻrganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to'liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol boʻlganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo'lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo'llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo'limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:
1-qism. Uzoq muddatli aktivlar.
2-qism. Joriy aktivlar.
3-qism. Majburiyatlar.
4-qism. Xususiy kapital (mulk).
5- qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi.
6-qism. Balansdan tashqari schyotlar.

Schyotlar rejasidagi bo'limlar quyidagicha nomlangan:


1-bo'lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.


2-bo'lim. Tovar-moddiy zaxiralari.
3-bo'lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflar.
4-bo'lim. Olinadigan schyotlar joriy qismi.
5-bo'lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisityalar joriy aktivlar.
6-bo'lim.Joriy majburiyatlar.
7-bo'lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
8-bo'lim. Kapital (mulk), foyda va zaxiralar.
9-boʻlim. Daromad va sarflar.

Schyotlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditor soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta'sischilar)uchun ham kerakdir.


Schyotlarning tuzilishi. Schyotlar ikkiga ajratiladi:


Aktiv schyotlar - xo'jalik mablag'larini aks ettiruvchi schyotlar. Passiv schyotlar xo'jalik mablag'larini tashkil topish manbala aks ettiruvchi schyotlar.



Yuqorida ko'rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlaming hаm debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko'payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi. Passiv schyotlarda esa aksincha, debet tomonida kamayish, kredit tomonida esa ko'payish aks ettiriladi. Ma'lumki, schyotlar оу boshiga ochiladi. Ви vaqtda mabJag' va ular manbalari mavjud bo'lib, ular оу boshiga qoldiq deb ataJadi. Оу davomida xo'jalikjarayoni natijasida mabJag'lar va ular manbalari harakati (ko'payishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga ko'ra, debet oborot, kredit oborot deb ataladi. Aktiv schyotlarda debet oborot оу davomida mabJag' laming kirimini, kredit oboroti esa mablag'lar оу davomida kamayishini bildiradi. Passiv schyotlardagi debet oborot оу davomida mablag' tashkil topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa оу davomidagi mапЬа ko'payishini bildiradi. Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan hisoblanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba'zi bir yig'ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq Ьаm, oxirgi qoldiq Ьаm bo'lmaydi. Chunki ular оу boshiga ochilib, оу oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi оу oxiriga qoldiqni aniqlash исЬип, оу boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo'shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi.





Download 51.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling