Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish
Tartibga soluvchi schyotlar
Download 51.91 Kb.
|
buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlovchi schyotlar
- Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1.
Tartibga soluvchi schyotlar:Korxona ba'zi xo'jalik mablag’lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug’iIadi. Shunday mablag'lar уа ularning tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Bunday schyotlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:
- kontraktiv; - kontrpassiv; - to'ldiruvchi schyotlar. Bunday schyotlarni tartibga soluvchi schyotlar deb atalishiga sabab, ular buxgalteriya hisobini boshqa schyotlaridagi ko'rsatkicblarni tartibga solish xususiyatiga egaligidadir. Taqsimlovchi schyotlar: ushbu schyotlar mablag'lar va ular tashkil topish manbalarining ba'zilarini kalkulatsiya obyektlariga yoki davrlar bo'yicha to'g'ri taqsimlanishini ta'minlaydi. Taqsimlovchi schyotlar ikkiga bo'linadi: - yig'ib taqsim1ovchi; - hisobot davrlari bo'yicha taqsimlovchi. Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi Korxonalarning ma'lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablag'larining joylashishi, isblatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo'jalik faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Ви zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini korxonaning balansi qondiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bo'lib, oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo'lishi mumkin. Balans ikkala qismining jami summalari teng bo'lishi shart. Вu tenglik aktivda xo'jalik mablag'lari, passivda esa shu mablag'larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Balans so'zi (“tenglik”, “tarozining ikki pallasi” degan ma'nolarni bildiradi. Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatining qay holatida tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi. Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. Vanihoyat tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo'jalik mablag'lari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi. Balansdagi ma'lumot quyidagicha yig'ilgan bo'ladi. Har bir jarayon ro'y berishi natijasida xo'ja1ik mablag'lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o'zgarib boradi. Вu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so'ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi уа schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Оу oxirida esa har bir schyotlar bo'yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma'lumotlar bosh kitobga ko'chiriladi vа balansga o'rnatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi. Balansning aktiv уа passiv tomonlari o'z moddalariga ega hamda ularda xo’jalik mablag’lari уа xo'jalik mablag'larining mаnbаlarining oxirgi qoldig'i ko'rsatiladi. Aktiv tomoni ikki bo'limdan iborat bo’lib, 1 bo'lim “Uzoq muddatli aktivlar” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar , nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo'yilmalar, o'rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo'yilmalar, uzoq muddatli debitorlik summalari. Ko'rib o'tganimizdek, “Uzoq muddatli aktivlar”ga korxonada bir yildan ortiq xizmat qiladigan mablag'lar kiradi. Qolgan mablag'lar joriy aktivlar hisoblanadi. 11 bo'lim “Joriy aktivlar”deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan isblab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik summalari уа boshqa1ar. Balansning passiv tomoni ham ikki bo'limdan iborat bo’lib, 1 bo'lim “O'z mablag'larining manbalari” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari уа hokazolar. II bo'lim “Majburiyatlar” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bo'naklar уа kreditorlik majburiyatlari. Balansda aks ettiriladigan xo'jalik mablag'lari уа ularning kerakli manbalari alohida turlari bo'yicha рul o'lchov birligida ifodalanadi. Balans moddalarini baholash prinsipi barcha korxonalar uchun bir хil bo'ladi. Baholash asosida ishlab chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot tayyorlash haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining bahosi real bo'lishi, ya'ni mablag'lar уа ularning vujudga kelish manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kerak. Aktiv vа passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma'lumotlari ishonchliligi bilan ta'minlanadi. Balansdagi moddalar bo'yicha ko'rsatkichlar hisobot oyi boshiga уа hisobot davri oxiriga ko'rsatiladi. Bunday tartib o'rnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma'lumotlarni o'rganish, taqqoslash orqali xo'jalik mablag'lari уа xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalarini o'zgarib borishi haqida xulosaga, ma'lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida o'rnatilgan tartib bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Моliуа vazirligi vа Davlat Soliq inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish yuzasidan ko' rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi ko'rsatkichlar umumiy bir o'lchov birligida, ya'ni рul ko'rsatkichida aks ettiriladi. Вu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo'lib, moddalari ham turlichadir. Ammо undagi moddalarning nechtasida ko'rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xo'jalikni qaysi tarmog'iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog'liq bo'ladi. Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma'lumotlar asosida korxona faoliyati o'rganiladi, tahlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiyotdagi tub o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korхоnа haqida ma'lumotga ega bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi. Balansning asosiy ma'lumot manbayi bo’lib, buxgalteriya hisobining boshlang'ich vа yig'ma hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili ya’ni, o'ziga xos usuli hisoblangan. Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro'y berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonaga tegishli bo'lgan xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil topish manbalari tarkibiy hamda miqdoriy jihatdan o'zgaradi. Balansga ta'rif berilganida, uning ikki qismi aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo'jalik mablag'lari hamda xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo'jalik mablag'lari va ular tashkil topish manbalarining xo'jalik jarayoni natijasida o'zgarishi balansda o'zgarish со'у berishiga оlib keladi. Sababi o'zgarish natijasida xa'jalik mablag'ining o'zaro ikki turi yoki mablag' manbalari turlarining ikki va undan ortig'i o'zgarishi уоki hаm mablag' va hаm ularning tashkil topish manbalari birdaniga o'zgarishi mumkin. Xo'jalik jarayonlari natijasida balansdagi o'zgarishlarni quyidagi to'rt turga ajratish mumkin: 1. Xo'jalikjarayonlari tufayli balansning faqat aktiv tomoni o'zgaradi, passiv tomoniga ta'sir etmaydi va balans o'z tengJigini saqlab qoladi. Bunda xo'jalik mablag'larining о'rпi yoki joylashgan joylari o'zgaradi xolos. 2. Xo'jalik jarayonlari tufayli balansning faqat passiv tomoni o'zgaradi, aktiv tomoniga ta'sir etmaydi va balans o'z tengligini saqlab qoladi. Bunda xo'jalik mablag'larining kelar manbalarining mazmuni o'zgaradi. 3. Xo'jalik jarayonlari tufayli balansning har ikkala tomoni bir хН summaga ko'payadi va balans o'z tengligini saqlab qoladi. Bunda xo'jalik mablag'lari va ularning kelar manbalarining balans qiymati bir юl summaga ko'payadi. 4. Xo'jalik jarayonlari tufayli balansning Ьас ikkala tomoni Ыс хН summaga kamayadi va balans o'z tengligini saqlab qoladi. Ви yerda xo'jalik mablag'lari va ularning kelar manbalarining balans qiymati bir хН summaga kamayadi. Shunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo’llaniladi. Ular yordamida korxonani tezkor boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarining but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo’jalik faoliyatining yig’ma ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni asta-sekin jamg’arish va tartibga solish (sistemalash) imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi, aniq ob’ektlarning keng bo’lgan tarkibi korxona xo’jalik mablag’larini doimiy ko’zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo’jalik mablag’larini ikki xilga, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari va qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab, ko’rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo’jalik mablag’larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig’indisini o’zaro bog’langan holda ko’rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi. Xo’jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlar ustidan kuzatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko’rsatkichlar xo’jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo’yicha belgilanadi. Bu - ishlab chiqarish va sotish hajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida byudjetning bajarilishining yig’ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot - hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko’rsatkichlarning to’g’riligini va ularning o’tgan davrdagi huddi shunday ko’rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning huddi shunday ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi desak bo’ladi. Bu usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo’lgan vazifalarni echishni ta’minlaydi. Korxonada tezkor boshqarish hujjatlar va schyotlar ma’lumotlari bo’yicha har kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo’lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi. Xo’jalik faoliyati natijalarini uzoq bo’lgan vaqtlar uchun har tomonlana va mukammal tahlil qilishni faqat balans va hisobot yordamigina amalga oshirish mumkin. Xulosa Schyotlar tizimi xo’jalik mablag’larini tashkil topish manbalarini, xo’jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o’zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. Ikki yoqlama yozuv- bu xo’jalik jarayonida vujudga keladigan o’zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to’g’ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo’jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o’tkazmasi deyiladi. Schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik schyotlarga ajratish mumkin. Sintetik schyotlarda xo’jalik mablag’lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o’lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa sintetik hisob deyiladi. Aylanma vedemostlar schyotlarining oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig’i hamda oy bo’yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi’ aylanma vedemostlar sintetik va analitik schyotlar bo’yicha tuzilishi mumkin. Buxgalteriya balansi esa korxonalarning ko’zgusi bo’lib, balans so’zi “tenglik”, “tarozining ikki pallasi” degan ma’nolarni anglatadi. Buxgalteriya balansining ikki tomoni bo’lib, ular aktiv va passivdan iborat. Balans ikkala qismining jami summalari teng bo’lishi shart. Bu tenglik aktivda xo’jalik mablag’lari, passivda esa shu mablag’larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xolbekov.R.O., Buxgalteriya hisobi nazariyasi. 2011 2. G’ulomova F., Buxgalteriya hisobidan o’quv qo’llanma. 2012 3. Xasanov B.A., Boshqaruv hisobi. 2012 4. ziyonet.uz Download 51.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling