1-mavzu. Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi” faniga kirish. Ayqm va jihozlarning uzatmalari, ishchi jihozlari va boshqarish tizimlari reja


-MAVZU. TAYORGARLIK ISHLARI UCHUN MO’LJALLANGAN MASHINALAR


Download 5.17 Mb.
bet6/11
Sana23.11.2023
Hajmi5.17 Mb.
#1796378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-dars (sirtqi) (1)

2-MAVZU. TAYORGARLIK ISHLARI UCHUN MO’LJALLANGAN MASHINALAR
REJA:

  1. Tayyorgarchilik ishlari uchun mo‘ljallangan mashinalar.

  2. Buta qirqichlar, to‘nka kovlagichlar va yumshatgichlar.

  3. Tayorgarlik mashinalarining ish unumdorligi va asosiy parametrlarini tanlash.



Tayanch soz va iboralar: tayorgarchilik ishlari, buta qirqichlar, to‘nka kovlagich, yumshatgich, yer qazish ishlari.


Buta qirqish mashinalari
Buta qirqish mashinalari maydonlardagi buta va chakalaklarni qirqish-tozalashda ishlatiladi. Kish vaqtida ulardan qor ko‘rashda foydalanish mumkin.
Otval (ishchi organ) uchburchak shaklidagi (planda) ramadan iborat. Ustiga list po‘latlar bilan koplangan burchaklardan to‘zilgan payvand karkas o‘rnatilgan. Koplamali karkas otval sirtini xosil kiladi. Mashina xarakat kilgan vaqtda kirkilgan shox-shabbalar bu sirt buylab chyeqka tomonga suriladi. Otvalning orqa qismiga ikkita changi o‘rnatilgan, xarakat qilayotgan vaqtida otval ular orqali yerga tayanadi. Otval uchiga kundalarni yorish va ag’darilgan daraxtlarni chetga surib quyish uchun tumshuq list va pichoqlarning old qismini sinishdan saklash uchun otboynik payvandlangan.
Ramaning ko‘ndalang balkasiga uya payvandlangan, bu uya yordamida otval ikkita kopkok bilan itarish rasmining sharsimon kallagiga maxkamlanadi.
Buta qirqish mashinalarining pichoqlari 65G po‘latdan tayyorlangan, kesuvchi kirrasi charxlangan bo’lib, otvalga yashirin kallakli boltlar bilan maxkamlanadi. Ishlash jarayonida o‘tmas bo’lib qolgan pichoqlarni charxlash uchun, buta qirqish mashinasining xar biri shlifovka qilish kallagiga ega. Shlifovkalash kallagining charxlash toshi dvigatel oldiga o‘rnatilgan, tirsakli valga utkazilgan shkivdan egiluvchan val va ponasimon tasma orqali xarakat oladi. Ponasimon tasmali uzatmaning kichik shkivi traktorning ung lonjeron osmasiga maxkamlanadi.

Pichoqli buta qiruvchi traktor sxemasi.
1-universal rama; 2-gidrolisilindr; 3-otval; 4-pichoq; 5-varaq-qolun;
6-ximoya qarqasi.

Buta qirqish mashinasi oldinga qarab yurgazilganida uning gorizontal pichoqlari buta va chakalaklarni kirkib ketadi. Bu ish juda extiyotqorlikni va amaliy jixatdan yaxshi kunikmaga ega bo‘lishni talab kiladi, chunki ayrim daraxt va kundalarning qarshiligi bu mashina va traktorni belgilangan yunalishdan chetga chikarib yuborishi mumkin.


Yumshok chirindi gruntlarda usayotgan butalarni qirqishda pichoqlar 3 – 5 sm cho‘qurlikda yurgiziladi. Kumli va shagalli-kumli gruntlarda pichoqlarni gruntga kiritish yaramaydi, chunki ular tezda o‘tmas bo’lib koladi. Bunday xolda butalarni teskari tomonga, ya’ni oldingi utishda butalarning egilib ketgan tomoniga karama-karshi yunalishda yurib qirqish ma’kul.
Buta qirqish mashinalarining pichoqlari tez o‘tmas bo’lib koladi. O‘tmas bo‘lgan pichoqlar bilan daraxtlar juda qiyin kirkiladi. Shuning uchun ularning utkirligi sistematik ravishda tyeqshirib turilishi kerak. Oddiy sharoitlarda ishlayotganda ular xar uch-besh kunda, kumli gruntlarda usayotgan mayda daraxtlarni qirqishda – xar oyda charxlab turiladi.
Buta qirqish mashinasining otvali traktorni yurgizish mexanizmidagi oldingi kataklarda, ayniksa, katta nagruzka xosil kiladi. Otvali ko‘tarilgan vaziyatda traktor xarakat kilganida uning oldingi katoklari juda kizib ketadi va tez yediriladi. Shuning uchun bu mashinani 2-3 km masofaga xaydash kerak bulsa, otval pichoqlarining ostiga kalinligi 10-15 sm li yogoch sim bilan boglanadi va traktor otvalni ko‘tarmasdan traktor ketinga qarab xarakatlanadi (sudrab tortiladi).
Yer yumshatish mashinalari bilan III, IV, V gruppa gruntlar yumshatiladi. Natijada bu yumshagan yerni skreper, buldozer va boshqa mashinalar bilan qazish osonlashadi; bu mashinalar gruntni daraxt ildizlaridan, to‘nka koldiklari va boshqalardan tozalashda xam ishlatiladi. Yer yumshatish mashinalari bilan yo‘llarni tuzatish va ryeqonstro‘qsiya qilish vaqtida uning ustidagi eski koplamani ko‘chirish mumkin.


Download 5.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling